Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169
biologiya

Proterozoy erasidagi
 organik olam. Bu era 2 mlrd yillar chamasi davom etgan. 
Uning boshida kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari ro‘y bergan, Oqibatda yerning 
qiyofasi ancha o‘zgargan. O‘sha davrda yashagan suvo‘tlar  va sodda bir hujayrali 
organizmlarning qattiq qismlaridan ohak va marmar hosil bo‘lgan. Ilgari hukmron 
bo‘lgan  prokariotlar  —  bakteriyalar,  ko‘k-yashil  suvo‘tlar  proterozoyga  kelib, 
eukariotlar  —  yashil,  oltin  rang  suvo‘tlarning  avj  olib  rivojlanishi  bilan  o‘rin 
almashingan. Proterozoy erasida tarqalgan hayvonlarning aksariyati ko‘p hujayrali 
formalar  bo‘lgan.  Dengizlarda  ko‘p  hujayrali  hayvonlarning  tuban  formalari  —
bulutlar,  radial  simmetriyali  kovakichlilar  bilan  bir  qatorda,  ikki  tomonlama 
simmetriyaga  ega  formalar  ham  keng  tarqalgan.  Ular  orasida  halqali 
chuvalchanglar,  mollyuskalar,  bo‘g‘imoyoqlilar  ko‘plab  uchragan.  Bu  erada 
bo‘g‘imoyoqlilarning eng qadimgi vakillari — qisqichbaqa chayonlar, shuningdek, 
ignatanlilar  hamda  umurtqasiz  hayvonlarning  boshqa  yuksak  vakillari  vujudga 
kelgan.  Aromorfoz  tipdagi  yirik  o‘zgarishlarga  ikki  tomonlama  simmetriyali 
hayvonlarning  kelib  chiqishini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Ikki  tomonlama 
simmetriyaning paydo bo‘lishi tufayli hayvonlar gavdasi oldingi va orqa, qorin va 
yelka  qismlarga  differensiyalangan  va  oldingi  tomonida  sezuv  organlari,  nerv 
tugunlari, keyinchalik esa bosh miya rivojlangan.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə