Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
biologiya

4.4.Hujayrani mitoz va meyoz
 
bo’linishi 
Hujayra  bo’linishida  bir  hujayradan  ikki  hujayra  hosil  bo’ladi.  Hujayra 
bo’linishi  organizmlar  ko’payishining  markaziy  qismini tashkil  etadi.  Hujayra  bir 
necha usullar orqali bo’linadi. Ularning eng ko’p uchraydigani  mitoz bo’linishdir. 
Mitoz  bo’linish  somatik  hujayralarga  xos  bo’lib,  ikki  asosiy  bosqich:  yadroning 
bo’linishi  (kariokinez)  va  sitoplazmaning  bo’linishi  (sitokinez)dan  iborat.  Mitoz 
uzluksiz jarayon bo’lib, hosil bo’lgan ikkala qiz hujayra o’rtasida irsiy axborotning 
barobar  taqsimlanishi  amalga  oshadi.  Bundan  avval  esa  xromosomalarning 
ikkilanishi ro’y beradi. 
Mitotik sikl 5 bosqichdan tashkil topgan. Bular: interfaza, profaza, metafaza, 
anafaza  va  telofaza.  Ikki  bo’linish  o’rtasida  hujayra  yadrosi  interfaza  bosqichida 
bo’ladi. Interfaza tinch holatdagi yadro bosqichi deb atalishiga qaramasdan, aslida 
yadroda  bu  davrda  metabolik  jarayonlar  faol  amalga  oshadi,  hujayra  bo’linishga 
tayyorgarlik  ko’radi.  Interfazada  har  bir  xromosoma  bo’linib 2  tadan  xromatidani 
hosil  etadi.  Interfaza  3  davrga  bo’linadi:  mitozdan  keyingi  interfaza  davr  G^  deb 
belgilanadi. Bu davr davomiyligi 10 soatdan bir  necha sutkagacha cho’ziladi. Shu 
davrda  yosh  hujayra  kattalashadi,  hajm  jihatdan  ortadi.  Unda  ko’plab  organik, 
mineral  moddalar  zahirasi  to’planadi.  Interfazada  DNKning  sintezlanishi  S  davr 
deb nomlanadi. Bu davr mobaynida DNK molekulasi ikki hissa ortadi, u 6-10 soat 
davom etadi. Natijada har bir xromosoma ikkitadan xromatidani hosil etadi. 
Interfazaning  DNK  sintezidan  keyingi  davr  G
2
  deb  atalib,  3-4  soatgacha 
cho’ziladi,  unda  DNK  sintezlanmasa  ham  RNK  va  oqsil  sintezi  amalga  oshadi. 
Hayvon 
hujayralarida 
telofaza 
oxirida 
va 
interfazaning 
boshlanishida 
sentriolalarning  ikkilanishi  ro’y  beradi.  Bu  davrda  yadro  bo’yalganda  to’rsimon 
tuzilishga ega bo’ladi, ulardan xromosomalar shakllanadi. 
Mitoz bo’linishning birinchi bosqichi profaza (pro - namoyon, phosis - davr) 
bo’lib,  bunda  xromosoma  iplari  -  xromatinlarning  spirallashishi  hisobiga 
xromosomalarni  yo’g’onlashishi  va  kattalashishi  kuzatiladi.  Ular  juft-juft 
xromatidalar holatida bo’lib yorug’lik mikroskopida ko’rinadi. Xromosomalardagi 


 
 
xromatidalar profazada tarqalmay sentromera orqali birikkan holda bo’ladi. 
Profazada  sentriolalar  bo’linib  bir-biridan  itarila  boshlaydi.  Profazaning 
o’rtasi  yoki  oxirida  yadro  qobig’i  va  yadrocha  parchalanadi,  bo’linish  urchug’i 
shakllanadi. Natijada juft juft xromatidalar sitoplazma va karioplazmaning umumiy 
massasida joylashadi. Bu bilan profaza tugallanadi. 
Metafaza  (meta  -  keyin)da  xromatidalar  zichlashib,  yo’g’onlashib,  hujayra 
markazi bo’ylab to’planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida, qolgan 
qismi  ekvator  tekislikdan  tashqarida  joylashadi.  Urchuq  iplarining  zichligi  ortib, 
ular  juft-juft  xromatidalarga  shunday  holatda  tutashadiki,  bunda  har  bir 
sentromeraga ikki qutbdan axromatin iplari birikadi. 
Anafaza  (ana  -  qayta)  bosqichi  xromatidalardagi  sentromeralar  bo’linib,  yakka 
holatdagi  xromatidalar  qutblarga  tarqaladi.  Avval  sentromera  qismlari  so’ngra 
xromatidalarni  o’zi  ham  ajrala  boshlaydi.  Har  bir  qutbda  xromosomalar  soni 
tenglashadi  va  ular  bo’linishdan  oldingi  hujayraning  xromosoma  soniga  muvofiq 
bo’ladi. 
Telofazada  (telos  -  tugal)  xromosoma  iplarining  yoyilishi,  ingichkalashishi, 
uzayishi  kuzatiladi.  Xromosomalarning  har  bir  guruhi  atrofida  yadro  qobig’i, 
yadrocha shakllana boshlaydi. Sitoplazma bo’linishi tugallanadi va hujayra qobig’i 
hosil  bo’ladi  ya’ni  sitokinez  amalga  oshadi.  Hosil  bo’lgan  yangi  qiz  hujayralar 
interfaza bosqichiga o’tadi. 
Meyoz  -  Jinsiy  yo‘l  bilan  ko‘payadigan  organizmlardagi  jinsiy  hujayralarning 
ko‘payish usuli bo‘lib, hujayra bo‘linishi vaqtida xromosomalar soni kamayadi va 
hujayra  diploid  holatidan  gaploid  holatiga  o‘tadi.  Meyoz  jarayoni  yadrolarning 
uzluksiz  ikki  marotaba  bo‘linishi  ya'ni  birinchi  va  ikkinchi  meyoz  bo‘linishidan 
iborat.  Birinchi  meyoz  bo‘linishi  ikkinchisiga  qaraganda  ancha  uzoqroq  davom 
etadi. Ikkala meyoz bo‘linishida 
ham  4  ta  fazani  ko‘rish  mumkin.  Ikkinchi  bo‘linishda  sitokinezda  4  ta  gaploidli 
(tetrada) qiz hujayra hosil bo‘ladi. 
Yadro  po‘sti  yo‘qolib  ketadi  va  yadro  o‘zining  qiyofasini  o‘zgartiradi.  Bunda 
ingichka  xromatin  (bo‘yoq  bilan  bo‘yaladigan)  iplar  uzun-uzun  holda  joylashadi. 


 
 
So‘ngra  xromatin  iplar  xromasomalarga  aylanadi,  yo‘g‘onlashadi  va  qayrilgan 
shaklni oladi. Yadro ichidagi yadrochalar asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi, shu paytda 
hujayra  qutiblaridan  yadroga  tomon  juda  ingichka  axromatin  (bo‘yoq  bilan 
bo‘yalmaydigan) iplar tortiladi, bu iplar ikkita qolpoqcha shakliga kiradi. Bu yadro 
bo‘linishidagi  dastlabki-profaza  deb  ataladi.  Uzunasiga  bo‘linib  hosil  bo‘lgan 
xromosomalar  hujayraning  o‘rta  (ekvatorial)  qismiga  yadro  plastinkasi  yoki 
yulduzchasi  shaklida  joylashib  oladi.  Axromatin  iplari  qutblarga  qarab  tortilib 
urchuq  shaklini  oladi,  yadro  bo‘linishdagi  bu  fazani  -metafaza  deyiladi.  So‘ngra 
xromosomalarning  ajralish  jarayoni  boshlanadi.  Bunda  xromosomaning  bir  qismi 
hujayraning  bir  qutbiga,  ikkinchisi  qarama-qarshi  tomondagi  qutbga  o‘tadi. 
Xromosomalarning  bu  xildagi  ajralishida  undagi  axromatin  iplari  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Yadro  bo‘linishidagi  bu  fazani  anafaza  deyiladi.  Anafaza  jarayoni 
oxirida  urchuqning  o‘rta  qismida  yangi  hujayra  po‘sti  paydo  bo‘la  boshlaydi. 
Hujayra qutublariga to‘plangan xromosomalar dastlab qo‘shaloq yulduzga o‘xshab 
turadi, so‘ngra asta sekin ikkita yangi hujayraga aylanadi, bularda yadrochalar ham 
paydo bo‘ladi. Yadro paydo bo‘lishining bu fazasini telofaza deyiladi. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə