1. Geraklit hayoti



Yüklə 8,96 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,96 Kb.
#156579
Abdullayeva Nodiraxon Jahon tarixi


GERAKLIT.
Reja.
1.Geraklit hayoti .
2.

Geraklit yunon faylasufi, Ioniya faylasuflaridan biri. Oliy aristokratlar oilasida tugʻilgan. Falsafa tarixida birinchi boʻlib obyektiv dialektika tamoyillarini koʻrsatib bergan. Uning dunyoqarashiga Sharq falsafasi, xususan zardushtiylik falsafasi jiddiy taʼsir koʻrsatgan


Geraklitning asarlarida zardushtiylik, "Avesto"aa bayon etilgan gʻoyalarga, qadimgi hind upanishadlariga oid lavhalar uchraydi.
Geraklitning "Tabiat haqida" asaridan bizgacha 130 parcha (fragment) yetib kelgan. U bu kitobni juda murakkab tilda, ilmning magʻzini chaqa oladigan, farosatli va dono kitobxonlarga moʻljallab yozganligini aytadi.
Geraklit olamni toʻxtovsiz alangalanib va soʻnib turuvchi olovdan iborat deb bildi. Uning fikricha, hamma narsalar olovdan paydo boʻlgan va hamma narsa olovga aylanadi. Geraklit olovni olamning asosida yotuvchi birlamchi element, jonli va aqlli kuch deb hisoblaydi, boshqa narsalar esa olovning turli shakllariga aylangan koʻrinishlaridir. Barcha narsalar olovning quyuqlashuvi va siyraklashuvi oqibatida vujudga keladi. Geraklit dunyodagi hamma narsa abadiy harakat jarayonida, hamma narsa tabiat qonuniyati — "logos"ga boʻysunib, oqib, oʻzgarib turadi, deydi (masalan, "ayni bir daryoga 2 marta tushib boʻlmaydi", "biz koʻrib turgan har kungi Quyosh yangi Quyosh", "biz oʻzimiz ham har bir lahzada yangilanamiz").
Geraklitning eng muhim falsafiy gʻoyasi — qarama-qarshiliklarning kurashi va uygʻunligidir. Uning fikricha, oʻzgarishlar qarama-qarshi kuchlarning taʼsiri natijasidir, qarama-qarshiliklar abadiy kurashda, hamma narsa kurash va zaruriyat oqibatida vujudga keladi. Geraklit taʼkidlashicha, urush hamma narsaning otasi va podshosidir; u ayrimlarga xudolar, boshqalarga odamlar sifatida namoyon boʻladi, ayrimlarni u qulga aylantiradi, ayrimlarni esa qullikdan ozod qiladi. Gerakit fikricha, olamni bilishning asosida sezgilar yotadi. Faqat tafakkurgina donolikka olib boradi. Sezgilar bilan idrok etiladigan har qanday mohiyat aqldan yashirina olmaydi. U olamdagi roʻy beruvchi jarayonlarning ichki mohiyatini stixiyali dialektika vositasida chuqur tahlil etib bera oddi. Geraklit taʼlimoti yunon falsafiy tafakkuriga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu taʼlimotni stoiklar qabul qilib oldilar va ular orqali xristianlik va gʻarb falsafasiga tarqaldi. Yangi davrda asosan Gegel, Shleyermaxer, Lassal, Nitsshe rivojlantirdilar.

Yüklə 8,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə