Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169
biologiya

2.1.
 
Ch.Darvingacha evolyusiya to‘g‘risida fikrlar 
3.
 
Organik  olamning  tarixiy  rivojlanishi  haqidagi  ta'limot  XIX  asr  o‘rtalarida 
yaratilgan  bo‘lsada,  biroq  evolyusion  ta'limotga  doir  ba'zi  malumotlar, 
g‘oyalarni  paydo  bo‘lishi  juda  qadimgi  davrlarga  borib  taqaladi.  Organik 
olamning  paydo  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  tushunchalar  ko‘p  jihatdan  odamlarni 
tirik  tabiatni  bilish  darajasi  bilan  uzviy  aloqador  bo‘lgan.  Inson  tabiatni 
ijtimoiy  mehnat  faoliyatining  dastlabki  qadamlaridanoq  o‘rgana  boshlagan. 
Uning  bu  sohadagi  tajribasi,  bilimi  foydali  o‘simliklarni  topish  va  ekish, 
yovvoyi hayvonlarni ovlash va xonaqilashtirish jarayonida tobora ortib borgan, 
takomillashgan.  Keyinchalik  bu  bilimlar  turli  tarixiy  davr  va  ijtimoiy 
formatsiyalarda  amaliy  biologiya,  tibbiyot,  qishloq  xo‘jalik  sohasi  bo‘yicha 
sekin-asta  kengaya  borgan.  Qadimgi  sharq  mamlakatlarida  yozilgan  ba'zi 
asarlarda  olamning  moddiyligi,  tabiat  qonunlarining  tabiiy  harakteri  va  tirik 
mavjudotlarning  tabiiy  ravishda  vujudga  kelishiga  mansub  ayrim  fikrlar 
uchraydi.  Chunonchi  qadimgi  misrliklarga  ko‘p  shifobaxsh  o‘simliklar, 
davolash  vositalari,  gigiena  qoidalari  ma'lum  bo‘lgan,  jarrohlikning  nisbatan 
rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon bergan. Misrda eramizdan 3000 
yil  muqaddam bug‘doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no‘xat, zig‘ir, tok va 
boshqa o‘simliklar ekilgan. Hindistonliklarning eramizgacha bo‘lgan davrdagi 
VIII  asrda  yozilgan  «Hayot  kitobi»  nomli  asarida  olamning  moddiyligi  va 
uning  5  ta  element  (yer,  suv,  olov,  havo,  efir)  dan  iboratligi  haqida  fikr 
yuritilgan. Tirik tabiatni o‘rganish ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib 


 
 
borilgan.  Shu  sababli  ular  760  ta  xilma-xil  shifobaxsh  o‘simlikni  bilganlar. 
Murtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi 
hindlarga  tegishlidir.  Bu  o‘sha  davrda  Hindistonda  anatomiya,  embriologiya 
kabi  fanlarning  rivoj  topganligidan  dalolat  beradi.  Qadimgi  Xitoyda  ham 
tabiatshunoslik  birmuncha  rivojlangan.  Qishloq  xo‘jaligida  almashlab  ekish 
joriy  etilgan.  yerlarni  o‘g‘itlashda,  sug‘orishda  birmuncha  yutuqlar  qo‘lga 
kiritilgan.  Eramizdan  3000—4000  yillar  ilgari  hayvonlarning  yangi  zotlarini 
(ot),  o‘simliklarning  navlarini  (manzarali  o‘simliklarni)  chiqarishda  tanlash 
usuli  qo‘llanilgan.  Eramizdan  oldin  298—238  yillarda  yashagan  xitoylik 
faylasuf Syun  Szi odam bilan  hayvonlar o‘rtasidagi  farq haqida  gapirib, inson 
aql-idrokka ega, jamiyatda yashab, o‘z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o‘ziga 
qaraganda  kuchliroq  bo‘lgan  hayvonlar  ustidan  hukmronlik  qilishga,  ulardan 
o‘z  maqsadlarida  foydalanishga  imkon  beradi,  degan  edi.  O‘simliklar  bilan 
hayvonlar  olamini  xitoylar  qadimdan  o‘rganganlar.
 
Eramizgacha  bo‘lgan 
530—470 yillarda yashagan Geraklit barcha borliq va tafakkur asosini qarama-
qarshiliklar  kurashi  tashkil  etadi,  koinot  yaratilmagan  u  olov,  havo,  suv  va 
yerning bir-biriga aylanishi natijasidir, degan. Organizmlarning tabiiy ravishda 
vujudga  kelishi  g‘oyasi  qadimgi  Yunonistonda  keng  o‘rin  oladi.
 
Masalan, 
Fales  barcha  tiriklik  suvdan,  Anaksimen  hayvonlar  va  odam  dastlabki 
loyqadan,  Anaksimandr  esa  hayvonlar  namlikdan  vujudga  kelgan,  odam 
dastlab  baliqlarga  o‘xshagan  ular  esa  o‘z navbatida  boshqa  hayvonlar  turidan 
paydo  bo‘lgan,  degan  fikrlarni  quvvatlaganlar.  Keyinchalik  Qadimgi  Yunon 
olimlaridan  Levkipp  (eramizgacha  bo‘lgan  500—440  yillar)  va  Demokrit 
(460—370  yillar)  atomistik  nazariyani  yaratganlar.
 
Eramizdan  oldin  V  asrda 
yashagan  vrach  va  shoir  Empedokl  tabiat  asosini  4  element  (suv,  yer  olov  va 
havo)  tashkil  etadi,  ular  doimiy,  yo‘qolmay  birbiriga  qo‘shiladi  va  yana 
ajraladi, deb e'tirof etgan.
 
Yunon olimlaridan Gippokrat (eramizgacha bo‘lgan 
460—477  yillar)  va  uning  shogirdlari  tibbiyot  nazariyasini  yaratishda 
biologiya  bilimlaridan  keng  foydalanganlar  va  tajriba  va  kuzatishlar  olib 
borganlar.  O‘sha  davrda  anatomiya-fiziologiya  sohasidagi  ma'lumotlar  uncha 


 
 
puxta bo‘lmasligiga  hamda  ichki organlarning  tuzilishi  va  funksiyasi  haqidagi 
tasavvurlarda kamchiliklar  mavjudligiga qaramay,  gippokratchilar biologiyaga 
oid  ko‘p  masalalarni  hal  etishga  harakat  qilgan.  Ayniqsa,  Gippokratning 
irsiyatga  doir  fikrlari  diqqatga  sazovordir.  Uning  irsiyat  haqidagi  tasavvuriga 
ko‘ra,  erkak  va  ayolning  urug‘i  va  tuxumi  butkul  organizmdan  hosil  bo‘ladi.
 
Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi Aristotel (eramizgacha 
bo‘lgan  384—322  yillar)  ijodida  o‘z  ifodasini  topgan.  U  hayvonlar  qiyosiy 
anatomiya,  embriologiya  sohasida  dastlabki  fikrlarni  bayon  etgan  hamda 
organlar  korrelyasiyasi  va  tabiatdagi  asta-sekin  rivojlanish  to‘g‘risida  ba'zi 
fikrlarni  ilgari  surgan.  Aristotel  qayd  etishicha,  tabiat  sekin-asta  jonsiz 
narsalardan  hayvonlar  tomon  rivojlanadi.  Bu  jarayonlar  uzluksiz  bo‘lganligi 
uchun  ular  o‘rtasidagi  chegarani  aniqlash  qiyin.  Olim  hayvonlarning  500  ga 
yaqin  turini  bilgan  hamda  hayvonot  11  olamining  klassifikatsiyasiga  asos 
solgan.  U  hayvonlarni  klassifikatsiyalashda  ularning  ayrim  xossalariga  emas, 
balki  ko‘p  belgilariga  e'tibor  berish  kerakligini  e'tirof  etgan.  Aristotel  barcha 
hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan.
 
Aristotelning 
shogirdlaridan  biri  bo‘lgan  Teofrast  (eramizgacha  bo‘lgan  372—287  yillar) 
botanika  sohasida  diqqatga  sazovor  ishlar  qilgan.  U  o‘simliklarning  400  dan 
ortiq  turini  o‘rganib,  ularning  organlar  tuzilishini,  fiziologiyasini  tasvirlab 
bergan  hamda  o‘simliklarning  amaliy  ahamiyati  haqidagi  ma'lumotlarni 
to‘plagan.  
Teofrast  o‘simliklarning  bir  turi  boshqa  turga 
aylanishi  mumkin,  degan  fikrni  quvvatlagan.  Levkipp 
va Demokritning izdoshi bo‘lgan Epikur (eramizgacha 
bo‘lgan  341—270  yillar)  barcha  organizmlarning 
tanasi  mayda,  bo‘linmas  atom  zarrachalaridan  iborat. 
Ularning  qo‘shilishi  va  ajralishi  tufayli  olam  vujudga 
keladi va yo‘qoladi. 
          Jon  ham  atomlardan  tashkil  topgan,  tabiatdagi

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə