Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari


Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning falsafiy tarixiy tahlili



Yüklə 216,4 Kb.
səhifə4/19
tarix11.12.2023
ölçüsü216,4 Kb.
#148012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mundarij a-fayllar.org

1.1. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning falsafiy tarixiy tahlili.
Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan ko’p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan, g’ayrat –shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz.3
Haqiqatdan ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin olishi va jamiyatdagi ma’lum muammolarga yechim topish albatta o’sib kelayotgan yosh avlod vakillarini ta’lim-tarbiyasiga har jihatdan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan: farzandlarimizni qobilyatini ro’yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yanada ko’plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman4..deb yurtimiz yoshlariga yuksak ishonch bildiradi davlatimiz rahbari o’z nutqlarida.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish - eng muhim masalalardan biridir. Oliy o’quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko’paytirib, yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim. Chunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo’ladi.
Ma’naviyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi bo’lib, uning alohida sohasini tashkil etish bilan birga moddiy hayot singari obyektiv reallikka ham egadir. Ma’naviyat, ma’naviy hayotning jamiyat hayotida tutadigan o’rni haqida so’z yuritishdan oldin «ma’naviyat» atamasining mazmunini aniqlab olish lozim. «Ma’naviyat»ning uzagini «ma’no», «ma’ni» so’zlari tashkil etishi haqida adabiyotlarda tuxtab o’tilgan. Tekshiruvchilarning fikricha, «ma’naviyat» atamasi, bir tomondan, arabcha «ma’ni» o’zagidan hosil bo’lgan. Ilk islom islohotchilari ta’limoticha, Kalom bir talay qismlarga bo’lingan: borliqdan avvalgi hayot— kummun, atomlar haqidagisi— javhar al-fard, sababiy bog’lanish to’g’risidagi ta’limot — tavallud, mohiyat to’g’risidagi ilm — ma’na hisoblangan.5
Jahon ma’naviyati va ma’rifatining rivojiga jamiki xalqlar baholi qudrat o’z ulushlarini qo’shganlar. Ammo bunda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarining qo’shgan hissasi alohidadir. Markaziy Osiyo jahonning ilmu fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan, tarixi, ma’naviyati nihoyatda boy mintaqalardan biridir. Bir necha ming yilliklarda shakllangan Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma’naviyati takomil bosqichlari mazkur o’lkada yuz bergan madaniy rivojlanish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo’lib, ushbu sahnda yuz beruvchi ma’naviy hodisa sanaladi. Xalqimiz madaniyma’naviy taraqqiyoti o’ta murakkab tarixiy silsilalar, o’zgarishlar va hodisalar majmuini tashkil etadi. Ana shu murakkab va ko’p ming yillik ma’naviy takomilimiz jarayonidan asosiy bo’g‘inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma’naviyatimiz rivojlanishi bosqichlari haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Ko’pgina tadqiqotchilarning bu boradagi fikrlarini o’rganib, milliy ma’naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini besh davrga ajratib ko’zdan kechirishni ko’p jihatdan maqbul bildik:
1. Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti.
2. Ilk Sharq uyg‘onish davri (IX-XII asrlar)da ma’naviyat va ma’rifat rivoji.
3. Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida (so’nggi uyg‘onish davri) ma’naviyma’rifiy takomil masalalari.
4. Xonliklar, mustamlakachilik va qaramlik sharoitida ma’naviyat.
5. Mustaqillik va ma’naviy poklanish, ma’naviy tiklanish va ma’naviy rivojlanish masalalari. Bu davrlar o’z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko’ra aslo teng emas.
Biz nazarda tutgan birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr IX-XII asrlarni, uchinchi davr XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrlarni, to’rtinchi davr esa XVII dan XX asrning so’nggi o’n yilligiga qadar bo’lgan davrni qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribasi, diniy, ahloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarni ifoda etadigan yuqoridagi kabi ma’naviy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy merosimiz alohida o’rin tutadi. Bunday o’lmas ma’naviy boyliklar, moddiymadaniyat yodgorliklari bu ko’hni o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat, yuksak ma’naviyat mavjud bo’lganidan dalolat beradi. Zardusht tomonidan bir tizimga solinib to’liq shakllantirilgan zardushtiylik diniga qadar ajdodlarimiz har-xil diniy tasavvurlarga e’tiqod qilib yashaganlar. Bu esa zaminimizda yashagan barcha qabilalarning tinch-totuv yashash va bosqinchilarga qarshi kurashda yagona g‘oya – mafkura asosida uyushishlariga to’siq bo’lar edi. O‘lkaning turli qabilalarini birlashtirish, ularni ilk buyuk davlatchilik g‘oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati yuzaga kelgan edi. Ana shunday zaruriyatni tushunib yetgan ilg‘or kishilardan biri sifatida Zardusht tarix sahnasida paydo bo’ldi. U ko’p xudolilik tasavvurlari, tabiat hodisalariga sig‘inishga qarshi chiqib, yakka xudolik g‘oyasini targ‘ib qildi. Uni odamlar payg‘ambar sifatida qabul qilishgan. Zardushtiylik juda qadimiy dinlardan bo’lib, ibtidoiy tuzumdan quldorlikka o’tila boshlagan paytlarda Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan va alohida o’ziga xos diniy dunyoqarash sifatida shakllangan. U o’tmish qadimgi dinlarining eng kuchlilaridan biri sifatida Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron territoriyalarida keng tarqalgan, birinchi jahon dini bo’lgan. Hatto Eron saltanatining rasmiy davlat diniga aylangan. Markaziy Osiyoda quldorlik jamiyati eramizning 2-3 asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi va o’z o’rnini feodal munosabatlariga bo’shatib bera boshladi. Bu holat zardushtiylik ichida yangi oqim Moniylik ta’limotining yuzaga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Ushbu oqimning asoschisi Moniy (216-276 y) bo’lib, u tarixiy shaxsdir. Uning ta’limoti hukmron tabaqalar manfaatiga zid bo’lgani uchun 276 yilda vahshiylarcha o’ldirildi. Moniy boy adabiy meros yaratgan bo’lsa ham, lekin uning ba’zi asarlaridan parchalarigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Uning ma’naviy-ahloqiy qarashlari “Sir ul asror” (Siru asror kitobi), “Kitob-ul-xudovost-tadbir” (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), “Shaburkan” va boshqalarda bayon etilgan. Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo’lib,keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo – ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning abadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo’q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko’maklashishdan iborat degan ma’naviy-ahloqiy ta’limot ilgari suriladi. Sharq xalqlari tafakkuri va ma’naviyatini asrlar davomida nurafshon etib, ularning ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga chuqur ta’sir o’tkazgan tasavvuf (so’fizm) VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik – bu dunyo hoyu-havasidan, boyliklaridan, rohatu farog‘atidan yuz o’girish) harakati ko’rinishida bo’lgan. Uning kelib chiqishidagi omil quyidagilar bilan izohlanadi. Hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi. Ayniqsa, halifa Usmon zamonida boylikka ruju qo’yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug‘lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Ummaviya halifaligi davriga kelib esa,saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, boyliklarni ustun qo’ygan kishilarga nisbatan imon-e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular ichida ilgaridan qashshoq bo’lib, uyjoy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va boylar ahloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik (zohidlik) g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy hayotdan butunlay chetlashganlar, doimiy toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar. Kufa, Bag‘dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi. Ularning obro’- e’tibori xalq orasida katta bo’lgan. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag‘firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Ular Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko’ngilni nafs va xirs g‘uboridan poklab, botiniy pokiza holatda Alloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g‘oyasini targ‘ib qildilar. Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha islom tashkiloti AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi hoki poklari O‘zbekiston tuprog‘ida yotgan ulug‘ ajdodlarimiz, ne-ne mutafakkir zotlar asrlar mobaynida dunyoviy va diniy ilmlar sohasida qanday buyuk kashfiyotlar yaratgani, buning uchun qancha zahmat va mashaqqatlar chekkanini ko’ramiz. Bugun guvoh bo’lib turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan merosiga qo’shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho demakdir.10 Bu ulug‘ zotlar qoldirgan boy ma’naviy merosni asrab-avaylab kelinayotgani, uni har tomonlama o’rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib va tarannum etish yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ana shunday meros sobiq sho’ro davrida ham mavjud edi. Jumladan, bebaho tarixiy qo’lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va ulardan tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu merosni sinfiy va mafkuraviy nuqtai nazardan emas, asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur o’rganish, ma’naviy hayotimizning uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga esa mutlaqo yo’l qo’yilmasdi. Bunga jur’at qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-hatarlarga uchrashi muqarrarligini yaqin o’tmishimiz bilan tanish bo’lgan har qaysi odam yaxshi biladi. Chunonchi, yaqin o’tmishda namoz o’qish, diniy marosimlarni o’tash ta’qiqlangan edi. Bunda sharq allomalarining o’rni beqiyosdir. Misol uchun Qomusiy olim Abu Rayxon Byeruniy ta’limotida bilim oluvchilarga qalbingni yomon illatlardan, inson o’zi syezishi mumkin bo’lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, ochko’zlikdan va shon-shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi. U barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda, dyeb bilgan. Bilimlarni o’zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o’rnini alohida ta’kidlaydi. Byeruniy faxrlanishni yaxshi xulk ma’nosida ishlatib, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday dyeydi: “Faxrlanish – haqiqatda yaxshi xulq va oliy fye’llar oldin kyetishi, ilmu-hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yyetishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi”.
Beruniy inson kamolatida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi ma’rifat, ilm-fanni ham e’tirof qiluvchi – irsiyat, ijtimoiy muhit va to’g’ri tarbiyadir. Beruniy nazarida inson kamolga yetishining muhim omillari ko’p bilimga ega bo’lish va yuksak ahloqiylikdir.
Ibn Sino boshqa mutafakkirlar kabi o’zining komil inson to’g’risidagi qarashlarini falsafiy, ijtimoiy fikrlari bilan bog’liq holda ifodalagan. Olimning ijodida “komil inson tarbiyasi to’g’risida”gi qarashlariga to’xtalsak. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi myezoni sanalgan bilimlarga erishishni da’vat etadi. Buning sababi shundaki, ilm-fan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib, avlodlarga yyetkazadi. Bu maqsadga yyetishish uchun inson duch kyelinadigan qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, dyeydi. “Ey birodarlar: Odamlarning botiri mushkilotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir”2. Zyero bilimli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, dyeydi u fikrini davom ettirib.
Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o’rab turgan muhit alohida ahamiyat kasb etishini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni bilishigina emas, balki uning xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlarning tarkib topishiga ham ta’sir etishini uqtiradi. Shu bois ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’lish, ularni yomon ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarur dyeb hisoblaydi.Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va ahloqqa oid qaysi asariga ahamiyat byermaylik bu asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizning ta’lim-tarbiyasida, ularning zamon talablariga javob byera oladigan dono, bilimli va kuchli bo’lishlaridagi ahamiyati kattaligiga amin bo’lamiz. Yetuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ta’limotida ham inson komilligi, kamoloti masalalari kyeng o’rin olgan.Olimning eng mashhur “Qutadg’u bilig” (Saodatga eltuvchi bilim) ta’lim tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydigan yyetuk ma’rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma’noda komillikka yyetaklovchi asardir.Asarda ahloqiy xislatlar – insoniylik, rostgo’ylik, ishonch, to’g’rilik, soflik, myehr-muhabbat, vafo, insof, sodoqat, aql-zakovat, halollik ... kabilar ulug’lanadi.
Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi. Amir Temurning tarixi ko’p jildlik kitoblar yozishga arziydi.Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g‘oya bunga yo’l bermadi. Amir Temurning o’zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi. Shukrlar bo’lsinki, mustaqillik tufayli ko’p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug‘ bobomiz Amir Temurni o’rganish imkoniga ega bo’ldik. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo’ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so’ng Amir Temur o’z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo’lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z tug‘i ostiga birlashtira oldi, mo’g‘ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni barpo etdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va Temuriylar madaniyati”, “Temuriylar davlati”, “Ulug‘bek va astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so’zlarni nafaqat o’zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o’zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To’xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo’g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrni hozirgi davr ilm-fanida Markaziy Osiyoda so’nggi Renessans (Uyg‘onish) davri deb ham yuritadilar. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar
– Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar
– Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, musavvirlar – Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh, hattotlar: Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar mana shu davrda yashab ijod qildilar. Ularning hammasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo’lganlar. Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bo’lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini ko’rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini ko’rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan. Inson ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda malakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo’lidagi ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy parokandalik davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma’naviyatimiz yuksala bordi.
Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish shakllar bilan bog’liq muammolarning tahlili uzoq tarixga ega. Kishilar qadim zamonlardanoq o’zlarini o’rab turgan olam, undagi narsa, voqea va hodisalar, odamlar o’rtasidagi munosabatlarga baho berganlar, ularning qadri to’g’risida fikr yuritganlar. Zamonlar o’tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi muammolar ko’paygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan.6 Qadriyatlar mavzusi bir qator dunyoqarashlarning asosida yotgan, ularning markaziy qismini tashkil qilgan. Ko’pgina falsafiy oqimlar va mutafakkirlar ham bu mavzuni chetlab o’tmaganlar. Mavzuning falsafiy-tarixiy tahliliga bag’ishlangan G’arb va Yevropa, mintaqamizdan boshqa hududlarida yashaydigan olim va mutaxassislariga tegishli kitob va risolalarda, bu tahlil asosan, Yevropa olimlarining merosi va qadriyatshunoslikka qo’shgan hissasi to’g’risida boradi. Bunda Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Demokrit, J.J.Russo, A.Sen-Simon, Sh.Furye, R.Ouen, I.Kant, M.Sheler, N.Gartman, V.Vindelband, G.Rikkert, Ujeyms, J.Dyui, N.Berdyayev, P.Sorokin, E.Dyurkgeym, T.Parsons va boshqalarning nomlari tilga olinadi.7 Bundan tashqari sharq allomlaridan A.Navoiy, Ibn Sino, Biz ham ushbu mutafakkir, olim va faylasuflarning qarashlari, xulosalari va mulohazalaridan ijodiy foydalandik, shu davomida ular yozgan ba’zi asarlarga murojaat qildik. Ularning fandagi o’rni, asarlarining ahamiyati katta, «sofizm», «platonizm», «kantchilik», «pragmatizm», «pozitivizm», «industrial jamiyat», «postindustrial jamiyat» kabi oqim va ta’limotlar ana shu olim hamda faylasuflarning nomi bilan bog’langan. Yuqoridagi olimlarning qadriyatshunoslikka qo’shgan hissasi xilma-xil, ushbu sohada ahamiyatga molik xizmatlari ko’p va biz ularning zamonaviy aksiologiya uchun qard-qimmatini inkor etmoqchi emasmiz. Ammo qadriyatlar mavzusi ko’hna va navqiron Sharq, uning tarkibiy qismi bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston mutafakkirlari hamda olimlari uchun ham begona emas! Qadriyatshunoslik tarixining eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, al-Buxoriy, at-Termiziy, Yassaviy, Ulug’bek, Jamiy, Navoiy, Mashrab, Bedil, Maxtumquli, Abay, Behbudiy, A.Avloniy kabi mutafakkir va olimlarning ijodida ham bu mavzuning izlari bor.8 Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, yangilab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan xolisona talqin qilishdadir. Kishilar o’rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlar deb ataladi, chunki ular muloqotda, mehnatda, moddiy hayo praktikasida tarkib topadi. Insonni faoliyatli, o’zgaruvchan mohiyat qilib shakllantiradigan mehnat bu hayotning negizini tashkil etadi. Munosabatlar moddiyga va ma’naviyga bo’linadi. Birinchisi — mehnatda, kishilarning butun moddiy hayotida, ikkinchisi — hayotning ma’naviy sohasida tarkib topadi. Ma’naviy munosabatlar olami kishilarning amaliy-vokeiy munosabatlari negizida yuzaga chiqadi9
Quyida biz yurtimizning o’tmish madaniyatida qadriyatlar muammosi qanday ahamiyat kasb etganligi va ilm ahli tomonidan qay tariqa yoritilganligini qisqacha tahlil qilamiz. Biz uchun bunda eng asosiy maqsad – tarixiy tadqiqot emas, balki masalaning qadriyatshunoslik bilan bog’liq tarzda qo’yilishi va tahlil qilinishidir. Bu boradagi intilish «Osiyosentrizm» tarzida emas, balki avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar tarixini jahon madaniyatining tarkibiy qismi va sivilizasiyamiz madaniyatining ajralmas bo’lagi sifatida xolisona o’rganishga harakat qilishdir. Qadriyatlar muammosining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og’zaki ijodida ko’proq umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Spetamen, Alpomish, To’maris va Shiroq to’g’risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan. «Bu dostonlarni qadimgi yunonlarning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari bilan qiyoslash mumkin» Avestoda yurtimiz zaminida yashagan xalqlarning islomgacha bo’lgan davrdagi tabiiy-ilmiy, ayniqsa, axloqiy qadriyatlarining rivojlanishi tarixiga oid g’oyat o’iqiz manbalar borki, ularni yanada chuqur o’rganish lozim. Qadriyatlar mavzusi «Moniy davri» (milodning III-IV asri, asoschisi Moniy 216-276 yillarda yashagan) falsafiy-ilohiy ta’limotida ham yaqqol ifodalangan. Moniy fikricha ikki dunyo – «zulmat va ziyo dunyosi» mavjud, birinchisida adolatsizlik, zulm, zo’ravonlik hukm suradi, ikkinchisi adabiy, yemirilmaydigan, doimiy qadriyatlar dunyosidir. Moniy ta’limotida qadimgi zamonning asosiy qadriyatlari jamlangan, ularning umumiy tizim mifologiya, filosifiya, kosmogoniya, astronomiya va boshqa ijtimoiy-tabiiy bilim sohalari bilan bog’liqlikda bayon qilingan. Qadriyatlar mavzusining izlari VI asrda yashagan Mazdak (51 yilda qatl qilingan) ta’limotida ham ko’zga tashlanib turadi. Afsuski, islom rasmiy dinga aylanganidan so’ng bu izlar xiralashib qolgan, ularni izlab topish qiyinlashgan

Yüklə 216,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə