Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
biologiya

Mitoxondriya 


 
 
Har  bir  hayvon  va  o‘simlik  hujayralarida  uchraydigan  organelladir 
(eritrotsitning  yetuk  shaklidan  tashqari).  Sitoplazmada  bir  tekis  joylashadi,  lekin 
ba'zan ular qaerda energiya ko‘proq kerak bo‘lsa, o‘sha yerda to‘planadi.  
Hujayralardagi  mitoxondriyalarning  sonini  aniq  aytish  qiyin.  Ularning 
miqdori  hujayra  tipiga  va  funksional  holatiga  bog‘liq  bo‘lib,  bitta  buyrak 
hujayrasida ularning soni 1000 taga yetadi. Mitoxondriya ikki qobiq bilan o‘ralgan. 
Gialoplazmadan  ajratib  turuvchi  tashqi  membranasining  qalinligi  taxminan  60  Å 
bo‘lib,  shu  organellaning  o‘tkazuvchanlik  xususiyatini  belgilasa  kerak.  Tashqi 
membrana  endoplazmatik  to‘r  bilan  bog‘langan  bo‘ladi.  Ichki  tarafda  yotuvchi 
ichki  mitoxondrial  membrana  tashqi  membranadan  farqli  ravishda,  tekis  bo‘lmay 
krista  deb  ataluvchi,  matriksga  botib  kiruvchi  o‘simtalar  hosil  qiladi.  Bu 
membrananing  ham  qalinligi  taxminan  60  Å  ni  tashkil  qiladi.  Ichki  membranalar 
orasidagi  bo‘shliq  mayda  donador  moddalar  bilan  to‘lgan  bo‘lib,  matriks  deb 
ataladi.  Mitoxondriya  matriksida  elektron  zich  donador  tuzilma  (ribosoma)  va 
nozik  ipchalar  (DNK)  mavjud.  Mitoxondriya  ichki  membranasida  ATF  sintezi 
jarayoni ketadi.  
Mitoxondriya matriksida o‘ziga xos oqsil sintez jarayoni ham yuz beradi. Bu 
yerda  RNK,  DNK  molekulalari,  ribosomasi  va  mitoxondriya  ichki  oqsillari 
aniqlangan.  Lekin  bu  oqsil  sintezi  mahsulotlari  mitoxondriya  funksiya  bajarishi 
uchun yetarli emas.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə