Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169
biologiya

1.3.
 
Biologiya fani muommolari 
 
Biologiyaning  tabiiy  fanlar  va  kishilik  jamiyatining  rivojlanishiga  ta'sir 
ko‘rsatadigan muammolari molekulyar biologiya, genetika fanlari, muskullar, nerv 
sistemasi  va  sezgi  organlari  fiziologiyasi  va  biokimyosi  (tafakkur,  qo‘zg‘alish, 
tormozlanish  va  boshqalar),  foto  va  xemosintez,  tabiiy  sistemalar  energetikasi  va 
mahsuldorligi bilan bog‘liq. Molekulyar biologiya sohasi hujayra ichida boradigan 
fizik-kimyoviy  jarayonlar  va  tirik  sistemalar  nisbiy  turg‘unligining  boshqarilishi, 
ayniqsa  genlarning  ishga  tushirilishi  mexanizmini  o‘rganish  ham  biologiyaning 
markaziy  muammolaridan  biri  hisoblanadi.  Organizmni  individual  rivojlanishi 
davomida  hujayralarning  ixtisoslashib  borishi  va  to‘qimalarning  hosil  bo‘lishi, 
yerda  hayot  paydo  bo‘lishining  dastlabki  davrlarida  tirik  organizmlarga  xos 
murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan o‘z-o‘zini yarata oladigan 
tirik  sistemalar  paydo  bo‘lishini  o‘rganish  ham  muhim  masalalardan  hisoblanadi. 
Yer  yuzida  aholi  sonining  tez  sur'atlar  bilan  o‘sib  borishi  biologiya  oldiga 
biosferaning  mahsuldorligini  oshirish,  yashash  muhitini  ifloslanishdan  saqlash, 
o‘simlik  va  hayvonlarni  muhofaza  qilish  va  ratsional  foydalanishdan  iborat  juda 
ko‘p  muammolarni  qo‘yadi.  Biosfera  va  ekologik  sistemalarni  qayta  qurish  va 
ulardan  foydalanish  ishlari  o‘simlik,  hayvonlar  va  mikroorganizmlarni  yerning 
hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. Biologiya sohasidagi ilmiy 
tadqiqot ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə