Innovasiyalar vazirligi namangan viloyati hokimligi university of business and science



Yüklə 41,15 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#124221
ҚЎЛЛАНИШ ДОИРАСИГА КЎРА ЎЗБЕК ТИЛИ ЛЕКСИКАСИ


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA
INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI HOKIMLIGI
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE


SIRTQI BO’LIM II KURS “BOSHLANG’ICH TA’LIM” MUTAXASSISLIGI
22-01-GURUH TALABASI
USMONOVA ZUHRAXONNING
ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI

Namangan
MAVZU: QO'LLANILISHI CHEGARA-LANMAGAN VA CHEGARALANGAN LEKSIKA
REJA:
1. QO'LLANISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN LEKSIKA.
2. QO'LLANISH DOIRASI CHEGARALANGAN LEKSIKA.

O'zbek tilining lug'at boyligidagi barcha so'zlar nutqda qo'llanish ko'lami doirasiga ko'ra turlicha bo'ladi. Hozirgi o'zbek tilining leksik tarkibida asosiy qismni tashkil etuvchi so'zlar hammaga tushunarli «bo'lgani uchun shu til vakillari ulargai birday qo'llaydilar. Shu bilan birga tilda shunday so'zlar ham mavjudki, ularni ma'lum hududda, joyda yashovchilarning yoki muayyan kasb-hunar egalarigina o'z nutqlarida ishlatadilar. Masalan: bor, yo'q, bir, yer, suv, havo, bermoq, kulmoq kabi so'zlarni o'zbek tilida so'zlovchilarning barchasi o'z nutqida doimo qo'llasa, satil, zaldoru so'zlarini Buxoro va Samarqand hududida yashovchilar, suzaq, bodrak, geshir so'zlarini Xorazmda yash ovchilar qo'llaydilar; fond, kartoteka, alfavitli ko'rsatkich, katalog kabilarni ku tubxona xodimlarigina faol ishlatadilar. Sh unga ko'ra, hoznrgi o'zbek tili leksikasi quyidagi ikki qatlamga ajratiladi:


1. Qo'llanish doirasi chegaralanmagan leksika.
2. Qo'llanish doirasi chegaralangan leksika.
Qo'llanish doirasi chegaralanmagan leksikank barcha o'zbeklar uchun umumiy va bir xilda tushunarli. bo'lgan so'zlar tashknl qiladi. Umumxalq ishlatadigan bunday so'zlar kundalik turmushda zarur bo'lgan narsa belgi, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksik tarkibidagi so'zlar, barcha so'z turkumlariga oid so'zlar umumiste'moldagi leksikani tashkil etadi. Boshqa tillardan o'zlashib, endilikda barcha xalqqa tushunarli bo'lgan fan-texnika, madaniyat, siyosatga oid atamalar ham, adabiy tilga o'zlashgan ayrim shevalarga oid so'zlar ham qo'llanish doirasi chegaralanmagan leksika tarkybiga o'tishi mumkin. Shu tarzda boyib, kengayib borayotgai umumxalq so'zlari adabiy til leksikasi rivojiga samarali ta'sir etadi. Ommaviy tadbirlarda, notiqlik faoliyatida, barcha madaniy-ma'rifiy nshlarda umumiste'molda bo'lgan, barcha xalqqa tushunarli so'zlar va iboralarda» foydalanish nutq ta'sirchanligini oshiradi, uning ommabopligini ta'minlaydi, nutqning tushunarsiz va zerikarli bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

QO'LLANISH DOIRASI CHEGARALANGAN LEKSIKA
Til lug'at boyligining nutqda ishlatilish doirasi jihatdan chegaralanishi turli xil bo'ladi. Qo'llanish doirasi chegaralangan leksika ishlatilishi hududga ko'ra cheklangan so'zlarga, ishlatilishi kasb-hunarga qarab chegaralangan so'zlarga, ishlatilishida eskilia yoki yangilik bo'yog'i borligiga ko'ra farqlanadigan so'zlarga, biror ijtimoiy guruh nutqidagina ishlatiladigan so'zlarga va ekspressiv-uslubiy bo'yoqdorligiga. ko'ra qo'llanilishi cheklangan so'zlarga ajratiladi.
Ishlatilishi hududga ko'ra cheklangan til birliklari sh yevaga xos so'zlar sanaladi. Bular muayyan hududda yashovchi kishilar qo'llaydigan, o'sha yerlik aholining og'zaki nutqiga xos bo'lgan so'zlardir. Bunday leksika so'z va frazeologik ibora ko'rinishida uchrashi, fonetik va grammatik xususiyatlariga ko'ra o'zita xoslnkka egaligi bilan farqlanishi mumkin. Masalan, shevaga oid so'zlar unlilarning cho'ziq yoki tomshoq talaffuziga ko'ra, tovush o'zgarishiga nisbatan bir-biridan farqlanishi, grammatik shakllarning qo'llanish ma'nosi va shakliga ko'ra ajralib turishi tabiiy holdir. Badiiy asarlarda hayotning realistik tasvirlarini chizish, mahalliy belgi-xususiyatni berish, personajlar nutqinn individuallashtirishda shevaga xos so'zlardan keng foydalaniladi.
Ishlatilish doirasi ma'lum kasb-hunarga ko'ra chegaralangan so'zlar kasb-hunarga oyd so'zlar (professionalizmlar) hisoblanadi. Bu so'zlar qaysi hududda yashashidan qat'i nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo'ladi. Masalan: klub, to'garak, haraskor, sahna, rejissyor, rolь, uslubiyotchi, mikrofon kabi so'zlar barcha klub xodimlari nutqida faol qo'llanadi. Kasb-hunarga xos so'zlarning asosiy qismini shu sohaga xos atama (termin) lar tashkil etadi. Atamalar (terminlar) fan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan bir ma'noli so'z va so'z birikmalaridir. Atamalar qo'shimcha ma'no jilolariga ega emas. Ma'lum dialekt va shevaga aloqador bo'lmasdan, umummilliy til uchun xos hodisadir. Atamalarning ko'pchilik qismini ruscha-baynalmilal so'zlar tashkil qiladi: abzats, abonent, abonement, ariya, bayan, defis, dialog, disgarmoniya, dirijyor, pauza, partiya, oratoriya, duet, general-bas, general pauz kabilar.
Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə