Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə165/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Moliyaviy axborot; financial information; финансовойинформации; bo‘lajak korxona faoliyatining moliviy tamonlarini baholashda qo‘llaniladi. Bulajak korxonani qurish, ishga solish, boshlang‘ich davrda moliyaviy qo‘llash va umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan birga loyihani rentabellik darajasi aniqlanadi.
Moliyaviy investitsiyalar; financial investments; финансовые инвестиция; xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Moliyaviy natija; financial results; результаты финансовой деятельности; korxona, tashkilot, birlashma, aktsionerlik jamiyati va hokazolarning ma’lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan xarajatlari va tushimi o‘rtasidagi farqdir.
Natural o‘lchovlar; natural measurement; натуральный измерение; buxgalteriya hisobidagi o‘lchovlarning biri bo‘lib, uning yordamida buxgalteriya hisobi ob’yektlari to‘g‘risida natural (massa, uzunlik, metr va h.k.) ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar olinadi. Natural o‘lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Natural ko‘rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu ko‘rsatkichlar xo‘jalik mablag‘larini baholash yo‘li bilan pul o‘lchoviga aylantiriladi.
Netto-balans; netto-balance; нетто-баланс; qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar; intangible assets; нематериальные активы; korxona maxsulot ishlab chikarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki maxsulotni realizatsiya qilish maqsadida yoki uzoq vaqt mobaynida ma’muriy yoki boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk ob’ektlari.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə