Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169
biologiya

3.2.
 
Oparinning abiogen nazariyasi 
Olimlardan  A.  I.  Oparin  1924  yili,  Dj.  Xoldeyn  1928  yili  yerda  hayot  qanday 
paydo  bo‘lganligi  haqida  abiogen  farazini  yaratdilar.  Oparin  hayot paydo  bo‘lishi 
to‘g‘risidagi gipotezani yaratitda astrofizika, astroximiya, geologiya, bioximiya va 
botqa  fan  yutuqlarini  e'tiborga  oldi.  Akademik  Oparin  o‘z  gipotezasida  yerdagi 
hayot  botqa  planetalardan  ko‘chib  kelmaganligini,  balki  materiyaning  milliard 
yillar davom etgan rivojlaniti natijasi ekanligini qayd qildi. 
Oparindan  mustasno  ravishda  ingliz  olimi  Xoldeyn  o‘z  maqolasida  hayot 
abiogen  yo‘l  bilan  paydo  bo‘lganligini  yoqlab,  tubandagi  fikrlarni  aytgan. 
Ultrabinafta  nurlar  ta'sirida  yerning  dastlabki  atmosferasida  har  xil  organik 
moddalar,  shu  jumladan,  qand  va  ba'zi  bir  aminokislotalar  sintezlangan.  Ular  esa 
oqsilning  tuzilishi  uchun  juda  zarur  birikmalar  hisoblanadi.  Shunday  birikmalar 
dastlabki  okean  suvida  yig‘ila  borgan  va  bulon  holatiga  kirgan.  Ana  tu  bulondan 
hayot paydo bo‘lgan. 
1947  yili  botanik  ingliz  olimi.  Dj,  D.  Bernal  «Hayotning  fizik  qonunlari» 
maqolasida  organik  moddalar  okean  suvida  eritma  holatda  bo‘lgan,  keyinchalik 
ularning 
konsentratsiyasi 
shunchalik 
oshganki, 
oqibatda 
polimer 
va 
makromolekulalar  hosil  bo‘lgan.  Bunday  jarayonning  kechishida  okean  suvining 
qirg‘oqqa toshishi va qaytishi muhim rol o‘ynagan.  
Hozirgi  vaqtda  yerda  mavjud barcha organik  moddalar biogen  yo‘l bilan,  ya'ni 
tirik  organizmlarda  sodir  bo‘ladigan  fotosintez  va  xemosintez  natijasida  vujudga 
keldi.  Hayotdan  nom  nishon  bo‘lmagan  qadimgi  davrlarda  esa  bunday  moddalar 
abiogen yo‘l bilan paydo bo‘lishi tabiiy bir hol edi. 
Oparin  faraziga  muvofiq,  yerda  hayot  paydo  bo‘lishi  bir  necha  bosqichga 
bo‘linadi.  Birinchi  bosqich  haqiqatan  ham  yerning  tarixiy  rivojlanishida  ro‘y 
berganligini  radioastronomiya  yutuqlari  asosida  bilvosita  isbotlash  mumkin. 
Keyingi  yillarda  olingan  ma'lumotlarga  ko‘ra,  yulduzlar  olamida  uglerodning 


 
 
xilma-xil birikmalari va formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko‘plab uchraydi. 
Bu  ma'lumotlarning  o‘zi  organik  moddalar  abiogen  yo‘l  bilan  vujudga  kelishi 
mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo bo‘lguncha emas, hatto yer va botqa 
sayyoralar  takllanguncha  ham  ro‘y  berganligini  isbotlaydi.  Shu  nuqtai  nazardan 
olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o‘rganish diqqatga sazovordir. Ularda 
uchraydigan  uglerod  birikmalarini  tadqiq  etish,  qadimgi  davrlarda  kimyoviy 
evolyusiya  qanday  yo‘nalishda  borganligini  aniqlashga  yordam  berdi.  Kosmik 
kemalar  va  stansiyalar  yordamida  yerga  olib  kelinish  Oydagi  jismlar  namunasini 
o‘rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat berdi. Organik 
moddalar,  ayniqsa,  ko‘mirsimon  xondritlar  nomini  olgan  meteoritlar  xilma-xil 
organik  birikmalarga,  jumladan,  aminokislotalarga  va  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan 
boshqa  moddalarga  boy.  1968—1969  yillarda  radiospektroskopiya  yordamida 
yulduzlar  orasida  organik  moddalardan  formaldegid  va  ammiak  borligi  aniqlandi. 
Umuman  olganda  hozirgi  vaqtda  Galaktikada  ammiak,  suv,  formaldegid 
mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Quyosh sathidagi temperatura 6000
0
 ekanligi 
va  koinotda  hayot  uchun  xavfli  ultrabinafsha,  rentgen  nurlar,  elektr  zaryadlari 
ko‘pligi  e'tiborga  olinsa,  qayd  qilingan  organik  moddalar  abiogen  yo‘l  bilan 
vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə