Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169
biologiya

Paleozoy  erasining
  o‘simliklar,  hayvonot  dunyosi.  350  million  yil  davom 
etgan bu eraga o‘tish arafasida kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari davom etgan.  
Paleozoy  erasi  kembriy,  ordovik,  silur,  devon,  toshko‘mir  va  perm  davrlariga 
bo‘linadi. 
Kembriy
  davrida  iqlim  mo‘tadil,  quruqlik  esa  faqat  past-  tekisliklardan 


 
 
iborat  bo‘lgan.  Bu  davrda  o‘simliklar  suv  muhitidan  quruqlikka  chiqishga 
muvaffaq bo‘ladi. Moxlar, qirqbo‘g‘imlar va plaunlar kabi o‘simliklarning qazilma 
holdagi  qoldiqlari  shved  paleobotaniklari  tomonidan  kembriy  qatlamlaridan 
topilganligi  buning  yaqqol  dalilidir. 
Ordovik
  davriga  kelib,  eukariotlar  orasida 
sifonli  yashil  qo‘ng‘ir  va  qizil  suvo‘tlar  rivoj  topgan.  Chuchuk  suv  havzalari 
qirg‘oqlarida yashovchi sporali o‘simliklar — psilofitlar xilma-xil bo‘la boshlaydi. 
Dengizlarda  korallar  va  tabulyatlar  ishtirokida  riflar  hosil  bo‘lishi  kuchaygan, 
yelkaoyoqli  hayvonlar, boshoyoqli  va qorinoyoqli  mollyuskalar xilma-xil bo‘lgan. 
Bu  davrda  birinchi  marta  lishayniklar  rivojlangan.  Trilobitlarning  xilma-  xilligi 
ortgan. Foraminiferalar, bulutlar va ikki pallali mollyuskalar nisbatan kamaygan. 
Silur
  davrida  qisqichbaqachayonlar,  boshoyoqli  mollyuskalar  rivoj  topgan. 
Yashash  uchun  kurashda  umurtqasiz  hayvonlardan  bo‘lgan  korallalar 
(kovakichlilar)  asta-sekin  arxeotsiatlarni  siqib  chiqargan.  Bu  davrda  umurtqali 
hayvonlarning  dastlabki  vakillari  qalqonli  baliqlar  paydo  bo‘lgan.  Silur  davrining 
oxiriga kelib, quruqlikda o‘simliklar olami anchagina rivojlangan va paporotniklar, 
moxlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar paydo bo‘lgan. Xlorofilsiz geterotrof o‘simliklar - 
zamburug‘lar  hosil  bo‘lgan. 
Devon
  davrida  quruqlikning  ko‘tarilishi  va 
dengizlarning  qisqarishi  hisobiga  iqlim  keskin  ravishda  mo‘tadillashgan.  yer 
sharining  issiq  rayonlarida  esa  iqlimning  quruq  bo‘lishi  dasht  va  chala  dashtlarni 
vujudga  keltirgan.  Cho‘tka  qanotli  baliqlar  keyinchalik  umurtqali  hayvonlarning 
quruqlikka  tarqalishiga  zamin  yaratgan.  Umurtqali  hayvonlarning  quruqlikdagi 
dastlabki 
ajdodlari 
qalqon 
boshli 
amfibiyalar, 
ya'ni 
stegotsefallarning 
rivojlanishiga  olib  kelgan. 
Toshko‘mir,
  ya'ni  karbon,  davriga  kelib,  iqlim  issiq  va 
nam  bo‘lgan.  Tropik  o‘rmonlarda  uzunligi  30—40  metrga,  eni  1—2  metrga 
yetadigan  daraxtsimon  plaunlar—lepidodendronlar,  sigillyariyalar  avj  olib 
rivojlangan.  Qirqbo‘g‘imlar  daraxtlar  ko‘rinishida  bo‘lgan.  Daraxtsimon 
qirqbo‘g‘imlar  bo‘yi  bir  necha  metr  bo‘lib,  ular  botqoqlikda  yashagan.Quruq 
sharoitda  umurtqali  hayvonlarning  yangi  sinfi  —  reptiliyalar,  dastlabki 
katilozavrlar  rivojlangan.  Hasharotlarning  uchar  formalari  —  suvaraklar, 
ninachilar, chigirtkalar, qandalalar ham rivojlangan. Dengizlarda baliqlar, ayniqsa, 


 
 
akulalar  ko‘plab  uchragan.  Shuningdek,  yelkaoyoqlilar,  mollyuskalar,  ignaterililar 
suv tubida keng tarqalgan. Trilobitlar ancha kamaygan. 
Perm 
davrida  quruqlik  ko‘tarilgan,  iqlim  quruq  va  sovuq  bo‘la  boshlagan. 
Natijada  nam  tuproqda  gurkirab  o‘sgan  o‘rmonlar  faqat  ekvatorga  yaqin 
joylardagina  saqlanib  qolgan.  Paporotniksimonlar  asta-sekin  qirilib,  ochiq 
urug‘lilar  keng  tarqala  boshlagan.  Iqlimning  quruq  bo‘lishi  qadimgi  sudralib 
yuruvchilarning xilma-xillashuviga sabab bo‘lgan. Perm davrining o‘rtalariga kelib 
katilozavrlar  anchagina  rivoj  topgan.  Paleozoy  erasining  oxiriga  kelib,  tog‘  hosil 
bo‘lish jarayonlari quruqlikning yanada kengayishiga,  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə