Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   169
biologiya

4.1.
 
Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari 
Hujayra  -  tirik  organizmning  tuzilish  asoslari,  yashash  jarayonlarini  hamda 
irsiy  belgilarni  o‘zida  mujassamlashtirilgan  tuzilmadir.  Binobarin,  odam  yoki 
hayvonlar  bir  butun  organizm  holida  hujayralar  va  hujayralararo  tuzilmalar 
yig‘indisidan  tarkib  topgan.  Fiziologik holatiga  ko‘ra,  hujayralar  shakli  va  tarkibi 
har  xilligi  bilan  bir  biridan  farq  qiladi,  ya'ni  hujayralarning  vazifasi  ularning 
shaklini  belgilaydi.  Tarixiy  biologik  rivojlanish  nuktai  nazaridan  qaraydigan 
bo‘lsak,  hayot  yer  yuzasidagi  jonsiz  materiyaning  jonli  materiyaga  aylanishdan, 
aniqrok  qilib  aytganda,  hujayralar  paydo  bo‘lishidan  kelib  chiqqan.  Masalan, 
dastlab yumaloq shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo‘lgan. So‘ng ular 
tanasida  moddalar  almashinuvi  jarayoni  paydo  bo‘lgan.  Shu  bilan  ular  yashashi 
uchun  zarur  moddalarni  tashqi  muhitdan  o‘zlashtirib,  o‘z  hayot  faoliyatida  hosil 
bo‘lgan  chiqindi  moddalarni  ajratib  turgan.  Bunday  sodda  organizmlarning 
yashash  muhiti asta sekin o‘zgarishi  va  murakkablashi  natijasida  ular organizmda 
moddalar  almashinuvi  jarayonlari  ham  o‘zgarib,  tabaqalanib  borgan,  bu  esa  o‘z 
navbatida  organizmlarning  tuzilishi  ham  qisman  o‘zgarishiga  olib  kelgan,  ya'ni 
organizmda shakli va mohiyati jihatidan dastabki tanachalardan farq qiluvchi yangi 
tuzilmalar  paydo  bo‘la  boshlagan.  Yillar  o‘tishi  bilan  tarixiy  biologik  rivojlanish 
davom  etib,  atrof  -muhit  o‘zgarishi  va  yashash  sharoitining  yana  ham 
murakkablashishishi  oqibatida  asta-  sekin  murakkab  tuzilgan  yangi-yangi 
organizmlar  paydo  bo‘la  boshlagan.  Bu  esa,  albatta,  ular  tanasidagi  oqsillar 
tuzilishiga  ham  tarkibiy  o‘zgarishlar  kiritgan,  natijada  ular  turli  vazifalarni 
bajarishga  ham  moslashib  borgan.  Ma'lumki,  hozirgi  fan  nuqtai  nazaridan 
qaraganda,  tirik  organizmlarning  rivojlanishida  va  shakllanishida  nuklein 
kislotalar-  dezoksiribonuklein  (DNK)  va  ribonuklein  (RNK)  kislotalar  asosiy 


 
 
vazifani bajaradi. Ular organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil  moddalarni sintezlaydi 
va  o‘zida  genetik  ma'lumotlarni  saqlab  keladi.  Tiriklikning  hujayrasiz  va 
hujayraviy shakllari. Rang - barang organik olamda tiriklikning ikki xil: hujayrasiz 
va  hujayraviy  shakllari  tafovut  etiladi.  Hujayrasiz  shaklga  viruslar  kiradi. 
Hujayraviy  shaklga  prokaroitlar,  eukaroitlar  mansubdir.  Virusning  mavjudligi 
1892  yilda  ilk  bor  botanik  olim  D.I.  Ivanovskiy  tomonidan,  tamaki  bargining 
kasalini o‘rganish natijasida topilgan. Bu mavjudot o‘ta mayda bo‘lib, har kanday 
filtrdan ham o‘tib ketadi. Viruslar o‘z tuzilishiga ko‘ra o‘ta sodda bo‘ladi. Ularda 
oqsil  gilof  (kapsid  )ga  o‘ralgan  bir  molekula  nuklein  kislotasi  mavjud.  Ko‘pgina 
viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda-adperkapsid bilan o‘ralgan. 
Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikroskop orqaligina o‘rganiladi. Viruslar 
ikki guruhga bo‘linadi: DNK va RNK tutuvchi viruslar, ya'ni riboviruslarga tamaki 
mozaikasi  virusi,  DNK  tutuvchi  viruslar-desoksiviruslarga  chechak,  papilloma 
viruslari, adenoviruslar, bakteriofag  misol bo‘ladi. Viruslarning yetuk zarrachalari 
virospora (viron) larda hayot belgilari ko‘rinmaydi. Ammo  viruslar esa hayotning 
shu  bosqichida  hujayraga  kirishi  bilanoq  tiriklikning  barcha  belgilarini  namoyon 
qiladi. Viruslar  hujayra paraziti. Viruslar  hujayralarga  yopishib oladi, unga kiradi, 
unda  yashaydi  va  ko‘payadi.Ular  o‘zi  yashagan  hujayrani  nobud  qilib,  qayta 
boshqa hujayralarga kirib olishi mumkin. Viruslar hujayraga kirgandan so‘ng, shu 
hujayra  irsiy  apparatiga  o‘z  tarkibidagi  nuklein  kislotasi  bilan  ta'sir  qilib, 
hujayradagi  biosintetik  jarayonni  buzadi,  ya'ni  hujayra  hususiyatini  o‘zgarib 
yuboradi.  Nihoyat  hujayra  nobud  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  viruslarni  genetik 
parazitlar ham deyiladi. Viruslar o‘simlik, hayvon va odamda ko‘pgina kasalliklani 
keltirib  chiqaradi.  Masalan:  grip,  polipmielit,  jigar  kasaligi  (sarik),  leykoz,  turli 
o‘smalar, tayga ensefaliti, uchiq toshishi va yaqinda ma'lum bo‘lgan XX asr vabosi 
nomini  olgan,  hayotda  orttirilgan  immun  tanqisligi  sindrom  (OITS)  shular 
jumlasidandir.  Bir  hujayrali  organizmlar  ham  virus  bilan  zararlanadi.  Bunday 
viruslar  1916  yilda  Ergel  tomonidan  kashf  qilinib,  bakteriofag  nomini  olgan. 
Bakteriofaglarning  tuzilishi  viruslardan  farqlanadi:  ular  tana,  bosh  va  dum  - 
xivchinlardan  iborat  bo‘lib,  nuklein  kislotasi  DNK  dir.  Bakteriofaglar  faqatgina 


 
 
bakteriyalarni  yemiribgina  kolmasdan,  ularning  hususiyatini  o‘zgartirishi  ham 
mumkin.  Bu  jarayon  bakteriyalarning  o‘ta  moslanuvchiligini  va  o‘z  hususiyatini 
tez  o‘zgartirishni  ta'minlaydi.  Hujayralardan  tashkil  topgan  tirik  tabiat  olamining 
barcha organizmlari ikki yirik guruhga bo‘linadi. 
1.  Prokariotlar  (Rro-  avvalgi,  karuop  -  yadro)  bakteriyalar,  ko‘k  yashil 
suvo‘tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, xem- avtotrof yoki 
fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko‘payishi - jinssiz.  
2.  Eukaroitlar  (yei-  to‘la,  karuop  -  yadro)  bir  hujayralilar  zamburug‘lar, 
o‘simlik  va hayvon  hujayralari  yadrolilar; ular yutish, surish bilan  geterotrof  yoki 
plastidalari  yordamida  fotosintez  jarayoni  orqali  avtotrof  oziqlanadi;  ko‘payishi 
jinssiz  va  jinsiy  usulda  ro’y  beradi.  Bakteriyalar  juda  xilma-xil  bo‘lib,  ular  zich 
parda  bilan  o‘ralgan  bo‘ladi.  Ko‘pgina  bakteriya  hujayralari  shilliq  kapsula- 
qo‘shimcha  himoyaviy  pardaga  ega.  Bakteriyalarda  ribosomadan  boshqa  hujayra 
ichki  organoidlar  bulmaydi.  Uning  genetik  materiali  doira  hosil  qilingan  DNK 
ipidan  -  genefordan  iborat.  Bu  DNK,  eukaroit  hujayralardan  farq  qilib, 
nukleogistonlardan  holidir.  Hujayrada  genetik  apparatni  sitoplazmadan  ajratib 
turuvchi  membranili  tuzilma-shakllangan  yadro  bo‘lmaydi.  Bakteriyalar  oddiy-
amitotik  ravishda,  tez  -  har  20  minutda  bo‘linib  turadi.  Bakteriyalarning  organik 
olamdagi  ahamiyati  o‘ta  muhim:  ular  tabiat  sanitariya,  ya'ni  organik  moddani 
yemiruvchi,  o‘simlik  va  hayvon  organizmi  uchun  zarur  bo‘lgan  moddalarni  hosil 
qiluvchi  va  ayrim  xillari  esa,  turli  kasalliklar  tarqatuvchidir.  Odam  organizmida 
muntazam  ravishda  kasallik  keltirib  chiqarmaydigan,  ko‘pgina  bakteriyalar 
mavjud.  Ular  inson  organizmi  uchun  keraklidir.  Masalan,  yo‘g‘on  ichakda 
yashovchi  ayrim  bakteriyalar  ishtirokdagina  odam  organizmi  uchun  o‘ta  zarur 
vitamin (darmondori)lar hosil bo‘ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə