Javobgarlik markazlari


Javobgarlikning asosiy markazlari



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#134114
1   2   3   4   5   6
Javobgarlik markazlari

Javobgarlikning asosiy markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish brigadalari, tsexlari va sotish bo’limini ana shunday markazlarga kiritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari javobgarlikning asosiy markazlariga ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu markazlarning xarajatlari avval javobgarlikning asosiy markazlari bo’yicha taqsimlanadi, keyin esa asosiy markazlarning umumiy xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibiga kiritiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, javobgarlik markazlarini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, uni gorizontal va vertikal ko’rinishlarga ajratish zarur.
Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi.
Javobgarlik markazlarining har biri bir vaqtda xarajatlar, daromadlar, foyda yoki investitsiyalar markazi bo’lishi mumkin (23.2.-rasm.).


23.2-rasm. Ishlab chiqarish korxonalarida javobgarlik markazlari tuzilmasi
Bu rasmga asoslanib, korxona javobgarlik markazlarining shakllanishini gorizontal va vertikal ko’rinishlarda tahlil qilib chiqish korxona bo’linmalari rahbarlari faoliyatini markaziy boshqaruv xodimlari faoliyati bilan muvofiq-lashtirish imkonini beradi.
Javobgarlik markazi rahbari vazifalarni bajarish bo’yicha belgilangan majburiyatlar bilan birga moliyaviy javobgarlikni ham o’z zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz o’ziga tayinlangan turli funktsiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). Mazkur holatda, muayyan funktsiyalar yoki vositalar emas, balki xodim yoki ma’muriyat javobgarlik markazi ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Korxonaning faoliyatida xarajatlar qanday ahamiyatga ega?

  2. Xarjatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq xarajatlar qay tartibda guruhlanadi?

  3. Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi?

  4. Asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlar hisobi o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?

  5. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qanday xarajatlar kiritiladi?

  6. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi qanday xususiyatlarga ega?

  7. Umumishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyatida qanday o’rin tutadi?

  8. Javobgarlik markazlari nima?

  9. Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olishning maqsadi nima?

  10. Javobgarlik markazlari qanday tasniflanadi?

  11. Javobgarlik markazlarini tasniflashga qanday talablar qo’yiladi?

  12. Javobgarlik markazlarini boshqarishning qanday shakllari mavjud?

  13. Javobgarlikning asosiy va yordamchi markazlari deganda nimani tushunasiz?

  14. Xarajatlar markaziga ta’rif bering.

Javobgarlik markazlarini tashkil etish jarayoniga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?



Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə