Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169
biologiya

3.1.
 
Ch.Darvinning yirik ilmiy asarlari va ularni qisqacha mazmuni 
Ch.Darvinning 1859 yil 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning 
kelib  chiqishi,  ya'ni  yashash  uchun  kurashda  eng  yaxshi  moslashgan  zotlarning 
saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi. U aniq va mantiqiy reja asosida 
yozilgan bo‘lib, Lyayel ta'biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi. 
Asar  14  bobdan  iborat  bo‘lib,  xilma-xil  hayvonlar  zoti  va  o‘simliklar  navini 
chiqargan  inson  amaliyotini  tahlil  qilishdan  boshlanardi.  Inson  organizmlarning 
irsiyati  va  o‘zgaruvchanlik  xossalari  tufayli  sun'iy  tanlashda  ajoyib  natijalarga 
erishganligi  ko‘p  49  misollar  zaminida  tushuntiriladi.  So‘ngra  tabiiy  sharoitdagi 
tanlanish  bayon  etiladi.  Ch.Darvin  o‘zgaruvchanlik  va  irsiyat  xossalari  tabiiy 
sharoitda  yashaydigan  organizmlarga  ham  mansubligini,  lekin  bu  yerda  «yashash 
uchun  kurash»  yoki  «hayot  uchun  raqobat»,  «organizmlarning  geometrik 
progressiya  yo‘li  bilan  ko‘payishi»  tanlanish  sababchisi  ekanligini  qayd  qiladi. 
Yangi  nazariyaga  oid  qiyinchiliklar  Ch.Darvinning  diqqat  markazida  turdi.  Bu 
qiyinchiliklarning eng asosiysi tur xili qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan 
har xil turlar o‘rtasida oraliq formalar uchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik 
yashash  uchun  kurash,  belgilarning  ajralishi  va  oraliq  formalarning  qirilib  ketishi 


 
 
g‘oyalari  bilan  bartaraf  qilindi.  Ch.Darvin  ba'zi  hollarda  soddadan  murakkab 
tomon  rivojlanishda  oraliq  formalar  uchrashini  ta'kidladi.  Yangi  nazariya  oldidagi 
qiyinchiliklardan  yana  biri  hozirgi  organizmlarning  ajdodlari  orasida  izchil 
paleontologik 
qatorlar 
yo‘qligi 
va 
paleontologik 
qazilmalardagi 
yetishmovchilikdir. Ch.Darvin bunday yetishmovchiliklar tabiiy ekanligini, chunki 
qadimgi  davrda  yashagan  hayvonlar  vaqt  o‘tishi  bilan  yo‘qolib  ketishini,  shunga 
ko‘ra, hyech bir vaqt «geologik solnoma» to‘la bo‘lmasligini qayd qildi. Asarning 
so‘nggi  boblari  evolyusion  nazariyani  paleontologik,  biogeografik,  sistematik, 
qiyosiy anatomik va embriologik dalillar bilan isbotlashga qaratilgan.  
 
      
Ch.Darvin turli-tuman dalillar, g‘oyalar zaminida 
tabiiy  tanlanish  yo‘li  bilan  turlarning  paydo 
bo‘lishidagi  nazariya  kreatsionistlar  nazariyasiga 
nisbatan  ko‘p  afzalliklarga  ega  ekanligini  ta'kidladi. 
«Turlarning  kelib  chiqishi»  asari  Ch.Darvin 
tomonidan  bajarilgan  juda  katta  mehnatning  bir 
ulushidir. 
Asarda 
bayon 
etilgan 
fikrlarning 
to‘g‘riligini  isbotlash  va  rivojlantirish  maqsadida       

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə