Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169
biologiya

3.3.
 
Yerda hayot rivojlanishining asosiy bosqichlari 
Yerning  turli  qatlamlariga  qarab,  yer  paydo  bo‘lgandan  to  hozirgacha  bo‘lgan 
tarixiy rivojlanish 5 ta eraga bo‘linadi, Ular arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy 
va  kaynozoy  eralaridir.  Arxey,  proterozoy  eralaridagi  hayot  namunalari  ko‘z 
ilg‘amas  darajada  mayda  bo‘lgan.  Qayd  qilingan  eralarning  keyingi  uchtasi  o‘z 
navbatida  davrlarga  bo‘linadi.  Chunonchi,  paleozoy  erasi  6,  mezozoy  erasi  3, 
kaynazoy erasi 2 davrga bo‘linadi 
Arxey  erasi
  birinchi  geologik  era  bo‘lib,  800—900  million  yil  davom  etgan. 
Mazkur  era  qatlamlarida  organik  hayot  qoldiqlari  deyarli  juda  kam  topilgan.  Bu 
hodisa,  bir  tomondan,  o‘sha  erada  yashagan  organizmlar  tuzilish  jihatdan 
nihoyatda  tuban  ekanligi,  ikkinchi  tomondan  esa  arxey  erasidagi  qatlamlar  yuqori 


 
 
temperatura  va  bosim  ta'sirida  o‘zgarganligi  bilan  izohlanadi  va  bular  tufayli 
organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi 
o‘sha  davrda  prokariotlar  —  bakteriyalar,  ko‘k-yashil  suvo‘tlar  yashaganligining 
nishonasidir.  Arxey  erasining  so‘nggi  qatlamlaridan  ko‘p  hujayrali  hayvonlar, 
masalan,  gidroid  poliplar,  kovakichlilar,  ipsimon  yashil  suvo‘tlarning  qoldiqlari 
ham  topilgan.  Hulosa  qilib  aytganda,  arxey  erasidagi  organik  olamning 
rivojlanishida  aromorfoz  tipidagi  3  ta  katta  o‘zgarish  ro‘y  bergan,  bular:  1)  jinsiy 
jarayoni; 2) fotosintez jarayoni; 3) ko‘p hujayrali organizmlar vujudga kelgan. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə