Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Spora  hosil  qilish  (sporogoniya)



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
biologiya

Spora  hosil  qilish  (sporogoniya).
  Bu  xil  ko‘payish  ayrim  o‘simlik  va  bir 
hujayrali  mavjudotlarning  ko‘payish  usuli  hisoblanadi.  Masalan,  bezgak 
plazmodiysi va toksoplazma sporogoniya usulida ko‘payadi. Spora - bu ko‘payish 
jarayoning  ta'minlovchi  va  tashqi  ta'sirdan  saqlanish  uchun  qobiqka  o‘ralib  olgai 


 
 
hujayralar to‘plamidir. 
Jinnssiz  ko‘payishning  bir  xili  bo‘lgan  sporogoniyani  ayrim  bakteriya  (yoki 
bir hujayrali organizm - masalan, ichak balantidiysi, lyambliya) larning spora hosil 
qilishdan  farqlamoq  lozim.  Bu  xil  sporalanish  ko‘payish  uchun  emas,  noqulay 
sharoitdan saqlanishgagina xizmat qiladi. 
Kurtaklanish
  usuli  bilan  ko‘payishda  ona  organizmi  (hujayra)  da  yadroning 
bir qismini tutgan sitoplazmatik do‘mboqcha - kurtak paydo bo‘ladi. Do‘mboqcha 
o‘sadi  va  ona  qismdan  ajraladi.  Ayrim  bakteriyalar  va  kipriklilar  shu  zaylda 
ko‘payadi.  Vegetativ  ko‘payish  usulida  ko‘p  ho‘jayrali  organizm  tanasining  bir 
qismidagi  hujayralar  to‘plamidan  yangi  organizm  hosil  bo‘ladi.  Masalan,  gidralar 
ko‘payishida  ona  organizmdan  hujayralar  to‘plamidan  iborat  kurtak  hosil  bo‘ladi 
va  so‘ng  u  ajralib,  alohida  organizmni  yaratadi.  Achitqi  zamburug‘i-kurtaklanish 
yo‘li  bilan,  zamburug‘larning  ko‘pchillik  vakillari  sporalar  yordamida  ko‘payadi. 
Bunda  ona  hujayrada  o‘simta  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik  uning  hajma  kattalashadi 
va ajralib ketadi.  

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə