Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 K.Linneyning sistematika faniga asos solishi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
biologiya

6.2. K.Linneyning sistematika faniga asos solishi 
O‘simliklar bilan hayvonlarning sun'iy sistemasini mashhur shved olimi Karl 
Linney  (1707—1778)  rivojlantirdi.  Uning  bu  sohadagi  mulohazalari  «Tabiat 
sistemasi»,  (1735)  «Botanika  asoslari»,  (1936),  «Botanika  falsafasi»,  (1751) 
«O‘simlik turlari», (1753) kabi asarlarida 18 yoritilgan. U butun tabiatni 3 ta katta 
guruhga:  minerallar,  o‘simliklar  va  hayvonlarga  ajratdi.  O‘simliklar  bilan 
hayvonlar  sistemasiga  sinf,  tartib,  avlod,tur,  variatsiya  kategoriyalarini  kiritdi.  U 


 
 
o‘z  ilmiy  faoliyatida  o‘simliklar  bilan  hayvonlarning  aniq  hamda  tushunish  oson 
bo‘lgan sistemasini tuzishga intildi. Linney qayd qilishicha, sistematikaning asosiy 
birligi  tur  hisoblanadi;  tur  avlodlarga,  avlodlar  esa  turkumlarga,  turkumlar  o‘z 
navbatida sinflarga birlashtirildi. Sistematikaga binar nomenklaturani — qo‘shaloq 
nomni, ya'ni har bir formani avlod va tur nomi bilan atashni K. Linney joriy etgan. 
Chunonchi, xonaki  mushukni Felis domestica deb atagan. Bunda Felis  — latincha 
mushuk degan  ma'noni (avlod), domestica  — xonaki tur degan  ma'noni anglatadi. 
Linney mushuklar avlodiga yovvoyi mushuk -Felis coitus, sher- Felis 1eo, yo‘lbars 
-  Felis  tigris  ni  ham  kiritgan.  Mushuklar  avlodi  boshqa  yirtqich  hayvonlar  avlodi 
bilan  birgalikda  yirtqichlar  turkumiga  kiritilgan.  Yirtqichlar  turkumi  boshqa 
hayvonlar turkumi bilan sut emizuvchilar sinfiga birlashtirilgan va hokazo. Linney 
o‘sha  davrda  fanga  ma'lum  bo‘lgan  barcha  o‘simliklarni  sistemaga  soldi  va  24 
sinfga ajratdi (1-rasm).  
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə