Mavzu : Dirijyor harakatlari



Yüklə 74,07 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü74,07 Kb.
#160974
Karimova Zuhra


Mavzu : Dirijyor harakatlari
Dirijyorning qо‘llariga qо‘yiladigan asosiy talab - ularning tо‘la erkinligi, ya’ni tanaga bо‘ysunmasligi va mushaklarning bо‘sh qо‘yilishidir. Erkinlik dirijyorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qо‘llarni erkin tutmaslik esa orkestrga о‘z niyatlarini tо‘liq va aniq yetkazishga xalal beradi. Bunday qо‘llar egiluvchan va plastik bо‘lmaydi, ular musiqani ifoda etishga ojizlik qiladi. Ular hatto nigohni ham charchatib qо‘yadi, eng asosiysi - erkin bо‘lmagan qо‘llarning harakatlari tushunarsiz bо‘lib, bu orkestr ishiga yordam о‘rniga, xalal beradi. Odatda bunday qо‘llarning tirsaklari ikki tomonga kerilib, tepaga kо‘tarilgan bо‘ladi. О‘z qо‘l harakatlarining samarasiz ekanini sezgan bunday dirijyor qо‘llariga «yordam berish» uchun yana tanasi, boshini ishga solib, keraksiz harakatlarni kо‘paytiraveradi.[1.B.78-79] Sinxron (parallеl – qo‘llardagi bir xil harakat) ravishdagi harakatlar, dirijyorning tеxnik imkoniyatlarini chеgaralanganligidan darak bеradi. Sinxron harakatlar qoida "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 465 http://oac.dsmi-qf.uz bo‘yicha, orkеsrning umumiy ijrosini baland nuqtalarini (tutti) va asarning avj ijrolarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Qo‘llarning vazifalarini aniq bеlgilab olish va uni tajribada qo‘llash, avvalo, har bir dirijyorning o‘z qobiliyati va asarning xaraktеridan kеlib chiqadi. Musiqada bеrilgan biror aniq holatga ko‘ra, o‘ng va chap qo‘l harakatlari o‘z vazifalarini almashtirishi mumkin. Ya’ni, chap qo‘l aniq harkatlar bilan ansambl ijrosini ushlab tursa, o‘ng qo‘l ifodali harakatlar bilan ijrochilarni ruhlantiradi. Masalan: dirijyorning chap tomonida o‘tirgan guruhlarda aniq ritmik ijro yoki biror yangi ohangning qo‘shilishi natijasida chap qo‘l o‘ng qo‘lning vazifasini bajarishga to‘g‘ri kеladi.


Bu vaqtda o‘ng qo‘l o‘z ijro yo‘nalishini o‘zgartirib, chap qo‘lga yordam bеrgan holda, mustaqil harakatlarini davom ettiradi. Xuddi shuningdek, kimtinib ishlaydigan dirijyor о‘zi ijro etayotgan koncert yoki spektakl «yuki»ni kо‘tara olmaydi. Shu bois о‘z faoliyatini endi boshlayotgan dirijyorlar bilan takt mashqlarini о‘rganishni va qо‘llarni «erkinlashtirish» ishidan boshlaganlari ma’qul. Bugun qо‘llar - dirijyor apparatining asosiy va eng muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Qо‘llarning turli holatlari - harakatlari erkinlik, qulaylik, tabiiylik va muhimi ijroga tо‘g‘ri kelish kabi talablarga javob berishi kerak. Ma’lumki, qо‘l kaft, bilak va yelkadan iborat. Dirijyorlik qilishda qо‘lning eng harakatchan va ifodali qismi bо‘lgan kaft (kist) eng muhim rol о‘ynaydi. Kaft bilan organik ravishda bog‘langan bilak va yelka yordamchi qismlar bо‘lib, harakatda faqat kaftning holatlari uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda qо‘l qismlari о‘z holatlarida shunchalik о‘zaro bog‘liqki, kaftning eng kichik harakati ham bilak va yelka mushaklari ishtirokini taqozo etadi. Masalan yengil staccato dan pianissimo ga о‘tish. [2.B.125] Dirijyorlik qilishda kaftni pastga qaratib tutish - uning eng qulay holatidir. Bunda kaft bо‘shashgan ham qisilgan ham, ortiqcha kо‘tarilgan ham bо‘lmasdan hamisha oldinga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim. Barmoqlarni tabiiy ravishda biroz dumaloqroq shaklda bо‘lishi buning barobarida ularning erkin holati butun kaftning yetarli darajada erkinligidan dalolat beradi. Kaftning harakatchanligi, elastikligi va yetarli darajada erkinligi mushaklarning har qanday tez harakatga tayyor turishi bilan muvofiq bо‘lmog‘i kerak. Kaftning bu jihati dirijyorga qо‘l harakati orqali ijroning eng nozik tomonlarini ifoda etish imkonini beradi. Aynan kaft harakatlari dirijyor qо‘l harakatlariga asosiy dinamik, emotsional kо‘rinish beradi. Kaft erkinligini о‘rganishning dastlabki davridanoq alohida nazorat qilib turish kerak. Shunga tayanib, avval boshidanoq, darhol tayoqcha bilan dirijyorlik qilishga о‘tish maslahat berilmaydi, chunki bu kaft mushaklarining zо‘riqishiga sabab bо‘lishi mumkin. Dirijyorlik qilish paytida qо‘l holati о‘zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, chо‘zilish darajasi doimo о‘zgarib turadi. Bu kо‘p sabablarga bog‘liq. Jumladan, orkestr jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga, muayyan cholg‘u yoki guruhlarning ijroga kirishishini kо‘rsatishga, asar janriga, uslubiga, masshtabiga, qolaversa, orkestr tarkibining kattaligiga, xor, yakkaxonlar soniga, shu bilan birga orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki estrada sahnasida dirijyorlik qilinishiga bog‘liq bо‘lishi mumkin. Bularning barchasi dirijyor qо‘llari holatida aks etadi.[3.B.21] О‘qitish jarayoni avvalida talabalar dastlab rioya qilishi mumkin bо‘lgan о‘rtacha qо‘l holatini belgilash tavsiya etiladi. Tabiiylik, qulaylik maqsadida qо‘lning erkinligini ta’minlash va orkestrga kо‘rinarli bо‘lishi uchun qо‘llarni kо‘krakdan sal pastroq holatda tutgan ma’qul. Agar qо‘l undan yuqoriroq bо‘lsa - yelka mushaklari zо‘riqadi, aksincha pastroq bо‘lganida esa orkestrga kо‘rinmaydi. О‘rganuvchilar avval butun dirijyorlik apparatini tо‘g‘ri «о‘rnatish»ni bilishlari lozim. Shundan keyingina dirijyorlik texnikasini egallashga о‘tish mumkin. dirijyorlik apparatini «о‘rnatish» qо‘l, yelka, bо‘yin, bosh mushaklarini bо‘shashtirish, erkin tutishdan boshlanadi. dirijyorlikni о‘rgatuvchi pedagogning vazifasi avvalo har bir talaba uchun tana, bosh, qо‘l va oyoqlarning eng qulay va tabiiy holatini topishdan iborat. Bu bilan talabani qaddi qomatini tо‘g‘ri tutish, asosiy dirijyorlik holatini aniqlashga о‘rgatish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, qaddi qomatni tо‘g‘ri tutish nafaqat estetik nuqtai nazardan muhim, balki amaliyot uchun ham zarur. Ma’lumki harakatlarni о‘zlashtirish qobiliyati hammada turlicha kechadi. Ba’zilarda osongina uddalansa, boshqalarda jiddiy qunt va sabotni talab qiladi. Dirijyorning о‘ng qо‘li hunarmand (mehnatkash ma’nosida), biroq chap qо‘li san’atkor. Ushbu ingliz maqoli har ikki qо‘lning tub vazifalari tо‘g‘risida ma’lumot beradi. Dirijyor о‘ng qо‘li bilan takt о‘lchovini, ritmni, shuningdek zarur ijro sur’ati (temp), ijroni boshlash va tugatish, frazalarni tо‘g‘ri talqin etish, artikulyatsiya (shtrix) va agogik nozikliklarni ifodalaydi. Bunday holat ham kuzatilishi mumkin, agar dirijyor chapaqay bо‘lsa. Istisno tariqasida dirijyorning chapaqay bо‘lishiga ba’zan yо‘l qо‘yilishi mumkin. Bu holat orkestr ijrochilariga ma’lum bо‘lsa, orkestr bunday dirijyorlarga moslashishi oson kechadi. Odatda, chap qо‘l о‘ng qо‘l yordamida quyidagi vazifalarni bajaradi: u dinamik tuslar (nyuanslar)ni aniqlashtiradi va musiqachilar tegishli jarayonga tayyor bо‘lishi uchun bо‘rttiribroq kо‘rsatadi. Bundan tashqari, bu qо‘l dirijyorning butun gavda harakatlari bilan birga tegishli Andante lirik yoki ulug‘vor, yoki Allegro raqsona yoki chaqqonroq ijro etilishi zarurligini ifodalab beradi. [4.B.252] Dirijyorning besunaqay, notabiiy, yoki qо‘pol harakatlari ijrochilarda zо‘riqish va noqulaylik xislarini tо‘g‘dirishi mumkin. Muayyan estetik normalarni ham mudom yodda tutish darkorki, dirijyorni butun ijrochilar guruhi avvalo kо‘rish orqali qabul qiladilar. Ba’zan koncert larda ikkala qо‘li bilan takt belgilab, musiqaning sur’at va metrini faqat mexanik tarzda kо‘rsatuvchi dirijyorlarni kо‘rish mumkin. Ularning har ikkala qо‘li takt berish bilan band bо‘ladi. Shu bois, ularda boshqa vazifalarni bajarishga imkoniyat yо‘q. Asarning badiiy jihatlarini kо‘rsatishda chap qо‘ldan samarali foydalanish о‘rniga u bilan о‘ng qо‘l harakatlarini qaytarar ekan, dirijyor о‘z texnikasini qashshoqlanishiga yо‘l qо‘yadi. Parallel ravishda chap qо‘lni ham takt berishga ishlatgach, ijro qilinayotgan musiqaning badiiy sifatlarini kо‘rsatishga imkoni qolmaydi. Aftidan, ba’zi dirijyorlar bunday ahvolning be’maniligini anglab, gohida faqat о‘ng qо‘llarini takt kо‘rsatish uchun ishlatadilar. Biroq, bu ahvolda chap qо‘l nima ish bajaradi? Avvaliga u partitura sahifalarini varaqlaydi, sо‘ngra noaniqlik bilan sust tarzda taktlash jarayoniga qо‘shiladi, u yog‘iga yana varaqlash uchun pastga tushiriladi, ba’zi hollarda chap qо‘l dirijyor tanasida ojiz bir ahvolda osilib turadi va orkestrni boshqarish jarayonida umuman ishtirok etmaydi ham yoki - yana о‘ng qо‘lga qо‘shilib takt belgilashga tushadi. Har qanday alohida vaziyatda harakatning qanday turini qо‘llash kerak? Bu avvalo musiqaning xarakteri, dinamikasi, fakturasi, asarning har qanday qismidagi tempga bog‘liq. Bundan tashqari harakatning uyg‘unligi, uning mutanosibligini belgilashda dirijyor faqat о‘ziga qulay va erkin bо‘lishini va nihoyat, harakatning yaqqol kо‘zga tashlanishini hisobga olishi kerak. Shu bois dirijyorning qо‘l harakatlari plastik, oddiy, ifodali, musiqaga muvofiq tushunarli va aniq bо‘lishi lozim. Qо‘l harakatlari vositasida dirijyor ijrochilar jamoasiga о‘zining qalb kechinmasini, о‘y-fikrlarini etkazadi. Qolaversa, ijrodagi muhim bо‘lgan badiiy vazifalarni yuklaydi. [5.B.254] О‘ng qо‘l ham, chap qо‘l ham istalgan vazifani bajarishiga qaramay, dirijyorlik amaliyotida har ikkala qо‘lga alohida talablar qо‘yiladi. Shu bois ularni alohida jihatlarini kо‘rib chiqamiz.
Dirijyorlikda boshqaruv vazifasini bajaruvchi о‘ng qо‘l avvalo taktlash, ya’ni vazn qismlarini kо‘rsatish, asarning vazn tuzilishini namoyon qilishga mо‘ljallangan. Shu bilan birga u cholg‘ular yoki ovozlar ijrosiga navbat beradi, aksentlar, fermatalar, sinkopalarni belgilaydi, tempni aniqlaydi, harakat harakterini, dinamikasini aks ettiradi. Bundan kо‘rinib turibdiki о‘ng qо‘l mexanik ravishda emas, balki ijro etilayotgan musiqaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. О‘ng qо‘l - yetakchi, ishonchli, tashabbuskor, «qat’iyatli» qо‘ldir. Va nihoyat, hammaning diqqat markazida bо‘lgan, dirijyorning ritmik kо‘rsatmalarini aks ettiruvchi tayoqcha ham aynan о‘ng qо‘lda bо‘ladi. Demak chap qо‘l taktni belgilashda muhim о‘rin tutmasligi о‘z-о‘zidan ayon bо‘ladi. Zamonaviy dirijyorlik texnikasi har ikkala qо‘llar harakati bilan belgilanishidek eskirgan va foydasiz odatdan allaqachon voz kechgan. Igor Markevichning qayd qilishicha, parallel ravishda takt belgilash bamisoli pianinochi bir xil balandlikdagi faqat unison ohangdoshligini chalishni bilganidek ma’nisizdir. Chap qо‘l cholg‘ular, ovozlar, orkestr guruhlariga, xor va yakkaxon partiyalarni ijroga yо‘llovchidir. U ijroning dinamik qirralarini ifoda etadi. Bundan tashqari, asosan chap qо‘l yordamida musiqiy bayon ajratiladi, jumlalar ayricha kо‘rsatib о‘tiladi, jarangdorlik, alohida pauzalar ifodalanadi, musiqiy shakl uyg‘unlik, faktura о‘zgarishi kо‘rsatib boriladi. Yuqorida aytilganlar о‘ng qо‘l yoki har ikkala qо‘l bilan bir vaqtning о‘zida bajarib bо‘lmaydi degani emas. Biz faqat dirijyor qо‘llashi mumkin bо‘lgan harakatlar va ularning xilma-xilligini ta’kidlab, ular erkinligi va muvofiqligi haqida, ayni vaziyatda esa - qо‘llar mustaqilligi tо‘g‘risidagi masalani olg‘a surayapmiz. Dirijyor qо‘llari bir-biriga bog‘liq bо‘lsada, mutlaqo erkin vaziyatni tutish lozim. Bir qо‘lni ikkinchisi harakatlarini qaytarishi, bu harakatlar boy emasligini kо‘rsatadi, dirijyordagi bir xillik yо‘lini ifodalaydi. Bu albatta, simmetrik harakatlarni qо‘llashdan voz kechish kerak degani emas, - kо‘p hollarda ulardan qochishning о‘zi qiyin. Masalan, orkestr qudratli va tantanavor yangragan chog‘da uning xarakterini yorqin ifoda etish uchun dirijyorning qо‘llari о‘z-о‘zidan holatga kirib, bir xil xarakatlar bilan biri ikkinchisini qо‘llab-quvvatlaydi. Biroq simmetrik harakatlarni uzoq vaqt qо‘llash harakatning kambag‘allashuviga, dirijyorlikni bir xillikka olib keladi va ijro etilayotgan musiqaning emotsional mohiyati va unda dirijyorning ijodiy xis tuyg‘usi va maqsadini ifodalashga keng imkoniyat maydonini yaratib berolmaydi. [6.B.241] О‘ng va chap qо‘l о‘rtasidagi asosiy farq shundaki, taktni belgilashni о‘ng qо‘l bajaradi, qolgan vazifalarni esa о‘ng va chap qо‘l birga bajarmog‘i kerak. Vazifalarni bu tarzda tо‘g‘ri taqsimlash dirijyorga asarning barcha qirralarini tо‘laligicha ochib berishga imkon yaratadi. Shu bilan birga har ikkala qо‘l harakati qat’iy muvofiqlashtirilgan va ularning vazifalari xilma-xil bо‘lsa ham va yagona maqsad - musiqani barcha detallari bilan imkon qadar tо‘liqroq ijro etishga qaratilgan bо‘lishi shart. Agar dirijyor chapaqay bо‘lsa, unda chap va о‘ng qо‘l vazifalarni almashtirish mumkin, chunki bunday dirijyor asosiy ritmni chap qо‘l bilan (uning uchun yetakchi qо‘l) olib borishi, dinamika va qolgan xususiyatlarni esa о‘ng qо‘li bilan bemalol kо‘rsatishi mumkin. Orkestr va musiqa uchun buning farqi yо‘q. Shunday qilib, quyidagicha yakuniy fikrga kelish mumkinligiga amin bо‘ldik: О‘ng qо‘l taktni boshlaydi, ya’ni musiqaning asosiy ritmi va vaznini, uning dinamikasi va xarakterini boshqarib boradi. Chap qо‘l zimmasiga esa musiqa dinamikasi va xarakterini belgilash, alohida ovozlar yoki orkestr guruhlari, xor, yakkaxonlarni ijroga о‘tishini kо‘rsatish vazifasi yuklatiladi: Bu ayniqsa opera va musiqiy teatrga taalluqli holatdir. Chap qо‘l musiqiy ijro detallarini kо‘rsatadi, dirijyorning xissiy - badiiy jihatlarini ifoda etishiga xizmat qiladi. [7.B.87-88] Bu maqsadga erishishning dastlabki bosqichi vaznga xos sxemalarni о‘zlashtirishdan iborat. Kо‘p holda ushbu sxemalar bilan tanishuvda ikkala qо‘l ishlatiladi. Bunda talabada har ikkala qо‘lni simmetrik tarzda harakatlantirish odati shakllanadi va bu keyinchalik qо‘l harakatlarini erkinligiga erishishni qiyinlashtiradi. Keyinchalik voz kechish lozim bо‘ladigan harakatlarga о‘rganishdan nima foyda? Chap qо‘l о‘ng qо‘lni takrorlashga yoki takt belgilashga tayyor bо‘ladi, ammo о‘rganuvchining vazifasi aynan shundan qochishni tushunishidadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azimov K. O‘zbekiston dirijyorlari. T.2001y.
2. Безбородова Л. Дирижирование. M., 1990.
3. Kurt Redel «Taktschlagen oder Dirigiren» M.: 2005 у. 11-b
4. Toshmatov E. Dirijyorlik. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 252 b.
5. Haqnazarov Z. Dirijyorlik haqida. – T.: “Musiqa” 2012. 254 b.
6. Shamahmudova B. Musiqa maktablarida xor dirijyorligiga o‘qitish uslubiyotining ayrim masalalari.
7. Методические записки музыкальной школы им.В.Успенского. Вып.5. kitobida.T., 1996. asi dirijyor qо‘llari holatida aks etadi.
Yüklə 74,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə