Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish



Yüklə 209 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü209 Kb.
#133191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 AXMEDOV MUZAFFAR

Mavzu: Voleybol sport oʼyini texnikasini harakatli oʼyinlar orqali oʼrgatishning samarali yoʼllari.


Reja:
Kirish
  1. Voleybol о‘yining haqida tushuncha

  2. Voleybol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasini o’rgatish

  3. Voleybolchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish harakatli oʼyinlar orqali oʼrgatishning samarali yoʼllari


Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish

O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq-testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.


Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, murabbiy mashg‘ulotlarni samarali olib borishi, shug‘ullanuvchi bolaning mashqlarni o‘zlashtirishi, uni mahoratini shakllanishi shu bolani maktab va uydagi ahvoli, kayfiyati, dunyoqarashi, qiziqishi hamda xislat va boshqa omillarga bog‘liqdir.
Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, tо‘pni uzatish va qabul qilib olish, tо‘pni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо‘pning yо‘lini tо‘sish kabilar mavjud. О‘yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о‘yini davomida о‘yinchi maydon bо‘ylab xarakatda bо‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо‘pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.
О‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor bо‘lib turishidir. О‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Qо‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо‘lishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о‘yining borishiga qarab о‘zgarib turadi. Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо‘lsa, о‘yincha ancha egiladi, otayotganda tо‘g‘rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bо‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon bо‘ylab tez siljish va yо‘nalishini birdan о‘zgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun bо‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yо‘nalishini о‘zgartirish mumkin.



Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə