temperatura va bosim ta'sirida o‘zgarganligi bilan izohlanadi va bular tufayli
organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi
o‘sha davrda prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar yashaganligining
nishonasidir. Arxey erasining so‘nggi qatlamlaridan ko‘p hujayrali hayvonlar,
masalan, gidroid poliplar, kovakichlilar, ipsimon yashil suvo‘tlarning qoldiqlari
ham topilgan. Hulosa qilib aytganda, arxey erasidagi organik olamning
rivojlanishida aromorfoz tipidagi 3 ta katta o‘zgarish ro‘y bergan, bular: 1) jinsiy
jarayoni; 2) fotosintez jarayoni; 3) ko‘p hujayrali organizmlar vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: