Amaliy mashgulot №2 baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish nafas olish va yurak faoliyatining tо‘xtashi



Yüklə 21,07 Kb.
səhifə1/4
tarix19.10.2023
ölçüsü21,07 Kb.
#128181
  1   2   3   4
2 (3)


AMALIY MASHGULOT №2
BAXTSIZ HODISALARDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KО‘RSATISH


Nafas olish va yurak faoliyatining tо‘xtashi

Baxtsiz hodisa sodir bо‘lganda yoki bexosdan kasal bо‘lganda nafas olish yoki yurak faoliyatining tо‘xtashi kabi og‘ir va hayot uchun xavfli holat paydo bо‘lishi mumkin. Bu vaziyatda nafas olishi va yurak faoliyatini tezda (birinchi 3-5 minut davomida) tiklash (reanimatsiya) zarur.


Sun’iy nafas oldirish nafas olishi tо‘xtaganda yoki og‘irlashganda amalga oshiriladi. Yurak faoliyati tо‘xtaganda esa bir vaqtda yurak tashqi massaji (uqalash) ham qilinadi. Sun’iy nafas oldirishni boshlashdan oldin jabrlanganning tilini tashqariga tortib chiqarish, og‘iz bо‘shlig‘ini kо‘pik, ovqat qoldig‘i, qon, tuproq-qumlardan barmoq, rо‘molcha va boshqa narsalar bilan tozalash; kiyim yoqasini, belbog‘ini, nafas olishini qiyinlashtirayotgan ustki kiyimlarini yechish; sun’iy tishlarini (protezlarini) chiqarib olish esdan chiqmasligi lozim. Bu ishlarni tezda bir sekund ham yо‘qotmasdan bajarish kerak.
Og‘izdan - og‘izga usuli yoki og‘izdan – burunga usuli yeng oddiy va yaxshi sun’iy nafas berish usuli hisoblanadi. Jabrlanganni yelkasi bilan qattiq maydoncha(stol, sо‘richa, skameyka, pol)ga yotqizib joylashtiriladi. Yordam berayotgan kishi jabrlanganning boshini shartta orqaga tashlaydi (yelkasi tagiga valik, kiyim о‘rami va odeyalo о‘ramlarini qо‘yadi) va uni shu holatda tutib turadi. Keyin yordam kо‘rsatadi: chuqur nafas olib о‘z og‘zini jabrlanganning og‘ziga yaqin olib keladi va о‘z lablarini jabrlanganning og‘ziga jips yopishtirib, uning о‘pkasiga yiqqan nafasini puflab yuboradi. Agarda rezina nay yoki quvurcha mavjud bо‘lsa, nafas uzatish ular orqali bajariladi. Jabrlanuvchining og‘ziga puflanayotganda burnini albatta yopib turish kerakki, jо‘natilayotgan havo tashqariga ketmasin. Jabrlanuvchining о‘pkasiga havo yuborilganda kо‘krak qafasining kengayishi kuzatiladi. Bundan keyin yordam kо‘rsatuvchi orqaga tisariladi; bu paytda jabrlanuvchi kо‘krak qafasi pasayadi – nafas olish kuzatiladi. Bunday havo jо‘natishlar minutiga 14 dan 20 marotabagacha bajariladi.Sun’iy nafas oldirishni aniq va ishtiyoq bilan uzoq vaqt jabrlanuvchining о‘zi mustaqil ravishda tо‘g‘ri nafas olib boshlagunga qadar, hattoki lozim bо‘lsa soatlab, bajarish lozim. Bunaqa qо‘lbola sun’iy nafas oldirish unchalik foydalik bо‘lmasada, qо‘llanilishi mumkin.

Yüklə 21,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə