Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə166/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Passiv; passive; пассив; buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan iborat.
Passiv schyotlar; passive accounts; пассивные счета; o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‘i kreditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning ro‘parasiga “P” (passiv) harfi qo‘yilgan.
Pul; money; деньги; umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi aloxida tovar turi, ayirboshlash va qiymat shakllarini o‘z-o‘zida rivojlanishi mahsuli
Pul o‘lchov birligi; the monetary unit of measure; денежная единица измерения; korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Qo‘shilgan kapital; added capital; добавочного капитала; oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarining nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.
Qoldiq qiymat; residual value; остаточная стоимость; – bu aktivning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatidan yig‘ilgan eskirish summasini ayirish orqali aniqlanadigan qiymatidir. a) bank faoliyatida bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlarda ulardan foydalaniladi; b) xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə