Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi : Boboyorov sh tekshirdi: Pulatov. X samarqand 2022 Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish



Yüklə 112,4 Kb.
səhifə1/12
tarix06.06.2023
ölçüsü112,4 Kb.
#115736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi Boboyorov sh tekshirdi Pu




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI

5230900 “Buxgalteriya hisobi va audit” o’quv yo’nalishi


3-kurs BH-519 guruh talabasi
Boboyorov Shahboz Muhiddin o’g’lining



Bitiruv malakaviy amaliyoti




Bajardi :Boboyorov SH
Tekshirdi: Pulatov .X

Samarqand 2022
Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot
Reja:
Kirish

  1. Tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.

  2. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.

  3. Bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili.

  4. Pul muomilasi tashkil etish, ular bo‘yicha ma’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish.

  5. Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalrini amalga oshirish tartibi va tahlili.

  6. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularining tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqasadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish.

  7. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanishi amaliyoti hamda xorijiy davlatlarining ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar.


Kirish
Men Boboyorov Shahboz Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya xisobi va audit yo‘nalishi BH-519 guruh III bosqich talabasiman. O‘zbekiston Respublikkasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-sonli Qarori 1-ilovasi 5.1.-bandiga muofiq kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2021-2022 o’quv yillari bo’yicha institut tomonidan belgilangan ya’ni 2022-yilning 26-apreldan 2022-yil 25-maygacha vaqt oralig‘ida bitiruv oldi malakaviy amaliyot o‘tashga Samarqand viloyati Ishtixon tumani Xalq BAnkiga yuborildim. Ushbu amaliyot davomida amalga oshirgan kunlik belgilangan vazifalarimni hisobotimda aks ettirdim.
Iqtisodiyotning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali boshqarishda muhim omil sanaladi. Aynan shu o‘rinda bankning barcha faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buxgalteriya hisobi muhim hisoblanib, bu faoliyat nafaqat banklar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlarining hisobini yuritibgina qolmay, bank va bank xodimlariga operatsiyalarni nazorat qilish hamda xatoliklarning oldini olish va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Shu sababli bugungi kunning dolzarb masala va sohalaridan biri bu albatta banklarda buxgalteriya hisobi sanaladi. Hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan global integratsiyalashuv hamda taraqqiyot asrida bank buxgalteriya hisobini mukammal bilish, uni tahlil qila bilish va uning asosida xulosa chiqara olish muhim bo‘lib bormoqda va bunday talablardan kelib chiqib talabalarni hamda xodimlarni yangi davr talablari asosida tayyorlash yetakchi vazifaga chiqmoqda. Yuqoridagi fikrlar orqali mazkur hisobotning dolzarbligi mujassam bo‘ladi.
Bank bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli o‘laroq, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida yig‘uvchi, uni zaruriyat mavjud bo‘lgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi moliyaviy muassasa hisoblanadi.
Bank o‘z faoliyatini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borishi, nafaqat, bank faoliyatini rivojlantiradi, balki butun jamiyatning va iqtisodiyotning ravnaq topishiga, jamiyat a’zolari hayot sharoitlarining yanada ko‘tarilishida asos bo’ladi.

Yüklə 112,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə