Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169
biologiya

Ch.Darvin
                           Ch.Darvin keyinchalik ham yana ko‘p asarlar yozdi. 
Ulardan  biri  1868  yili  nashr  etilgan.  «Xonaqilashtirilgan  hayvonlarning  va 
madaniy o‘simliklarning  o‘zgaruvchanligi»  nomli  asardir.  Asarda  tabiiy  tanlanish 
haqidagi  nazariyani  isbotlash  maqsadida  hayvon  zotlari,  o‘simlik  navlarini 
chiqarish  tajribasi,  ya'ni  sun'iy  tanlash  masalasi  juda  keng,  puxta,  ilmiy  tarzda 
yoritildi.  1871  yili  Ch.Darvin  «Odam  paydo  bo‘lishi  va  jinsiy  tanlanish»  degan 
asarini  nashr  ettirdi.  Bu  kitobning  ko‘p  sahifalari,  antropolog  Ya.  Ya.  Roginskiy 
uqtirishicha,  Uolles  maqolasidagi  fikrlar  xususidagi  munozara  natijasi  edi.  Uolles 
1864  yili  nashr  ettirgan  maqolasida  odam  paydo  bo‘lishida  Darvin  qarashlaridan 
keskin  farq  qilgan  g‘oyani  ilgari  surdi.  Uning  mulohazasiga  ko‘ra,  odam 
ajdodlaridagi  o‘zgarishlar  tabiiy  tanlanish  yo‘li  bilan  vujudga  kelgan  bo‘lsada, 
biroq odam  miyasi aqliy qobiliyatlarining  rivojlanishi bilan  uning ta'siri to‘xtaydi, 


 
 
chunki  odamdagi  tuyg‘ular,  ongli  hayot  qobiliyati,  ahloqni  tabiiy  tanlanish  yoki 
evolyusion  nazariya  bilan  tushuntirib  bo‘lmaydi.  Ch.Darvin  yuqoridagi  asarida 
Uolles fikrlarining  noto‘g‘ri ekanligini o‘zil-kesil  isbotlashni  maqsad qilib qo‘ydi. 
Asarning birinchi bobida odam  hayvonot olamidan kelib chiqqanligini  isbotlovchi 
qiyosiy  anatomiya,  fiziologiya,  embriologiya,  sistematika,  paleontologiya  dalillari 
keltiriladi.  50  Asarning  keyingi  boblarida  hayvonlar  bilan  o‘simliklar  turlarining 
paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan omillar — o‘zgaruvchanlik, irsiyat, tanlanish 
odamning  kelib  chiqishida  ham  muhim  rol  o‘ynaganini  ko‘rsatib  o‘tiladi.  Asarda 
odamning  hayvonot  olamida  tutgan  o‘rni  belgilab  beriladi,  Darvin  Ouen  va 
Uolleslarning  «odam  o‘z  miyasining  rivoj  topishi  va  ruhiy  holati  bilan 
hayvonlardan  tubdan  farq  qiladi  va  shunga  binoan  uni  hayvonlardan  ajratish 
kerak»  degan  mulohazalarini  tanqid  qildi  va  mazkur  masalani  ilmiy  jihatdan  hal 
etdi. Ch.Darvin odam paydo bo‘lishi masalasini biologiya fani nuqtai nazaridan hal 
etgan  bo‘lsada,  lekin  bunda  sotsial  omillar  qanday  rol  o‘ynaganini  ochib  bera 
olmadi.  Darvin  asarining  ikkinchi  qismi  jinsiy  tanlanishga  bag‘ishlangan.  U  juda 
ko‘p  dalillar,  kuzatishlarni  tahlil  qilib,  ikkinchi  darajali  jinsiy  belgilarning  paydo 
bo‘lishini,  hayvonlarda  jinsiy  tanlanish  qanday  ro‘yobga  chiqqanligini  atroflicha 
hal  qildi.  Bulardan  tashqari,  Darvin  yana  ko‘pgina  asarlar  yozdi  va  ularda 
evolyusion  nazariyaning  ayrim  muammolarini  atroflicha  yoritdi.  «O‘simliklar 
olamida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta'siri», «Hasharotxo‘r o‘simliklar 
to‘g‘risida»,  «Odamda  va  hayvonlarda  tuyg‘uning  ifodalanishi»  kabi  asarlari 
bunga  yorqin  misoldir.  Ch.Darvin  asarlarining  jami  10  tomdan  iborat  edi.  Uning 
asarlari sinchkovlik bilan dalillar to‘plash va ularni keng ko‘lamda nazariy jihatdan 
asoslashning  yorqin  namunasidir.  U  induksiya  bilan  deduksiyaning,  analiz  bilan 
sintezning doimiy o‘zaro aloqasini to‘g‘ri qo‘llagan olimdir. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə