Javobgarlik markazlari



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#134114
  1   2   3   4   5   6
Javobgarlik markazlari


22.4. Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish


Javobgarlik markazlari - bu boshqaruv hisobi tizimida muhim ob’ekt hisoblanib, boshqaruv xodimlari faoliyatini tashkil etishga yo’naltirilgan yangi psixologik talo’indir. Uning asosiy maqsadi nazoratdan ko’ra ko’proq o’zini boshqarishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha hisobni tashkil etishning asosiy maqsadi faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni alohida-alohida umumlashtirish hamda ular bo’yicha mavjud chetlanishlarni bo’linmalar zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo’linishi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

  • javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog’langan bo’lishi;

  • javobgarlik markazlarida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun asos vaziôasini bajarishi;

  • har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishi zarur. Menejer faqat o’zi nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar uchun javob beradi;

  • har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o’rnatilishi;

  • javobgarlik markazlari menejerlari o’tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o’tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.

Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo’lishda tegishli markazlar rahbarlarining e’tirozlariga ta’sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo’lib tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning chiziqli, funktsional, chiziqli-funktsional va matritsali shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə