Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
biologiya

3.1.
 
Yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida tushunchalar 
Hayot  va  uning  paydo  bo‘lishi  eng  dolzarb,  shu  bilan  birga  eng  qiyin 
muammolardan  biridir.  F.Engels  birinchi  marta  hayot  muammosiga  ilmiy 
tomondan  yondashgan.  U  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  tabiiyot  fanlarida 
to‘plangan  yutuqlarni  e'tiborga  olib,  o‘zining  «Tabiat  dialektikasi»  hamda  «Anti-
Dyuring»  degan  asarlarida  hayotning  mohiyati  va  paydo  bo‘lishi  haqida  o‘z 
fikrlarini  bayon  etgan.  «Tabiat  dialektikasi»  asarida  Engels  hayotga  quyidagicha 
ta'rif bergan: «Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni qurshagan tashqi 
tabiat  bilan  bo‘ladigan  to‘xtovsiz  moddalar  almashinuvi  bu  usulning  muhim 
momentidir,  zero  mazkur  almashinuv  to‘xtashi  bilan  hayot  ham  to‘xtaydi,  bu  esa 
oqsilning  bo‘zilishiga  olib  keladi».  Hayotga  berilgan  ikkinchi  ta'rifda  tirik 
tabiatning  o‘zini-o‘zi  yangilash  jarayoniga  e'tibor  berilgan.  «Hayot  —  oqsil 
jismlarning  yashash  usulidir.  Bu  yashash  usuli  esa  o‘z  mohiyati  bilan  mazkur 


 
 
jismlarning  ximiyaviy  tarkibiy  qismlarining  doimo  o‘zini-o‘zi  yangilab  turishidan 
iborat».  
Genetik  olim  N.P.  Dubinin  «erdagi  hayot  ko‘rinishini  tarix  axboroti  va  o‘zini-
o‘zi  vujudga  keltirishga  ega  ochiq  sistemadagi  DNK,  RNK  va  oqsilning  o‘zaro 
ta'siri deb xarakterlasa bo‘ladi», degan edi. Yana bir guruh faylasuflar Engelsning 
hayotga  bergan  ta'rifi  umuman  to‘g‘ri,  lekin  unga  zamon  taqozosi  bilan  ba'zi  bir 
o‘zgartirishlar  kiritish  kerak,  deb  uqtiradilar.  Masalan,  Kedrov  fikricha,  hayot 
ta'rifida  materiya  yashash  usulining  spetsifik  xossalarigina  emas,  balki  shu  bilan 
birgalikda, harakat formasining spetsifik xossalari ham e'tiborga olinishi kerak. 
A.  S.  Mamzin  tomonidan  hayotga  berilgan  ta'rif  Kedrov  fikrlariga  mazmunan 
yaqin.  Uning  qayd  qilishicha,  «...dastlabki  formadagi  hayot  tarkibida  doimiy 
elementlar  sifatida  oqsil  tipidagi  birikmalar,  nuklein  kislotalar  va  fosfor-organik 
birikmalar  saqlaydigan,  atrof-  muhit  bilan  o‘zaro  ta'sir  jarayonida  moddalar, 
energiya  va  axborotning  to‘planishi  hamda  o‘zgarishi  asosida,  o‘z-o‘zidan 
boshqarilish  va  rivojlanish  xossalariga  ega  bo‘lgan  ochiq  kolloid  sistemalarning 
yashash  formasidan  iborat»  deb  ta'riflash  mumkin.  Hayotga  berilgan  ta'riflarning 
hammasida  uning  ochiq  sistema  ekanligi  eslatib  o‘tiladi.  Ochiq  sistema 
tushunchasi  biologiyaga  fizikadan  o‘tgan.  Tirik  organizmlarga  nisbatan  ochiq 
sistema  deganda,  har  bir  tirik  mavjudot  tashqaridan  oziq  shaklida  energiya  va 
materiya  turini  o‘zlashtirishi  hamda  hayot  faoliyati  tufayli  vujudga  kelgan 
tashlandiqlarni  atrofdagi  muhitga  chiqarib  turishi,  shundagina  u  normal  hayot 
kechira olishi tushuniladi. Shuning  uchun  ham ochiq sistema  tushunchasi ba'zi bir 
olimlar  tomonidan  berilgan  hayot  ta'rifiga  kiritilgan.  Masalan,  V.V.  Volkenshteyn 
hayotga tunday ta'rif bergan: «erda mavjud bo‘lgan tirik jismlar biopolimerlardan, 
ya'ni  oqsillar  bilan  nuklein  kislotalardan  tuzilgan,  o‘zini-o‘zi  boshqaradigan  va 
o‘zini-o‘zi ishlab chiqaradigan ochiq sistemalardir». 
1829  yili  nemis  olimi  F.  Vyoler  laboratoriya  sharoitida  kaliy  sianid  bilan 
ammoniy sulfatni qizdirib, organik modda — mochevina olishga. muvaffaq bo‘ldi. 
Bu  bilan  organizmdan  tashqari  holatda  anorganik  moddalardan  organik  moddalar 
hosil qilish mumkinligini amalda isbotladi. 


 
 
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida turlicha farazlar bor. Ular: 
1.  Hayot iloxiy kuch ishtirokida yaratilganligi haqdagi kreotsinizm. 
2.  Hayotni o‘lik tabiatdan birdaniga paydo bo‘lganligi haqida; 
3.  Hayotning abadiyligi to‘g‘risidagi; 
4.  yerdagi hayotning o‘zga sayyoralardan kelganligi haqida; 
5.  Hayotning  bioximiyaviy  evolyusiya  natijasi  ekanligi  to‘g‘risidagi 
nazariyalar; 
XVII  asrda  yashagan  Italiya  olimi  Franchesko  Redi  hayotning  o‘z-o‘zidan 
paydo  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  bunday  tasavvurlar  noto‘g‘riligini  birinchi  bo‘lib 
tajribada isbotladi. U o‘z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, 
ba'zi  idishlarning  ustini  doka  bilan  yopib,  ba'zilarini  ochiq  holda  qoldirdi.  Ochiq 
holdagi  idishlardagi  go‘shtlarga  pashsha  qo‘ngani  uchun  tez  orada  ularda  qurt 
paydo  bo‘ldi  va  rivojlandi.  Yopiq  shisha  idishlardagi  go‘sht  sasib  chirisa  ham, 
ularda hyech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o‘z tajribalariga asoslanib, hasharotlar 
chiriyotgan  go‘shtdan  emas,  balki  urg‘ochi  pashshalar  qo‘ygan  tuxumdan 
rivojlanishini ta'kidladi. 
Mikroskop  kashf  etilishi  va  qo‘llanilishi  tufayli  XVIII  asrga  kelib, 
mikroorganizmlar olami ma'lum bo‘la boshladi. Natijada hayot o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lishi  to‘g‘risidagi  fikrni  ba'zi olimlar  eksperimental  yo‘l  bilan  isbot qilmoqchi 
bo‘ldilar.  Jumladan,  angliyalik  Nidgem  1745  yili  pichan  ivitilgan  suvda  o‘z-
o‘zidan  mayda  infuzoriyalar  paydo  bo‘lishini  tajribada  isbotlashga  urinib  ko‘rdi. 
Hayotning  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lish  g‘oyasi  Fransiya  olimi  Byuffon  tomonidan 
ham quvvatlandi. 
Fransiya  mikrobiologi  Lui  Paster  tajribalar  o‘tkazib,  yirik  organizmlargina 
emas,  hatto  eng  mayda  organizmlar  ham  o‘lik  tabiatdan  o‘z-  o‘zidan  paydo 
bo‘lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining yakunlari e'lon qilingandan so‘ng 
yerdagi hayot  mangu deb da'vo qiluvchi farazlar  maydonga keldi. Mazkur farazga 
yerda hayot paydo bo‘lmagan u abadiydir.  
Kosmozoylar  farazini birinchi  marta 1865  yili  nemis  vrachi Rixter  ilgari surdi. 
Keyinchalik  mazkur  farazni  olimlardan  Tomson  va  Gelmgols  quvvatladilar. 


 
 
Kosmozoylar  farazga  ko‘ra,  koinotda  hayot  mangu  bo‘lib,  uning  zarrachalari  bir 
sayyoradan  ikkinchi  sayyoraga  ko‘chib  yuradi.  Bu  zarrachalarning  ko‘chib 
yurishida  meteoritlar  asosiy  o‘rin  egalaydi.  Mikroskopik  ko‘rinishdagi  bu  hayot 
zarrachalari  meteoritlarga  yopishib,  ular  orqali  yerga  tushgan  va  hayotning 
rivojlanishiga sababchi bo‘lgan. 
Panspermiya farazi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu 
farazi xuddi kosmozoylar faraz singari hayotning manguligini e'tirof etgan. Bu ikki 
faraz  mazmunan  bir  xil  bo‘lib,  asosiy  farqi  hayot  zarrachalari  yerga  turli  yo‘llar 
bilan  yetib  kelganligi  haqida,  xolos.  Arrenius  mulohazasicha  hayot  kurtaklari 
meteoritlar  ishtirokida  tarqalmaydi,  chunki  meteoritlar  atmosferaga  ishqalanishi 
natijasida  juda  qizib  ketadi.  Oqibatda  hayot  kurtaklari  nobud  bo‘ladi.  Shunga 
ko‘ra,  panspermiya  faraziga  muvofiq,  hayot  kurtaklari  quyoshdan  ajralgan 
yorug‘lik nurlarining bosimi ta'sirida yerga tarqalgan deyilgan. 
Boshqa  sayyoralarning  sharoitini  o‘rganish  shundan  dalolat  beradiki,  Quyosh 
sistemasidagi  Merkuriy  sayyorasida  hayot  bo‘lishi  uchun  hyech  qanday  sharoit 
yo‘q. Chunki  uning doimiy Quyoshga qaragan tomonida temperatura 370° bo‘lib, 
unda hatto qo‘rg‘oshin ham erib ketadi. Merkuriyning Quyoshga teskari tomonida, 
aksincha,  temperatura  260°  atrofida.  Venera  tomonga  qarab  uchirilgan  kosmik 
raketalardan  olingan  ma'lumotlarga  ko‘ra,  uning  sathidagi  harorat  juda  yuqori, 
300° atrofida. 1959 yili amerikaliklar, 1978 yili uchirilgan «Venera-11», «Venera-
12»  kosmik  apparatlari  yordamida  Venera  atmosferasining  yuqori  qismida  suv 
bug‘lari  borligi  aniqlandi.  Biroq  atmosferadagi  karbonat  angidrid  gazi  yerdagiga 
nisbatan  ming  marta  ortiq.  Binobarin,  Veneradagi  sharoit  ham  hayot  mavjudligini 
inkor  etadi.  Quyosh  sistemasidagi  uzoq  sayyoralarda  atmosfera  asosan  vodorod, 
metan  va  ammiakdan  iborat.  Temperatura  esa  juda  past.  Chunonchi,  Quyoshga 
yaqin  bo‘lgan  sayyora—  Yupiterda—130°,  Plutonda—210°gacha  yetadi.  Bunday 
taroitda  vodorod  va  geliydan  tashqari,  barcha  gazlar  suyuq  yoki  qattiq  —  muz 
holida  bo‘ladi.  Quyosh  sistemasidagi  sayyoralardan  faqat  Marsda  hayot  uchun 
sharoit  mavjud,  degan  fikr  ba'zi  olimlar  tomonidan  e'tiborga  olinib  kelinar  edi. 
Chunki  Mars  planetasi  inert  gazlardan,  suv  bug‘lari  va  kisloroddan  iborat.  Lekin 


 
 
amerikaliklar  tomonidan  uchirilgan  «Gulliver»  apparati  Marsda  hayot  borligini 
tasdiqlamadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə