Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi : Boboyorov sh tekshirdi: Pulatov. X samarqand 2022 Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish


Tijorat banklarida aktivlar siaftning tasnifi3



Yüklə 112,4 Kb.
səhifə5/12
tarix06.06.2023
ölçüsü112,4 Kb.
#115736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi Boboyorov sh tekshirdi Pu

Tijorat banklarida aktivlar siaftning tasnifi3
2-jadval



Aktivning sifati

Muddat, kun

Zaxira

1

Standart

...––30

1%

2

Substandart

30 –– 90

10%

3

Qoniqarsiz

90 –– 120

25%

4

Shubhali

120 –– 180

50%

5

Umidisiz

180 –– …

100%

Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari mazkur keltirilgan mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo‘llaniladi.


Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:

  • qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‘z mahsuloti bo‘yicha marketing rejasiga ega bo‘lishi;

  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni to‘lashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, ya’ni oldin olgan barcha kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa majburiyatlarni o‘z vaqtida bajargan bo‘lishi kerak.

Ta’minot “yaxshi ta’minlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, ta’minot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan bo‘lishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari to‘g‘risidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur. Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni ta’minot hisobidan undirib olishga haqli. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (e’timodli) aktivlar mustasno bo‘lib, ularning asosiy qarzi va foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud bo‘lsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno. Bunda shartlari qayta ko‘rilgan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas. Tijorat banki zaxira kapitali tarkibida sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining bir foizi miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zaxira shakllantirishi lozim. Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank foydasini taqsimlash bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:

  1. moliyaviy holati yoki ta’minotni nazorat qilish borasida shubhalar bo‘lsa;

  2. kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki ta’minot bo‘yicha hujjatlari bo‘lmasa;

  3. qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud bo‘lib, undagi to‘lov hujjatlarining muddati 30 kundan oshmagan bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

  4. oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud bo‘lsa;

  5. ishonchli (e’timodli) aktivlarning asosiy qarzi va foizlari bo‘yicha 30 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;

  6. ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 30 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.

Tijorat banki sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o‘n foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:

  • asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, ta’minotga qo‘yilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo‘shimcha to‘lov manbalarini topish talab etiladigan bo‘lsa;

  • qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‘larining mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo‘lmasa;

  • qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo‘lmasa;

  • qarzdorning 2-son kartotekasida 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

  • ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo‘lmasa;

  • ta’minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo‘lmaganda asosiy qarzning to‘lanmagan summasiga teng bo‘lsa (ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno);

  • ishonchli (e’timodli) aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;

  • ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 91 kundan ortiq, lekin 120 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.

Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yigirma besh foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.4
Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga va kam ishonchli qilib qo‘yadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda yo‘qotishlar ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:

  • “qoniqarsiz” aktivlarning hech bo‘lmaganda birorta ko‘rsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo‘lsa (bozorda oson sotiladigan ta’minotning mavjud emasligi yoki ta’minlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb e’lon qilinishi);

  • yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanish ehtimoli mavjud bo‘lsa;

  • qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kundan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);

  • ishonchli (e’timodli) aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 91 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;

  • ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 121 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.

Tijorat banki sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo‘lgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi. Bunday tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Biroq, tijorat banklari o‘z balanslarida bunday aktivlarning hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Tijorat banki tomonidan ta’minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qo‘llanishi lozim.



Yüklə 112,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə