Namangan muhandislik-texnologiya instituti


umumiy  bo‘lsa,  shularning  hammasini  dastlabki  formalardan  paydo  bo‘lgan



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169
biologiya

umumiy  bo‘lsa,  shularning  hammasini  dastlabki  formalardan  paydo  bo‘lgan 
yangi shaxslarda ko‘paytirish yo‘li bilan saqlaydi».  
 
3.3.
 
Evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari 
Organik  olamning  tarixiy  rivojlanishi  bilan  tanishilsa,  organizmlar  oddiydan 
murakkabga,  takomillashmagan  formalardan  takomillashgan  formalarga  tomon 
rivojlanganligi  namoyon  bo‘ladi.  Odatda,  organizmlarning  oddiydan  murakkabga 


 
 
tomon  rivojlanishi  progress  termini  bilan  ifodalanadi.  Biroq  progress  tushunchasi 
uning  tub  mohiyatini  ochib  bermaydi.  Progress  haqidagi  tushunchaga  dastlab 
Darvin  ilmiy  tomondan  yondashgan  olimdir.  U  progressiv  rivojlanishning  asosiy 
omillaridan biri tabiiy tanlanish bo‘lib u ma'lum muhit sharoitida organizmlarning 
takomillashuviga  sabab  bo‘ladi,  deydi.  Darvin  fikricha,  organizmlarning  raqobat 
qilish  qobiliyati  turli  organlarining  differensiyalanish  va  ixtisoslashish  darajasi 
progress  mezonlaridan  biri  hisoblanadi.  Lekin  bu  mezonlar  progress  tushunchasi 
uchun  yetarli  emas.  Chunki  ular  progressiv  evolyusiyadagi  qarama-qarshiliklarni 
ifodalay olmaydi. 
Organik  olamda  progressiv  rivojlanishning  har  xil  shakllari  mavjud.  Ularga 
cheklanmagan  biologik,  morfologik-fiziologik  progresslar  kiradi.  Prokariotlardan 
tortib  bir  qancha  evolyusion  jarayonlar  tufayli  sut  emizuvchilar  va  nihoyat 
odamzotning kelib chiqqanligi cheklanmagan progressga misol bo‘ladi. Albatta bu 
tarixiy  rivojlanish  bir  qancha  organik  formalarning  paydo  bo‘lishi,  almashinuvi 
orqali amalga oshgan.  
Organik  olamdagi  progress  muammosi  birinchi  marta  Seversov  tomonidan 
mukammal o‘rganilgan. U evolyusiya jarayonida ro‘y beradigan biologik progress 
va  morfologik-fiziologik  progress  tushunchalari  farqlanishi  zarurligini  ta'kidladi. 
Biologik progress deganda, turning avj olib rivojlanishini, keng tarqalishini, ravnaq 
topishini  tushungan,  ya'ni:  1)  turga  mansub  individlar  soni  ortadi;  2)  natijada  tur 
keng  tarqalib,  yangi  areallarni  ishg‘ol  qiladi;  uning  areali  kengayadi;  3)  yangi 
sistematik  guruhlar  paydo  bo‘ladi  va  intensiv  divergensiya  ro‘y  beradi.  Hozirgi 
vaqtdagi  gulli  o‘simliklar,  suyakli  baliqlar,  qushlar  va  sut  emizuvchilar  biologik 
progressga misol bo‘ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə