|
МундарижаBitiruv malakaviy ishining ob’ekti
|
səhifə | 4/25 | tarix | 07.04.2022 | ölçüsü | 395,15 Kb. | | #85140 |
| O’zbekiston Respublika 2Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari dinamikasi, uni boshqarish bo‘yicha yuzaga kelgan byudjet munosabatlari, shu bilan birga g‘aznachilik tizimida byudjet mablag‘larini boshqarishga oid munosabatlar ko‘rib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini isloh qilishni dolzarb masalalari va byudjet tizimi byudjetlari byudjet munosabatlarini samarali tashkil etishga oid Davlat tadbirlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet tizimi byudjetlarining isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari orqali byudjet qonunchiligini mustahkamlash, byudjet ijrosini ta’minlashda g‘aznachilik faoliyatini samarali tashkil etish bilan izohlanadi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ish kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I bobda Byudjet tizimi va uni amal qilishining tashkiliy-huquqiy asoslari yoritilgan.
bobda O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda davlat tadbirlari tadqiq qilingan.
bobda Byudjet tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari yoritib berilgan.
Ishning xulosa qismida o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, xulosalar, takliflar va tavsiyalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|