Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169
biologiya

3.2.
 
Lamarkning evolyusion ta'limoti 
Jan  Batist  Lamark  (1744  —  1829)  buyuk  Fransuz  tabiatshunosi,  birinchi 
evolyusion ta'limotni yaratgan olimdir. Lamark o‘z falsafiy qarashlari bilan XVIII 
asrda  Fransiyada  tarqalgan  deizm  oqimiga  mansub.  Deistlar,  bir  tomondan, 


 
 
tabiatdagi  barcha  hodisalar  tabiiy  qonunlar  asosida  sodir  bo‘ladi  desalar,  ikkinchi 
tomondan, olamning dastlab yaratuvchi tomonidan yaratilgan degan g‘oyani ilgari 
suradilar.  Tashqi  sharoit  organik  va  anorganik  tabiatga  turlicha  ta'sir  ko‘rsatadi: 
anorganik tabiatni  yemiradi, organik  formalarni esa quvvatlab, ularning tuzilishini 
saqlaydi.
 
Lamark  fikricha,  dastlabki  sodda  tirik  formalar  o‘lik  tabiatdan  o‘z-
o‘zidan  paydo  bo‘lish  tufayli  vujudga  kelgan.  Xulosa  qilib  aytganda,  Lamark 
insoniyat  tarixida  birinchi  bo‘lib  organik  olamning  tarixiy  rivojlanishi  haqidagi 
masalani atroflicha o‘rganib, uni ko‘p jihatdan hal etgan olimdir. Uning ta'limotida 
evolyusion nazariyaga bog‘liq ko‘p masalalar qamrab olingan. Turlarning realligi, 
o‘zgaruvchanligi,  organizmlarga  tashqi  muhitning  ta'siri,  evolyusiya  jarayonida 
organizm  ichki  xossalarining  ahamiyati,  evolyusiya  jarayonining  yo‘nalishlari  va 
evolyusiyani  harakatlantiruvchi  kuchlar,  irsiyat  va  o‘zgaruvchanlikning 
organizmlar  tarixiy  rivojlanishidagi  roli  kabilar  «Zoologiya  falsafasi»  va  keyingi 
asarlarida  asosiy  masala  bo‘lgan.  Bu  masalalar  ko‘pincha  to‘g‘ri  hal  qilinmagan 
bo‘lsada,  lekin  ular  naqadar  ko‘pligining  o‘zi  Lamark  nihoyatda  zo‘r  qobiliyatli 
tabiatshunos  va  nazariyachi  bo‘lganligidan  dalolat  beradi.
 
Lamark  ta'limotida 
tabiiy  sistema  va  tur  muammolari.  Lamarkning  asosiy  maqsadi  tabiat  hodisalarini 
o‘zaro  bog‘liq  holda,  30  ya'ni  ularning  haqiqiy  tartibini  ifodalaydigan  tabiiy 
munosabatlarni  o‘rganishdan  iborat  bo‘lgan.  Sun'iy  ravishda  tuzilgan  sistemalar 
esa tabiatni o‘rganishga salbiy ta'sir ko‘rsatgan,  xolos. Tabiatdagi  haqiqiy tartibni 
kashf  etish  deganda,  Lamark  organizmlar  qon-qarindoshligini  ifodalovchi  genetik 
munosabatni,  genealogik  klassifikatsiyani  tushunadi,  Organizmlar  orasidagi 
genetik  munosabat  qancha  o‘zoq  bo‘lsa,  ular  o‘rtasidagi  umumiylik  ham  shuncha 
kam  bo‘ladi.  Organizmlar  tashqi  tomondan  ko‘p  yoki  oz  o‘xshashligiga  qarab 
turlar,  avlodlar,  turkumlar,  sinflarga  birlashtiriladi.  Bunday  usulda  guruhlash, 
albatta,  organizmlarni  o‘rganish  bilan  bog‘liq  bo‘lsada,  tabiiy  holatni  aks 
ettirmaydi,  shu  sababli  ham  bu  tarzda  guruhlash  sun'iy  va  shartli  hisoblanadi. 
Lamark  fikricha,  sinf,  turkum,  avlod,  tur  kabi  sistematik  kategoriyalar  sun'iy,  real 
emas.  Tabiatda  faqat  individlar  real  xolos.  Lamark  hayvonot  olamidagi  tabiiy 
tartibni  aniqlashni,  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygan  va  shu  sababli 


 
 
organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan genealogik klassifikatsiyani ilgari 
surgan.  Agar  tabiatda  turli  sinflar,  turkumlar,  oilalar  o‘rtasida  keskin  chegara 
bo‘lmasa, tabiiyki, hamisha tur orasida ham chegarani topish qiyin. Shunga ko‘ra, 
ba'zan  tabiatshunos  olimlar  bir-biriga  yaqin  turlar  chegarasini  aniqlashda 
qiyinchilikka  duch  keladilar.  Masalan,  lishayniklar,  ituzum,  geran,  tungi 
kapalaklar,  pashsha,  kuya,  yaydoqchilar,  o‘zuntumshuqlilarning  bir-biriga  yaqin 
turlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Bu qiyinchilik muayyan turlarga 
kiradigan  individlar  o‘zgarishidan,  turlar,  tur  xillari  o‘rtasida  oraliq  formalar 
bo‘lishidan,  turlar  doimiy  harakatda  va  rivojlanishda  ekanligidan  dalolat  beradi. 
Tashqi  muhitning  organizmlarga  ko‘rsatadigan  ta'siri  haqida  Lamark  quyidagi  2 
qonunini ta'riflaydi.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə