Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə156/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Balans qiymati; the book value; балансовойстоимост; aktivning buxgalteriya balansida aks ettirilgan summasi.
Balansdan tashqari schyotlar; off-balance account; внебалансовыхсчетах; qoldig‘i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda shuningdek qat’iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya’ni ikki yoqlama yozuv qo‘llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‘zaro yoki balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi.
Birlamchi hujjatlar; primary documents; первичныедокументы; buxgalteriya hujjatlari bo‘lib, xo‘jalik jarayoni sodir bo‘lgan vaqtda tuziladi va ularning sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi.
Bosh daftar; main book; главнаякнига; sintetik hisob yuritish uchun tayinlangan hisob registri
Bosh jurnal; main magazine; главнаяжурнал; – buxgalteriya hisobining eskirgan shakli. U hisobning memorial-order shaklidagi varianti bo‘lib hisoblanadi. “Bosh daftar” deb nomlangan yagona hisob registrida bosh daftar va registratsiya jurnali birlashtirilgan.
Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat; initial cost (real); начальная стоимость (реальное); asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish (bino qurish va qurilishni tugallash) bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan, to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘inlari, hamda etkazib berish, montaj, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa barcha xarajatlarning summasidir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə