Mundarija Kirish



Yüklə 348 Kb.
səhifə2/11
tarix21.05.2022
ölçüsü348 Kb.
#87567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kursavoy NaOH 270422122255

I.Nazariy qism
1.1. Ishqorlarning xossasi va qo’llanilishi

Natriy gidroksid NaOH oq tusli, qattiq, nihoyatda muhim modda bо’lib, suvda yaxshi eriydi. Natriy gidroksid eriganda suv bilan har xil gidratlar hosil qilganidan kо’p issiqlik chiqadi. Natriy gidroksid yaxshi dissotsialanadigan kuchli ishqor. Natriy ishqori ishqorlar orasida eng arzoni bо’lganidan laboratoriyalarda ham sanoatda ham juda kо’p ishlatiladi. Natriy ishqori natriy xlorning suvdagi eritmasini elektroliz qilish yо’li bilan olinadi. Elektroliz vaqtida katodda natriy, anodda esa xlor yig’iladi. Ajralib chiqqan erkin xlor eritmadagi natriy gidroksid bilan darhol о’zaro tasir etib, natriy xlorid va natriy gipoxlorit hosil qilishi mumkin. Bu reaksiyaning bо’lishiga yо’l qо’ymaslik uchun xlorni natriy gidroksid eritmasiga о’tkazmaslik choralari kо’riladi. Bu maqsadda kо’pincha maxsus diafragmalar ishlatiladi. Natriy gidroksid terini kuydiradi, gazlamalarni ham о’yadi. Shuning uchun natriy gidroksid bilan nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash lozim. Natriy gidroksidni maydalashda kо’zoynak va rezina qо’lqop kiyib, uni qisqich bilan tutish lozim. Natriy gidroksid havoda nam tortadi. CO2 ta’siridan esa Na2CO3 hosil bо’ladi:


2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O

Kо’pincha hosil bо’lgan Na2CO3 ishqorning sirtini zich qoplaganida nam ta’sirida boshqa berilmay qoladi.


NaOH (kaustik soda) ning asosiy iste’molchilari, bu sintetik tola va sellyuloza – qog’oz sanoati hamda sovun pishirish sanoati shisoblanadi. Kimyoviy sanoatda kaustik soda plastmassalar, insektitsidlar, glitserin, vinil xlorid, geksaxloran va boshqa mashsulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Normal sharoitda xlor sariq - yashil rangli, bo‟g‟uvchan hidli gaz. Xlorning NaCl suvli eritmasidagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan kam. Xlor C2H4Cl3, С2H3Cl3 va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Xlor zaharli modda. Havo tarkibida 0,1-0,6mg/m3 xlor bilganda nafas olish xavfli, chunki yarim soatdan keyin yuqori nafas yillarini burun bo’shlig’i, tomoq va kuzga kuchli tasir etadi.
C12 konsentrayasi 100-200 mg/m3 bo’lganda o’limga olib keladi. Ishlab chiqarish xonalarida xlorning mumkin bo‟lgan miqdori 0,1 mg/m3 oshmasligi kerak. Xlor yuqori kimyoviy aktivlikka ega. Bir qism xlor oqartiruvchi (gipoxlorit kalsiy va xlor oshagi) tayyorlash uchun ishlatiladi. Vodorod atmosferasida xlorni yoqib toza vodorod xlorid olinadi. Bu xloridlar titan, niobiy va kremniy olishda ham ishlatiladi. Fosfor, temir va alyuminiy xloridlar ham sanoatda qo‟llanilmoqda.
60% dan ortiq ishlab chiqarilgan xlor xlororganik mashsulotlar sintezi uchun ishlatiladi. Yirik xlor talab qiladigan ishlab chiqarishlarga quyidagilar: ССl4, СНСl3, СH2Cl2, С2H4Cl2, СН , СНСl, С6H5Cl kiradi. Ma’lum miqdordagi xlor glitserin va etilenglikol shamda CS2 uchun sarflanadi.

Yüklə 348 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə