1 Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari



Yüklə 125,02 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü125,02 Kb.
#163250
1   2
bank ishi

Majburiyatlar

 1

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

 2

Jamg‘arma depozitlari

 3

Muddatli depozitlar

 4

Banklarning depozitlari

 5

To‘lanishi kerak bo‘lgan banklararo ssudalar

 6

To‘lanishi kerak bo‘lgan boshqa ssudalar

 7

To‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblangan foizlar

 8

Qayta sotib olish sharti bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar

 9

Boshqa passivlar

Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga omonat qo‘yishi mumkin.
Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi.
SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar.
Depozitlarning turlari:

  • talab qilib olinguncha depozitlar;

  • jamg‘arma depozitlari;

  • muddatli depozitlar;

  • jamg‘arma (depozitli) sertifikati;

  • boshqa depozitlar.

Talab qilib olinguncha depozitlar
Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlar uchun hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning birinchi talabiga ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi zarur.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Hisobvaraqqa undagi qoldiqning o‘rtacha miqdori oldindan kelishilgan holda bank bepul xizmat ko‘rsatadi. Mijoz tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan taqdirda, ya’ni hisobvaraq qoldig‘ining kelishilgan miqdori kamaytirilsa, mijoz bankning pul-hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari xarajatlarini bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘laydi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma depozitlari.
Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg‘arma depozitlari muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda ma’lum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.
Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa, bank omonatchining arizasiga ko‘ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Jamg‘arma depozitlarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

  • omonat daftarchalaridagi depozitlar (taqdim etuvchining nomiga berilgan, egasi ko‘rsatilgan);

  • hisobvaraq holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar;

  • xabarli depozitlar.

Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i ochilganda bank jismoniy shaxsga bankning barcha operatsiyalari aks ettiriladigan omonat daftarchasini beradi. Hisobvaraq yopilgan taqdirda, omonat daftarchasi bankka qaytarilishi lozim. Depozitor omonat daftarchasiga hech qachon biron-bir yozuv kiritmasligi zarur, chunki bank noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan va tan olinmagan yozuvlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Yuridik shaxslar jamg‘arma depozit hisobvarag‘ini shartnoma asosida belgilangan tartibda ochadi.Hisobvaraqdagi holati ko‘chirma qilinadigan depozitlar omonat daftarchalari depozitlaridan farqli ravishda shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi, ulardan ko‘chirmalar shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davriy ravishda depozitorning manziliga jo‘natib turiladi. Bu depozitorlarni bankka qatnashdan ozod qiladi va ular bilan pochta orqali aloqa bog‘lab turish imkonini beradi. Bank pochta orqali omonatchining hisobvarag‘idan ko‘chirmalarni jo‘natish xarajatlarini uning hisobvarag‘idan undiradi. Xabarli jamg‘arma depozitning o‘ziga xosligi shundaki, depozitni hisobvaraq hisobidan chiqarish oldindan xabar berish orqali shartnomada kelishilgan muddatda amalga oshiriladi. Xabar qilish muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, depozit uchun foizlar stavkasi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Hisobvaraqdan olingan ko‘chirmalar va summaga doir daftarchadagi barcha o‘zgarishlarni depozitor o‘rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to‘g‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak. Xabar qilingan nomuvofiqlikni bank birlamchi hujjatlar asosida bartaraf qilishi zarur.
Omonatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar;

  • Jamg‘arma omonatlar;

  • Muddatli omonatlar;

  • Omonat sertifikatlari.

Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag‘lar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar, bank omonati shartnomasi tuzilgan va unda boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha tuzilgan bank omonati shartnomasida omonatchi tomonidan omonatni birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim.Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisobi «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi»ga muvofiq «20200 — Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
Banklarni ustav kapitalining minimal miqdorini belgilanishi banklarni har xil risklardan saqlash maqsadida belgilanadi. CHunki bank ustav fondi qancha katta bo‘lsa, uning resurslari ham ko‘p bo‘ladi.Bankning tashkiliy shakliga qarab, ustav kapitali oshishi mumkin.
Aksionerlik jamiyati ko‘rinishidagi tijorat banklar o‘z ustav kapitalini oshirishlari uchun o‘shimcha miqdorda aksiyalar chiqarishlari va ularni yuridik va jismoniy shaxslar orasida tarqatishi mumkin. Qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishda bu banklarga o‘z qarz majburiyatlari — obligatsiyalar chiqarish huquqi berilgan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida tashkil topgan banklar o‘zlarining ustav kapitallarini yoki qo‘shimcha ishtirokchilarni ulushini oshirish orqali ko‘paytirishlari mumkin.Har yili har bir bank aksioneri (ishtirokchisi) o‘zining ustav kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini dividend ko‘rinishida oladi.
Banklarda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatiga qarab bank resurslari o‘z resurslariga va qarz (sotib olingan) resurslarga bo‘linadi.
Bu holda banklar resurslariga bank kapitalidan tashqari ma’lum vaqt davomida bank ixtiyorida bo‘lgan jalb qilingan depozitlarni, boshqa banklarning depozitidan va vakillik hisobraqamidan qoldiqlarni, forvard valyuta kursi va kliring bo‘yicha qoldiqlarni va boshqa depozitlar va qoldiqlarni ham kiritish mumkin.
Undan tashqari, bankning ixtiyorida mavjud bo‘lgan resurolar uning amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun etarli bo‘lmasa, zarur miqdordagi mablag‘larni Markaziy bankdan nobyudjet fondlardan pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin.
SHunday qilib, bankning o‘z mablag‘lari va qarzga olingan yoki sotib olingan mablag‘lari yig‘indisi tijorat banklarining resurs bazasini tashkil g‘iladi.Doimiy g‘oldig‘ini aniqlash va ulardan barqaror kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‘lmog‘i lozim.
Bank tizimining resurs bazasini mustaxkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida banklarning jami kapitali 2011 yilda 30,1 foizga o‘sib, 2012 yil 1 yanvar xolatiga 5,3 trln. so‘mni tashkil etdi
Bugungi kunda 17 ta tijorat banki aktsiyalari "Toshkent" fond birjasi listingiga kiritilgan bo‘lib, ushbu kimmatli kog‘ozlarning kotirovkasi birjada muntazam ravishda amalga oshirilib, ommaviy axborot vositalari orkali e’lon kilinib borilmokda.
2012 yil davomida bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar davom ettirildi.
Xususan, aksiyadorlik-tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 2012 yil davomida 500 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar chiqarildi.
Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismi “Toshkent” respublika fond birjasi orqali birlamchi ochiq savdolarda joylashtirildi.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 17 ta tijorat bankining aksiyalari “Toshkent” respublika fond birjasi listingiga kiritilgan bo‘lib, ushbu banklarning qimmatli qog‘ozlari muntazam ravishda birjada kotirovka qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib borilmoqda.
Natijada tijorat banklarining jami kapitali 2012 yilda 24,3 foizga oshib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Yüklə 125,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə