Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Morfologik-fiziologik  progress,  ya'ni  aromorfoz



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169
biologiya

Morfologik-fiziologik  progress,  ya'ni  aromorfoz.
  Seversov  aromorfoz 
deganda,  organizmlar  tuzilishining  ajdodlarga  nisbatan  birmuncha  yuqoriroq 
pog‘onaga  ko‘tarilishiga  sabab  bo‘ladigan  universal  xarakterdagi  o‘zgarishlarni 
tushungan.  Aromorfozlar  ayrim  organlarning  emas,  balki  butun  organizmning 
takomillashishi  bilan  xarakterlanadi.  Oqibatda  organizmlarda  funksional  va 
strukturali  o‘zgarishlar  ro‘y  berib,  ular  muhitning  shart-  sharoitiga  to‘laroq  mos 


 
 
keladigan tuzilish va funksiyalarga ega bo‘ladi.  
Progressiv  evolyusiya  to‘g‘risida  gap  borar  ekan,  morfologik-fiziologik 
progressning  mezonlarini  tavsiflash  zarur.  Ularsiz  morfologik-fiziologik  progress 
tushunchasiga  bir  xil  ta'rif  berish  mumkin  emas.  Hozirgacha  tuzilish  va 
funksiyaning yuqori darajadaligini aniqlash bo‘yicha 40 ta mezon ishlab chiqilgan. 
Ularni uchga — sistemali, energetik va axborot guruhlariga bo‘lish mumkin. 
Sistemali mezon tuzilish va funksiyaning murakkablik va integratsiya darajasini 
ifodalaydi.  Organizm,  to‘qima  va  organlar  tabaqalanishining  ortishi,  ko‘p 
tomonlama  hayotiy  funksiyalar  bilan  ta'minlanishi,  gomologik  organlar 
oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi. 
Energetik  mezon  bir  butun  organizm  va  uning  qismlari  funksiyasining 
samaradorligi  iqtisod  qilinishi  darajasi  tavsifini  belgilaydi.  Masalan,  oziq  iste'mol 
qilib ko‘p energiya beruvchi organizm takomillashgan  hisoblanadi. Bu  fermentlar 
sifati, kaloriyaga boy oziq iste'mol qilish, atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan 
ifodalanadi. 
Axborot  mezoni  axborot  to‘plash  darajasini  aks  ettiradi,  Bunga  umurtqali 
hayvonlarning  tobora  murakkablanish  evolyusiyasi  natijasida  genetik  axborotning 
izchillik  bilan  orta  borishi  misol  bo‘ladi.  Chunonchi,  sut  emizuvchilar  DNK  si 
miqdoriga  nisbatan  dastlabki  xordalilar  genomida  DNK  6%,  bosh  skeletsizlarda 
17%, to‘garak og‘izlilarda 38%, baqalar va toshbaqalarning ba'zi turlarida 80 % ni 
tashkil etadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə