Namangan muhandislik-texnologiya instituti


-Mavzu: Organizmlarni klassifikatsiya qilish prinsiplari va usullari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
biologiya

6-Mavzu: Organizmlarni klassifikatsiya qilish prinsiplari va usullari 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  ekologiya,  biogeografiya,  molekulyar-genetik, 
morfologiya,  tur,  avlod,  oila,  sinf,  evolyusiya,  filogenetik  sistema,  differensiya, 
embrion, xromosoma, aminokislota,  
6.1. Organizmlarni klassifikatsiya qilish tarixi 
Sistematika bilimlarining genetika va biokimyoda, urug‘chilik va seleksiyada, 
hattoki ekologiya va biogeografiya fanlarida ham o‘rni beqiyos. Tabiatni muhofaza 
qilishni  ham  sistematik  bilimlarsiz  to‘la  to‘kis  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Turli 
tuman  hayvonlar  va  o‘simliklar  dunyosini  tasvirlab  ma'lum  bir  sistemaga  solib 
o‘rganish  qadim  zamonlardan  boshlangan  bo‘lib,  u  bir  necha  davrni  o‘z  ichiga 
oladi. Organizmlarni  ilk bor klassifikatsiya qilish Yunonistonlik olim  Aristoteldan 
(e.o.  384-322  y.y.)  boshlangan.  Aristotel'  va  uning  shogirdi  botanik  Teofrast  (e.o. 
370-285 y.y.) o‘simliklarni o‘t, buta, daraxt, hayvonlarni yashash joyiga karab suv 
hayvonlari,  quruqlik  hayvonlari  va  havo  hayvonlariga  bo‘ladi.  Albatta,  ularning 


 
 
klassifikatsiyasi sun'iy klassifikatsiya edi. Sun'iy klassifikatsiya nomoyondalaridan 
biri  shved  olimi  K.Linneydir  (1707-1778  y.)  K.Linney  1735  yilda  chop  etgan 
“Tabiat sistemasi” degan asarida  tur to‘g‘risida to‘la to‘kis  ma'lumotlar keltirgan, 
uning  tushunchasicha  sistematikada  asosiy  kichik  taksonomik  birlik  tur  bo‘lib,  u 
bir-biriga o‘xshash organizmlar yig‘indisidan iborat.  
Sistematikada ma'lum mikdorda xizmat ko‘rsatgan olimlardan biri fransiyalik 
J.B.Lamark  hisoblanadi.  U  hayvonlarni  umurtqasizlar  va  umurtqalilarga  bo‘lib, 
chuvalchanglar  tipini  yassi,  yumaloq  va  xalqali  chuvalchanglar  guruhiga  bo‘ldi. 
Hayvonlar  tiplari  to‘g‘risida  tushunchani  fransuz  olimi  j.  Kyuv'e  (1769-1832) 
fanga kiritib, hayvonlarning bir nechta tiplarini tasvirlab berdi. 
Oila atamasi sistematikaga kiritilgandan so‘ng hayvon va o‘simliklar turlarini 
(Species)  avlodlarga  (Genus),  avlodlarni  oilalarga  (Familio),  oilalarni  avlodlarga 
(Ordo),  avlodlarni  sinflarga  (S1assis),  sinflarni  tiplarga  (Turos,  divisio)  va 
bo‘limlarni dunyoga (Regnum) bo‘linib o‘rgatila boshlandi. XIX asrda nemis olimi 
E.  Gekkel'  (1834-1919)  organik  dunyoni  3  ta  podsholikka  ya'ni,  protistlar, 
hayvonlar va o‘simliklarga bo‘lib o‘rgatdi. O‘simliklar klassifikatsiyasi borgan sari 
takomillashib  bormoqda.  Hozirgi  kunda  har  bir  takson  uchun  uning  kichik  yoki 
kattalashtirilgan shakllari ishlatilmoqda, chunonchi kenja sinf, kenja tur va hokazo. 
Ch.  Darvinning  evolyusion  nazariyasining  paydo  bo‘lishi  bilan  organizmlarning 
filogenetik  sistemasi  shakllana  boshladi.  Ya'ni  organizmlarni  klassifikatsiyalashda 
ularning  qarindoshlik  belgilari  va  kelib  chiqishiga  asoslangan  sistematika  paydo 
bo‘ldi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə