Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi
Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi.
Reja:
Naqd pulsiz hisob - kitob operatsiyalarini tashkil etish
Memorial orderlar bilan hisob kitoblar hisobi
To‘lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi
To‘lov talabnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi
tayanch so’z va iboralar: kartoteka 1(K1), kartoteka 2 (K2), operatsiya kuni, memorial order, to’lov topshiriqnoma, to’lov talabnoma, aktsept, identifikatsiya raqam, electron to’lov tizimi, shaxsiy varaqcha, depozit hisobvaraq.
1.Naqd pulsiz hisob - kitob operatsiyalarini tashkil etish
Banklarda hisob-kitob operatsiyalari ishlar va ko' rsatilgan uchun to'lovlar, shuningdek, budjetga, ijtimoiy fondlarga hamda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kirim qilish bo'yicha bankka beradigan topshiriqiari bilan bog'liq operatsiyalar hisoblanadi. Hisob-kitoblarining asosiy ulushi naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari asosida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bu to'lovchining hisobvarag'ini debetlash va mablag' oluvchining hisobini kreditlash orqali bajariladigan pul o'tkazmasidir.
Tijorat banklarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori O‘zbekiston Respublikasida “NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDA”gi nizomga [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3229] asosan o’z faoliyatlarini olib boradilar.
Umumiy qoidalar:
1-son kartoteka — qarzdorligi bo’lgan shaxsning to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
2-son kartoteka — qarzdorligi bo’lgan shaxsning muddatida to‘lanmagan (ya’ni hisobvarag’ida yetarli mablag’ bo’lmaganligi uchun) to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
Dostları ilə paylaş: |