Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə170/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Tizimli yozuv; systematic records; систематические записи; buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‘jalik muomalalarini ma’lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‘jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi ob’yektlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv ma’lumotlari bilan bog‘langan.
To‘lov talabnomasi; application for payment; требованиеуплаты; hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol etkazib beruvchining (eksporter) yoki boshqa to‘lov oluvchining bank orqali aniq bir summani to‘lovchidan olish haqidagi talabi aks ettiriladi.
To‘lov topshiriqnomasi; payment order; платежное поручение; to‘lovchining bankka yozma topshirig‘i bo‘lib, unda to‘lovchining hisobidan oluvchining hisobiga ma’lum bir pul mablag‘i summasini tkazish yuzasidan topshirig‘idir.
Tovar moddiy zahiralar; commodity financial resources; товарные материальные ресурсы; keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Tugatish qiymati; liquidation value; ликвидационная стоимость; asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Ustav kapitali; the authorized capital; уставный капитал; huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə