1 Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari



Yüklə 125,02 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü125,02 Kb.
#163250
  1   2
bank ishi




Farg’ona Politexnika Instituti
Ishlab Chiqarishda Boshqaruv Fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi

Bank ishi fanidan
MUSTAQIL ISH


Bajardii: Mirzakarimov J. 72H-20I
________________________

Qabul qildi: Qurbonova SH.


________________________



Reja:
1 Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari.
2 Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari.
3  Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi.
4 Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asoslari.

Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalar banklarning- passiv operatsiyalar deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi.


Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bыlgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:

  • Tijorat banklari qimmatbaщo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;

  • Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish
    yoki fondlar summasini oshirish;

  • Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish;

  • Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas.
Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin.
Bular:
a) o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi;
b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar.
d) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar qabul qiladilar.
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi.
Bu quyidagi normativlar:

  • kapital etarliligi,

  • bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori,

  • aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
Ø bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar),
Ø o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
Ø banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi.
Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Ø depozitlar;
Ø nodepozit resurslar.
Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir.
Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi.


BANK PASSIVLARI balansda quyidagi ko‘rinishda joylashadi.






Yüklə 125,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə