Moliyaviy hisob va hisobat


Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə153/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

11.7. Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish
Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar ko‘rsatilishi lozim. Tushuntirish xatida, shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosatining asosiy tomonlari qayd etib o‘tiladi. Tushuntirish xatini tayyorlashga nisbatan talablar 1-son BHMSda belgilangan.
Agar yil boshiga bo‘lgan balans o‘zgargan bo‘lsa, tushuntirish xatida bunday o‘zgarishlarning sababini tushuntirib berish kerak. Misol uchun, balansdagi o‘zgarishlar asosiy fondlarni qayta baholash natijasi bo‘lishi mumkin: agar qayta baholash joriy yilning 1 yanvar kuni holatiga o‘tkazilgan bo‘lsa, uning natijalari moliyaviy hisobotda shu yilning boshiga aks ettiriladi. Bunda asosiy fondlar bo‘yicha o‘tgan yil oxiri va joriy yil boshidagi ko‘rsatkichlar bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ana shu nomuvofiqlik qayta baholash natijasi ekanligi tushuntirish xatida tushuntirib berilishi lozim.
Tushuntirish xatida hisoblab yozilgan dividendlar yoki rezerv kapitaliga ajratmalar summalari ham ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga korxona foydasining qiymatini balans ma’lumotlari va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari bo‘yicha qiyoslash imkoniyatini beradi. Ustav kapitali hisobot davrida ko‘paygan yoki kamaygan bo‘lsa, tushuntirish xatida bu nimaning hisobiga sodir bo‘lganligini aks ettirish lozim.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Moliyaviy hisobotning ahamiyati nimada?

  2. Moliyaviy hisobotni tuzish tartibi haqida nimalarni bilasiz?

  3. Inventarizatsiya deb nimaga aytiladi?

  4. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot qaysi muddatlarda taqdim qilinadi?

  5. Korxona moliyaviy holatiga baho berishda qanday ko‘rsatkichlar foydalaniladi?



GLOSSARIY


Aktiv; asset; актив; lot. activus — faol, ta’sirchan, ishchan) — 1) buxgalteriyabalansiningchapqismi, korxonaningmuayyansanadavapulifodasidabarchavositalarini, ularningtarkibivajoylashuvini (asosiyfondlar, aylanmavositalar, pulvositalari, kapitalsarflar, qarzdorliktalabnomalarivab.) aksettiradi; 2) korxonayokitashkilotningmulkiyokiresurslari (bino, mashina, naqdpul, qimmatbahoqog‘ozlarvab.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo‘lgan, bozori chaqqon A. (veksellar, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin, nakd pul va b.) likvid A. deyiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə