1. Kompozitor Doni Zokirovning bolalik va talabalik yillari. Kompozitor Doni Zokirovning vokal ijodi. Kompozitorning simfoniya ijodi



Yüklə 85 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü85 Kb.
#105389
Kompozitor Doni Zokirov


Kompozitor Doni Zokirov (1914-1985) ning hayoti va ijodi
Reja:
1. Kompozitor Doni Zokirovning bolalik va talabalik yillari.
2. Kompozitor Doni Zokirovning vokal ijodi.
3. Kompozitorning simfoniya ijodi
4. Kompozitor Doni Zokirovning kino va musiqali drama soxasidagi ijodi.
O’zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo’shiq, romans, musiqali drama, balet, simfonik va xalq cholg’ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan XX asr o’zbek musiqa madaniyatini boyitdi.
D. Zokirov Samarqand shahrida 1914 yilning 28 dekabrida tug’ildi. U bolaligidan musiqaga qiziqkishi va o’spirinlik davrini shunday eslagan: «Otam Rajabov Zokirjonning avlod - ajdodi, bobokalonlari asli Karshi shahrida istikomat qilishib, sandiksozlik hunari bilan shug’ullanishgan. Otam yoshligida Samarqandga kelib, ajdodlari hunarini davom ettirgan edi. U bolaligidan musiqaga qiziqkib, o’zi ham ishdan bo’sh vaqtlarida ashula - qo’shiqlarni xirgoyi qilib, dutor chertar edi. Uning xirgoyilari va to’y - tomoshalarda eshitgan kuy-qo’shiqlar meni maftun qilar edi. Nay, dutor va g’ijjak chalishga qiziqdim. Bu holni sezgan otam dong’i chiqan san’atkor Muhiddin Mavlonov ustozga shogird qilib berdi. O’zbek va tojik xalq musiqa merosini o’zlashtirishda nimaga erishgan bo’lsam, bular zaminida fakat ustozimning beminnat, bebaho mehnati bor. Onam Munavvarxon tabiatan muloyim, xushmuomala, zuko, o’qimishli ayol edi. Men va boshqalarga arabcha alifboni o’rgatar edilar. Musiqa tinglashni sevardilar.
1926 yili o’rta ta’lim maktabiga o’qishga bordim va maktabdagi musiqa to’garagiga qatnashdim. 1928 yili Samarqandda kompozitor, dirijyor N. N. Mironov rahbarligida musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Mazkur institutda 1929 yili kirganimda u yerda o’qiyotgan Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, Manas Leviev va Olimjon Halimovlar bilan do’st bo’lib, birga ustozlardan saboq olib, turli tadbirlarda faol qatnashar edik. O’sha yili mohir san’atkor Ali Ardobus tashkil qilgan «Ko’k ko’ylak» nomli teatrlashtirilgan to’garaka bizlarni taklif qilishdi, Tolibjon Sodiqov esa musiqa rahbari bo’ldi. Bu davrda, ya’ni 1929 - 32 yillar institutda o’qidim,
1929 - 35 yillari respublika musiqali drama teatrida sozanda bo’lib ishladim. Mazkur teatrni tashkil qilgan ulug’ san’atkor Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov va boshqa mashhur san’atkorlar bilan tanishdim, birga ishladim. Institutda Ota Jalol, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umurzoqov, Matyusuf va Matyoqub Xarratovlar va boshqa san’at jamoalarida ishlagan ustozlardan saboq olganim men uchun katta maktab bo’ldi.
1936 yilda Toshkentda O’zbekiston davlat filarmoniyasi ochilib, uning qoshida T. Jalilov rahbarligida ashula va raqs ansambli tashkil topdi. Meni shu ansamblga kontsertmeyster lavozimiga taklif qilishdi. Mazkur ansambl bilan el qatori 1937 yil Moskvada o’tgan O’zbek san’ati va adabiyoti dekadasida qatnashishga muyassar bo’ldim. O’sha yili Moskvadan qaytilgandan keyin Tamaraxonim filarmoniyada alohida ansambl tuzdi va meni shu ansamblga musiqa rahbari etib tayinlashdi.
1940 - 48 yillari Muqimiy nomidagi musiqali teatrda ikkinchi dirijyor lavozimida ishladim. 1948 - 53 yillari O’zbekiston davlat radio eshittirish komiteti qoshidagi O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestrida dirijyor bo’lib ishladim. 30 - yillardan buyon ijrochilikdan tashqari, turli mavzularda klassik va zamondosh shoirlarning she’rlariga qo’shiq, ashula va spektakllarga musiqalar yaratib kelsam ham ko’p ovozli musiqa vosita uslublarini, shakl va janrlarini, koidalarini va G’arbiy Ovrupo va rus klassik kompozitorlarining ijodiy faoliyatlarini va musiqa fanlaridan bilim olish niyatida 1940 - 42 yillar Toshkent davlat konservatoriyasining tayyorlov kursida o’qidim. Lekin urush kasofati bilan o’qishni tashlashga majbur bo’ldim.
1947 yili tayyorlov kursida o’qishni Hamid Rahimov va Dadaali Soatqulovlar bilan birga kompozitor B. B. Nadejdindan kompozitorlik, mutaxassislik, Yu. N. Tyulindan garmoniya, polifoniya, A. F. Kozlovskiydan cholg’ulashtirish va dirijyorliq, I. A. Dulgarova va Yan B. Pekerdan musiqa tarixidan saboq oldik. 1948 yili konservatoriyaning asosiy kompozitorlik kulliyotida mazkur domlalarda o’qishni davom etib, 1953 yili o’qishni muvafaqiyatlili bitirdik. 1953 yili filarmoniya qoshidagi O’zbek ashula va raqs ansambliga badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim. 1957 yili O’zbekiston radio eshittirish ko’mitasi qoshidagi O’zbek xalq cholg’u asboblar orkestriga bosh dirijyor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandim», deb so’zini tamomladi Doni Zokirov. Mazkur lavozimda 1983 yilga qadar faol ishladi va nafakaga chiqdi.
D.Zokirov 30 - yillarda teatr va ansambllarda sozanda bo’lib ishlab yurgan paytlarida raqs kuylari, qo’shiq va ashulalar bastalay boshlagan. Uning birinchi yirik ijodi 1934 yili Z. Fatxulinning «G’unchalar» p’esasi uchun bastalagan musiqadir. Bu spektaklga musiqa tayyorlashda u xalq musiqasidan foydalanib, ko’p qismlarni mustaqil ravishda yaratgan. U ilk ijodiy yutug’idan keyin mumtoz va zamonaviy shoirlar she’rlariga qo’shiq va ashulalar yaratadi. SHu jumladan urush yillari «Ona orzusi» (Mirtemir), «Zafar topib» (S. Abdulla), «Ol kasos» (M. Rahmonov), «Jangda bardam bo’l» (S. Abdulla) kabi vatanparvarlik mavzusidagi qo’shiqlar; Navoiyning she’rlariga «Orazi» va «O’rtanur» fortepiano jo’rligida qo’shiqlar, simfonik orkestr uchun 1 - syuita: O’zbek xalq cholg’ulari ansambliga 3 qismli «Mehnat fronti» nomli syuita, CHustiyning tojik tilida yozgan uchta she’riga «Jon mediham», «In tui» va «CHehrai handed» lirik qo’shiqlar; bastakor N. Hasanov bilan hamkorlikda «Orzigul» va mustaqil ravishda «Yoriltosh» spektakllariga musiqa bastaladi.
D. Zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga katta e’tibor berdi. U B. F.Gienko bilan «So’nmas chiroklar» (A. Bobojonov va M. Muhamedov p’esasi) musiqali dramani (1953 y.) yozdi. 1954 yili S. Boboev bilan «Dalada bayram» (SH. Sa’dulla p’esasi) musiqali komediya va 1956 yil «Vatan kirg’oklari» (SH. Sa’dulla va Z. Fatxulin p’esasi) musiqali drama; 1960 yil B.F.Gienko bilan «Yoshlikda bergan ko’ngil» (Z. Fatxulin p’esasi) musiqali drama; 1962 yil «Hayot mash’ali» (S. Ismoil p’esasi) musiqali drama; 1970 yil K. Jabborov bilan «Mening jannatim» (S. Abdulla p’esasi) musiqali drama; 1978 yili xalq ertagi asosida «SHahzoda va yetim qiz» (R.Hamroev peesasi) musiqali dramalari tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olindi. A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri sahnasida 1956 yili B. F. Gienko bilan «Oynisa» (Litvinova librettosi) baleti; H. Olimjonning «Zaynab va Omon» dostoni asosidagi shoira Zulfiya librettosiga T. Sodiqov «Zaynab va Omon» operasini boshlab qo’ygan edi. Kompozitor vafot etgani sababli opera tugallanmay qolgan edi. 1958 yil ushbu opera musiqasini Yu. Rajabiy, D. Zokirov, B. Zeydman bilan hamkorlikda tugatib, tomoshabinlarga havola etishdi.
D. Zokirov kompozitor M. Ziv bilan hamkorlikda quyidagi badiiy kinofilmlarga musiqa bastaladi: 1955 yil «Amirlikning yemirilishi» (rejissyor L. Fayziev va V. Basov); 1956 yil «Kutlug’ kon» (rejissyor A. Pann); 1964 yil «Ulug’bek yulduzi» (rej. A. Pann); kompozitor A. Malaxov bilan hamkorlikda 1964 yili «Kaydasan, Zulfiya» yoki «Yor-yor» (rej. A. Hamroev) D. Zokirovning shu filmga yozgan «Ko’chalar» (T.To’la so’zi) qo’shig’i mashhur bo’lib ketgan. D. Zokirov simfonik orkestr uchun bir necha asarlar yaratdi. Ularning orasida uch qismli simfonik syuita hamda «Hamza» nomli simfonik poemasi yaxshi bahra olgan.
D. Zokirovning ijodiy merosida qo’shiq, romans, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri va yakka cholg’ular uchun mo’ljallangan musiqiy asarlar yetakchi o’rinni egallaydi. Uning Navoiy she’rlariga bastalangan «Ko’rmadim», «Ey, sabo», «Bo’lmasa», «Ayb etmangiz», Turob To’la she’riga «Bulbul» nomli romanslari simfonik orkestr jo’rligida D. Mullakandov, H. Nosirova, S. Qobulovalar ijrosida mashhur bo’lib ketgan edi. Kompozitor turli mavzularda, yakkaxon, xor, turli cholg’ular va orkestr jo’rligida ijro etiladigan yuzdan ortiq qo’shiq, ashula, ommaviy xor qo’shiqlar yaratdi. Ular orasida «O’zbekistonim» (A. Niyozmurodov so’zi), «Tinchlik qo’shig’i», «Paxtakor diyor», «Kosmos biznikki», (M. Qoriev so’zlari); «SHifokorlarga», «Terimchilarga», «Do’stlarga», «Ona diyor» (A. Po’lat so’zlari); «Toshkent okshomi» (Nazarmat so’zi); «Suv keldi, hayot keldi» (O’. Rashid so’zi); «Dugonalarga» (Nilufar so’zi); «Do’stlik qo’shig’i», «CHo’pon qo’shig’i», «Tinchlik qo’shig’i» xor uchun (P. Mo’min so’zlari), «Ikki dil dostoni» (Z. Obidjon so’zi), «Yor istab» (Z. Furqat she’ri); «Hayot gulshani» (N. Narzullaev so’zi) kabi qo’shiqlar yorqin misol bo’la oladi. Ayniqsa, kompozitorning yakkaxon, xor va o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun yozgan ko’p qismli asarlardan: «Karshi cho’li gullari» (M. Qoriev so’zi) 5 qismli vokal - syuitasi; «Asrlar sadosi» (Oybek so’zi) 4 qismli kantatasi; «Obi hayot» (O’. Rashid so’zi) 4 qismli vokal - syuitalar olkishga sazovordirlar.
SHuni alohida aytish lozimki, o’zbek klassik musiqa namunalarining ayrimlarini D. Zokirov mahorat bilan qayta ishlab, o’zbek xalq cholg’ulari orkestri, yakka cholg’ular va orkestrga moslashtira olgani kompozitorning katta ijodiy yutuqlaridandir. Bular: orkestr uchun «Yovvoyi CHorgoh», g’ijjak va orkestr uchun «Qaytarma», «Fig’on», «CHo’li Irok», bolabon va orkestr uchun «SHarob», nay va «Farg’onacha», «Gadoiy», orkestr uchun «Jazoir»; orkestr uchun «Navo», «Savti navo», «Ufari navo», «Garduni segoh», «Tasnifi dugoh», «Muhammasi irok», «Nasrulloiy», «Mirzadavlat», «Yolg’iz»; tanbur va orkestr uchun «Rajabiy». Mazkur asarlar respublikamizdagi professional orkestrlar repertuaridan keng o’rin olishi bilan musiqa o’quv yurtlarining xalq cholg’ulari orkestri dasturiga ham kirtilgan. D. Zokirov bolalar uchun P. Mo’min she’rlariga «Sayohat - rohat», «Kungabokar», «Oppok kantim», «Sirdaryo, Sirdaryo», «Kapalak va handalak», «Bog’da pishdi uzumlar», «Do’lona», U. Rahmonov so’ziga «Bolalar valsi», «Bahor valsi», R. Bobojon so’ziga «Olma», Yu. Hamdam so’ziga «Badan tarbiya», Yo. Mirzo so’ziga «Maktabim», Yu. Hamidiy so’ziga «Baxtiyor qo’shig’i», M. Haydar so’ziga «Yangi yil qo’shig’i» va «Beqiyos diyor» kabi qo’shiqlarni bag’ishlagan .
1950 yili «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 1956 yili «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi», 1965 yili «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlarga sazovor bo’ldi. Orden, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.
Adabiyotlar:
1. Muzыkalno- entsiklopedicheskiy slovar. Moskva. 1990 g.
2. F.Karomatov. Voprosы muzыkoznaniya (materialы simpoziuma) 1980 g.
3. A.Jabborov.T.Solomonova.Kompozitorы i muzыkovedы
Uzbekistana.Tashkent. 1975.
4. A.Jabborov. O’zbek bastakor va musiqashunoslari. Toshkent.2004.
5. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O’zbek xalq musiqasi tarixi, (O’qituvchi). 1981 yil.
6. T.Qilichev. Xorazm xalq teatri.
Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə