Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/147
tarix23.05.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#112273
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
Namangan muhandislik pedagogika isntituti menejment kafedrasi

 
Nazorat uchun savollar 
 
1.
Kompaniya rahbariyatining rivojlanishi yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha 
vazifalari. 
2.
Missiya mazmuni va uning asosiy savollari. 
3.
Missiyani ifodalashga qanday talablar qo’yiladi? 
4.
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari nima? 
5.
Strategiya qanday darajalarda ishlab chiqiladi? 
6.
Strategiyani shalkllantiruvchi omillar. 
7.
Strategiyani ishlab chiqishga qanday yondoshuvlar bo’ladi? 
 
3-MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY HOLAT VA 
UNDAGI RAQOBATNING TAHLILI
 
3.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va 
usullari 
3.2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar 
3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi 
3.4. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar 
3.5. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari 
3.6. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit 
omillari 
3.7. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish 
3.8. Tajovo’zkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va 
strategiyalarini turkumlash 
41


3.9. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy 
baholash 
 
Tayanch iboralar:tarmoq, umumiy vaziyat, kompaniyaning kuchli va zaif 
jixatlari, raqobat, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, raqobat kuchlari, soha va 
raqobat tahlillari, raqiblarning maqsadlari va strategiyalari, muvaffaqiyatning 
kaliti, omillar, vaziyat, baholash 
 
3.1. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va 
usullari 
 
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2
yo’nalishda olib boriladi
15
:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. 
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi. 
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari 
bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori
va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar
xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha
farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki
kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida
usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat
kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob
topish lozim:
1.
Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar. 
2.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi. 
3.
Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. 
4.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari. 
5.
Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari. 
6.
Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi? 
7.
Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi 
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan 
va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi 
jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim 
savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi 
strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik 
xatti-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. 
Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil 
qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil 
qilishda ham foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni 
(makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. 
Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6-
rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning 
strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani 
15
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.78 
42


tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik 
rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə