Mundarija kirish


Absorbsiyalash va desorbsiyalash texnologik sxemalarining tasviri



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə5/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
hisobot Amin Shurtan

4.1 Absorbsiyalash va desorbsiyalash texnologik sxemalarining tasviri

Seolitli oltingugurttozalash qurilmasidan kelib tushuvchi hamda vodorod sulfidi va uglekislotalardan tozalanishi shart bo‘lgan regeneratsiya gazi, 40E-1-tozalanmagan gaz separatori orqali o‘tadi va bu yerda suyuq uglevodorodlar va mexanik aralashmalardan ajratiladi. Qurilmada tabiiy gazning bosimi 201a mahalliy moslama bilan o‘lchanib, shchitdagi 221b moslamada qayd etiladi va 4,0-5,0 MPa (40-50 kgf/cm2) ni tashkil qiladi. Tozalanmagan tabiiy gazning harorati 101 mahalliy moslama bilan o‘lchanadi va shchitdagi 101P moslama bilan o‘lchanadi va 40-55 ºS ni tashkil etadi. 40E-1 gazseparatorida bosim farqi 217 moslamasi bilan o‘lchanadi va 1-7 kPa ga tengdir.


Shundan keyin regeneratsiya gazi 40K-1 likopchali absorberga kelib tushadi va bu yerda 20-30 foizlik DEA aralashmasi bilan tutashish yo‘li orqali, vodorod sulfidi va uglekislotalarning absorbsiyasi sodir bo‘ladi. 40K-1 absorberining balandligi bo‘yicha farq shchitdagi 222b moslamasida qayd etiladi va 30-25 kPa (0,3-0,25 kgf/cm2) ni tashkil qiladi. To‘yingan aralashma harorati shchitdagi 110P moslamasida qayd qilinadi, 101 moslamasi bilan joyida o‘lchanadi va 55-70 ºS ga tengdir. 40K-1 absorberida doimiy sath, 40E-3 vivetrivateliga kirish joyida 40K-1 dan keyin to‘yingan aralashma chizig‘ida 403g «NZ» klapani o‘rnatilgan, 403v sath tartiblashtirgich bilan ushlab turiladi.
Absorberdagi tozalangan gaz o‘zi bilan olib ketiladigan aralashmaning tomchilaridan ajratish uchun 40E-2 tozalangan gaz separatoriga kelib tushadi. Tozalangan gaz harorati, shchitdagi 110P moslamasi bilan qayd qilinadi, joyida 101 moslamasi bilan o‘lchanadi va 55-70 °S ni tashkil qiladi. Tozalangan gaz bosimi, shchitdagi 221b moslamasi bilan qayd etiladi, joyida 201a moslamasi bilan o‘lchanadi va 3,9-4,9 MRa (39-49 kgf/cm2) ga teng. Tozalangan tabiiy gaz sarfi, 40E-2 separatoridan chiqish joyida o‘rnatilgan 310a diafragmasi bilan o‘lchanadi va shchitdagi 310v moslamasi bilan qayd qilinadi. Shundan so‘ng, tozalangan gaz HSA -1,2,3 ga uzatiladi va bu yerda uning harorati 30-50 °S gacha pasayadi va keyin esa 40S 1÷2 separatorlariga kelib tushadi va bu yerda suyuqlikdan ajratiladi va gazni quritish qurilmasiga jo‘natiladi.
To‘yingan DEA aralashmasi 40K-1 absorberidan 40E-3 vivetrivatelga kelib tushadi.
Vivetrivatelda, yuqori bosimda to‘yingan DEA aralashmasida aralashgan gazlar, past bosimli mash’alaga jo‘natiladigan ekspanzer gazlarini ajratadi.
Bosim 202a mahalliy moslamasi bilan o‘lchanadi, shchitdagi 223b moslamasi bilan qayd qilinadi, 0,35-0,5 MPa (3,5-5,0 kgf/cm2) ni tashkil etadi va 40E-3 vivetrivateldan ekspanzerli gazlarning chiqish joyida 223g, «NZ» klapani o‘rnatilgan 223v bosimning doimiy tartiblashtirgichi bilan ushlab turiladi hamda bosimni «o‘zigacha» ushlaydi. Ekspanzerli gazlarning sarfi 302a diafragmasi bilan o‘lchanadi, joyida esa 302b moslamasi o‘rnatilgan. Vivetrivatelda doimiy sath, 40T-1-1÷2 issiqlikalmashtirgichidan aralashma chiqish joyida 404g, «NZ» klapani o‘rnatilgan, 223v bosim tartiblashtirgichi bilan ushlab turiladi. To‘yingan aralashma 40E-3 vivetrivateldan, 40E-4 to‘plagichining ichkarisida o‘rnatilgan perforatsiyalangan quvurlar hisobidan aralashmada vodorod sulfidi konsentratsiyasining o‘rtalashtirilishi sodir bo‘ladigan 40E-4 to‘plagichiga kelib tushadi. 40E-4 to‘plagichidan to‘yingan aralashma F-6-12 filtrlariga kelib tushadi va bu yerda mexanik aralashmalar ushlanadi, keyin esa issiqlikalmashtirgichlariga tushadi va bu yerda regeneratsiyalangan DEA aralashmasi bilan 105-108 ºS gacha qizdiriladi. Qaynoq to‘yingan aralashma 40K-2 desorberiga kelib tushadi. To‘yingan aralashmaning harorati 102 mahalliy moslamada o‘lchanib, shchitdagi 110P moslamasida qayd qilinadi.
Desorberning yuqori qismidan qizdirilgan aralashma, pastga oqib kelgan holda, bug‘gazli aralashmaning qarama-qarshi oqimi hisobidan qiziydi. DEA aralashmasini regeneratsiyalash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha issiqlik, 40T-2-1÷2 vertikal bug‘lagichlaridagi aralashmaga beriladi va bu yerda aralashma yopiq bug‘ bilan 120-125 ºS haroratgacha qizdiriladi va shundan keyin yopiq likopcha ostidagi desorberning quyi qismiga kelib tushadi.
40K-2 desorberining quyi qismidan 120-125 ºS harorat va 0,08-0,11 MPa (0,8-1,1 kg/cm2) bosimda oqib chiqadigan regeneratsiyalangan aralashma 40T-1-1÷2 issiqlikalmashtirgichiga kelib tushadi va bu yerda to‘yingan aralashmaga issiqlik beradi, bunda regeneratsiyalangan aralashmaning o‘zi 80-85 ºS haroratgacha sovutiladi. Regeneratsiyalangan aralashmaning harorati desorberning quyi qismida o‘lchanadi va shchitdagi 110P moslama bilan qayd qilinadi, bosim esa 205a moslamasi bilan o‘lchanadi.
Regeneratsiyalangan aralashmaning keyingi sovutilishi 40Xv-1-1÷3 havoli sovutish apparatida sodir bo‘ladi, 103 mahalliy moslamasi bilan o‘lchanadi, shchitdagi 110P moslamasi bilan qayd qilinadi va 55-70 ºS ni tashkil qiladi.
40Xv-1-1÷3 apparatlaridan chiqish joyida, «NZ» klapani, 40K-2 desorberi kubli qismining 30-60 % ga teng bo‘lgan doimiy sathini ushlab turadigan 410v sathni tartiblashtirigichi o‘rnatilgan.
Shundan keyin aralashma 40E-5 to‘plagichiga kelib tushadi, u yerdan esa 40N-1-14 nasoslari bilan ikkita oqimda 40X-1 sovutkichi orqali 40K-1 absorberining yuqori 28-likopchasiga va 40X-2 sovutkichi orqali 20 va 12-likopchalarga uzatiladi.
40N-1-1÷4 nasoslaridan so‘ng bosim, 207a moslamasi bilan o‘lchanadi va 6,0-7,0 MPa (60-70 kgf/cm2) ni tashkil qiladi. 40K-1 absorberi yuqorisiga 40X-1 sovutkichi orqali 50-65 ºS haroratdagi aylanuvchi aralashma miqdorining 20-30 % kelib tushadi. Aralashma harorati 110P moslamasi bilan o‘lchanadi va qayd qilinadi. Regeneratsiyalangan aralashma sarfi 311a diafragmasi bilan o‘lchanadi, shchitda o‘rnatilgan 311v moslamasi bilan qayd qilinadi va 40N-1-1÷4 haydash nasosi chizig‘ida 311d «NZ» klapani o‘rnatilgan 311g aralashmani doimiy tartiblashtirgich bilan ushlab turiladi.
40K-1 absorberining 20-likopchasiga 40X-2 sovutkichi orqali 50-70 ºS haroratdagi aylanuvchi aralashmaning 70-80 % miqdori kelib tushadi. Aralashma harorati 110P moslamasi bilan o‘lchanadi va qayd qilinadi. Regeneratsiyalangan aralashma sarfi 312a diafragmasi bilan o‘lchanadi, shchitda o‘rnatilgan 312v moslamasi bilan qayd qilinadi va 40N-1 haydash nasosi chizig‘ida 312d o‘rnatilgan «NZ» klapani 312g aralashmani doimiy tartiblashtirgich bilan ushlab turiladi.
Shu bilan aralashma sikli tugallanadi.
40K-2 desorberidan chiquvchi bug‘gazli eritmani sovutish, desorberning yuqori qismiga o‘rnatilgan aralashtirish kondensatorida amalga oshiriladi. Desorberning desorbsiya qismidan chiqishdagi bug‘gazli eritmaning 108-112 ºS darajadagi doimiy harorati, 40T-2-1÷2 bug‘lagichiga suvli bug‘ uzatish chizig‘ida, «NZ» klapani o‘rnatilgan 112d haroratni doimiy tartiblashtirgich bilan ushlab turiladi.
Aralashtirish kondensatori 90-95 ºS haroratda o‘z oqimi bilan 40N-2-2A -12 nasosining qabul qilishiga kelib tushadigan aylanuvchi suv bilan ho‘llanadi. Aylanuvchi suv harorati shchitdagi 110P moslamasi bilan o‘lchanadi. Shundan keyin aylanuvchi suv 40Xv-2-1÷2 havoli sovutish apparatlari orqali 40-55 ºS haroratda 40K-2 desorberining yuqori kondensatsiya qismiga uzatiladi. Yozgi davrning eng issiq vaqtida aylanuvchi suv qo‘shimcha tarzda 40X-3 sovutkichi orqali o‘tadi. Aylanuvchi suv harorati joyida 104 va 103 moslamalari bilan o‘lchanadi va shchitdagi 110P moslamasi bilan qayd qilinadi.
Vodorod sulfidi va uglekislotali nordon gazlar, 40-55 ºS haroratda 40K-2 desorberining yuqori qismidan, oltingugurt olish qurilmasiga, u to‘xtatilgan hollarda esa, past bosimli mash’alaga jo‘natiladi.
Desorberning balandligi bo‘yicha bosim farqi, shchitdagi 222b moslamasi bilan qayd qilinadi va 25-30 kRa (0,25-0,3 kgf/cm2) ni tashkil qiladi.
Desorberdan chiquvchi nordon gazlar harorati shchitdagi 110P moslamasi bilan o‘lchanadi va qayd qilinadi; bosim 225b da qayd qilinadi va 225g «NO» klapani nordon gazlar bosimini «o‘zigacha» (0,7-0,9 kg/sm2) ushlaydigan va 40K-2 desorberidan nordon gazlarning chiqishi chizig‘ida o‘rnatilgan 225v bosimni doimiy tartiblashtirigich bilan ushlab turiladi.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə