Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
biologiya

 
Lizosomalar 
Lizosomalar  birinchi  marotaba  belgiyalik  biokimyogar  De  Dyuv  tomonidan 
1955  yilda  aniqlangan.  Lizosomalar  bir  hujayrali  organizmlar  va  barcha 
sutemizuvchi hayvonlar buyrak hujayralarida aniqlangan va o‘rganilgan. Lizosoma 
zarrachalari  kattaligi  o‘rtacha  0,2-0,4  mkm  bo‘lib,  dumaloq  shaklga  ega.  Bu 
tanachalar bir qavatli qalinligi 80 Å bo‘lgan membrana bilan o‘ralgan. Lizosomalar 
odatda  yuqori  elektron  zichlikka  ega.  Lizosomalar  oqsil,  nuklein  kislota, 
polisaxarid  va  lipidlarni  parchalovchi  kislotali  sharoitda  ta'sir  etuvchi  gidrolitik 
fermentlarga  boy.  Lizosoma  fermentlari  ichidagi  kislotali  fosfataza  muhim 
ahamiyatga  ega.  Lizosomalarning  asosiy  fiziologik  faoliyati  uning  hujayra  ichida 
moddalarni  pinotsitoz  va  fagotsitoz  yo‘li  orqali  hazm  qilinishdir.  Masalan, 
qalqonsimon  bez  hujayralaridagi  lizosoma  tireoid  gormonni  hosil  qilishda, 
urug‘lanishda  tuxum  hujayraga  spermatozoidni  kirishi  uchun  tuxum  hujayra 
qobig‘ini eritishda ishtirok etadi.  
Lizosomalarning  hosil  bo‘lishi  Goldji  kompleksi  va  pinotsitoz,  hazm 
vakuolalarini  hosil  qiluvchi  plazmatik  membrana  bilan  bog‘liq.  Har  xil  patologik 
jarayonlarda  lizosoma  fermentlari  sintezining  buzilishi,  birlamchi  lizosomalar 
rivojlanishining  kuchayishi  yoki  susayishi  ular  membranasining  erishi  va 
gidrolazalarning  sitoplazmaga  chiqishi  kuzatiladi.  Organizmning  vitamin  va 
gormonal balansining buzilishi lizosoma aktivligi o‘zgarishiga olib keladi.  
Peroksisomalar 
Peroksisomalar  bir  qavatli  membrana  bilan  o‘ralgan  strukturalar  bo‘lib, 
kattaligi  0,3-1,5  mkm  dir.  Struktura  markazida  nukleoid  joylashgan.  Nukleoid 
sohasida  kristallsimon  fibrilla  va  naychalardan  tashkil  topgan  tuzilmadir. 
Peroksisomaning muhim fermentlari katalaza, oksidaza, uratoksidaza va boshqalar. 
Katalaza  fermenti  zaharli  modda  bo‘lgan  N
2
O
2
  ni  parchalaydi.  Peroksisoma 
lizosoma kabi endogen va ekzogen hujayra substratlarni parchalab muhim himoya 
vazifasini bajaradi, yog‘ va uglevod parchalanish reaksilarida ishtirok etadi.  


 
 
O‘simlik hujayrasida 
vakuola
  uchraydi. Uning asosiy qismini suv tashkil qilib, 
unda  erigan  holdagi  mineral  va  organik  moddalar  hamda  moddalar  almashinuvi 
natijasida  hosil  bo‘lgan  zahira  yoki  chiqindi  moddalar  uchraydi.  Protoplast tashqi 
tomondan sellyulozadan iborat qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Sferosoma
 yog‘larni bo‘yashda ishlatiladigan qora sudan, sudan III, rodamin V 
bilan  bo‘yaladi.  Perner  (1958)  shunday  xulosaga  keladi:  sferosomalar  yog‘ 
tomchilari singari elastik hosilalar bo‘lmay, balki fermentativ aktivlik xususiyatga 
ega bo‘lgan organoidlardir. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə