Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish


Voleybolchining jismoniy sifatlarni rivojlantirish



Yüklə 209 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü209 Kb.
#133191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 AXMEDOV MUZAFFAR

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Voleybolchining jismoniy sifatlarni rivojlantirish


О‘yinchi xarakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda xarakatlarni koordinatsiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bо‘lishi lozim. Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda tо‘p bilan, tо‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalaydi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga о‘xshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana kо‘pgina mashqlarni keltirish mumkin:



  • yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:

  • tizzani yuqoriroq kо‘tarib va qadamlarni maksimal chastotada qо‘yib yugurish:

  • 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish;

  • maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun arg‘amchi bilan sakrash, aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib о‘tish;

  • о‘rta masofaga yugurayotganda tempni tо‘satdan о‘zgartirish;

  • dastlabki yugurib borishdan sо‘ng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish;

Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan о‘tkazilgani ma’qul. Bir mashg‘ulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta bо‘lmasligi kerak.
KUCH – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma’nosini anglatadi. Kuch ikki turga bо‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – bu о‘zgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga bо‘linadi :

  • «yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni kо‘tarib olib ushlab turish

  • bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir xil holatda ushlab turish.

  • qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh о‘ta og‘ir bо‘lgani sababli uni kо‘tarish imkoniyati yо‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish bajarib turadi.

Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lmasligi kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday moxiyatga ega bо‘lgan mashqlarni uncha og‘ir bо‘lmagan anjomlar bilan katta tezlikda bajargan ma’qul.
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qо‘llash alohida nazorat va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish о‘yin malakalarining texnikasini о‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu sifatni tarbiyalash – turli tо‘plar bilan mashq qilish, gimnastika, akrobatika, sport о‘yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada о‘yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.
Kuch о‘z xarakteriga kо‘ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bо‘lishi mumkin.
Absolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) о‘z og‘irligidan qat’iy nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch – о‘yinchi tanasi og‘irligining bir kilogrammiga tug‘ri keladigan miqdor.
Portlovchi kuch – sport mashqi yoki о‘yin harakati sharoitida reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, tо‘p kiritishda, zarbli urishda, tusiq qо‘yishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi mushakning reaktiv qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan mexanik chо‘zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta
xarakat kuchlanish xosil bо‘ladi. Kо‘zgalgan mushaklarning elastik о‘zgarishni chaqiradigan dastlabki chо‘zilish ularda kinematik energiyani о‘ziga olishi tufayli bо‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‘arilishini ta’minlab beradi.
Sport mashg‘ulotlarida muskullar о‘z uzunligini о‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejim) va о‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch kо‘rsatadi.
Mushaklar chо‘zilganda ustun keladigan va tо‘siqsiz rejimlar birgalashib
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Kuchni og‘irliklardan foydalanish xarakteri bо‘yicha rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ikki guruhga bо‘lish mumkin: tashqi og‘irlanish yoki qarshilanish va о‘z og‘irligi yoki badanning qisman og‘irligi orqali bajariladigan mashqlar. Mashqlarning birinchi guruxi voleybolchining muskullarini rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Og‘irlanishlar va qarshiliklardan (gantellar, yadrolar, tо‘ldirma tо‘plar, og‘ir toshlar, shtanga, raqibning og‘irligini va qarshiligini yengish, espanderlar va xokozo) keng kо‘lamda foydalanish va ularning turli tumanligi trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining rivojlanishiga qaratilgan bо‘lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan tо‘liq bо‘shatish qobiliyatiga о‘rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan kо‘rsatiladigan xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham bahslashadilar.
Ikkinchi guruh uchun о‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik mashqlar. Arqonga chiqish, о‘z vaznini kuch bilan kо‘tarish, о‘tirish –turishlar, oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. О‘z og‘irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga о‘tishga imkon yaratadi. Bu mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bо‘lsa,
badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma- bosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri – yelkaga qо‘yilgan shtanga bildan о‘tirib turish – tipik mashqdir.
Chaqqonlik – turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan tug‘ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli tushuncha bо‘lib, о‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta murakkab mashqlarga о‘tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy о‘yinlar juda qо‘l keladi.
Egiluvchanlik – bu tana bug‘imlarining maksimal amplitudada bukilishi va yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini о‘stirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq mashqlar bilan shug‘ullanishga bog‘lik.
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlang‘ich maktab yoshidan boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi – suyaklari, mushak va bug‘inlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega bо‘ladi.
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin sur’atda bajariladigan xar xil yо‘nalishlarga oid bо‘lgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qо‘l keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli о‘yinlar va sport о‘yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan shо‘gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va qayta – qayta bajarilishi lozim.
Chidamlilik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat kо‘rsatish yoki biron-bir xarakatni yuqori samarada о‘zoq vaqt ettira olish qobiliyatiga aytiladi.
Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport maxoratining samarali о‘sishiga, о‘zoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik malakalarining musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin bо‘ladi.
Chidamkorlik shо‘gullanuvchi sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga malakasiga qarab tarbiyalanishi kerak bо‘ladi. Bunda harakatli va sport о‘yinlari, estafetalar, turli og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlar, chopish-krossdan foydalanish qо‘l keladi.
Umumiy chidamkorlik о‘zoq masofaga chopish, suzish, velosepedda uchish kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin.
Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash о‘zoq vaqt davomida voleybol va о‘zga sport о‘yinlari, harakatli о‘yinlar, xar xil yо‘nalishlarga о‘zgaruvchan yо‘nalishlarga qayta-qayta chopish, charchash holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi.

Xulosa


Voleybol о‘yinida о‘yinchilar tо‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu о‘yin sharoitida о‘yinchi tо‘p bilan о‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik kо‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.
Tо‘pni qabul qilish texnikasi bu о‘yinchining о‘z maydonchasida tо‘pni qoidaga binoan yerga tushishiga qarshi qо‘llaydigan harakat malakasidir. Tо‘pni qabul qilish turli usullarda va о‘ziga xos texnik tartibda ijro etiladi. Pastdan ikki qо‘l bilan qabul qilish zamonaviy voleybolda asosiy himoya vositalaridan biri bо‘lib dastlab tez va aniq tо‘pni yо‘nalishiga qarshi chiqish tana og‘irlik markazini pastroq tushirib ikki qо‘lni tо‘g‘ri yozilgan holatda bir-biriga qulf tarzida amalga oshiriladi.
Pastdan ikki qо‘l bilan tо‘pni qabul qilish texnikasi ya’ni mazkur malakani ijro etishda tana og‘irlik markazini baland pasligi, oyoqlarning tizza qismini bukilishi burchagini katta kichikligi gavdani biroz oldinga egilishi yoki vertikal ravishda bо‘lishi yiqilib qabul qilishlar о‘yin vaziyatiga о‘yinga kiritilgan tо‘pni yoki hujum zarbasining kuch tezligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq bо‘ladi.
Tо‘siq qо‘yish texnikasi tо‘siq qо‘yish bu raqib о‘yinchisi tomonidan uzatilgan yoki zarba berilgan tо‘p yо‘nablishini tо‘sish unga qarama-qarshi “Jonli devor” tashkil qilishdir. Tо‘siq qо‘yuvchi о‘yinchi dastlab oyoqlarini yelka kengligida joylashtiradi. Oyoqlar tizza qismidan ozgina bukilgan bо‘ladi, qо‘llar yelka qismidan bukilgan bо‘lib panjalar yoyilgan shaklda bо‘ladi. Tо‘pni yо‘nalish joyiga qarab harakatlantirgandan sо‘ng oyoqlar tizza qismidan birozgina bukilib shiddat bilan yoziladi va qо‘llarning faol harakati bilan sakrab tо‘p kengligida tо‘siq qо‘yiladi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə