Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
biologiya

Konyugatsiya  -
  bakteriya,  infuzoriylarga  xos  bo‘lgan  ko‘payish  usulidir. 
Odatda,  kiprikli  sodda  hayvonlar  oddiy  bo‘linish  bilan  ko‘payadi.  Bunday 
ko‘payishlardan  keyingi  jinsiy  ko‘payish  -  kon'yugatsiya  sodir  bo‘ladi.  Ma'lumki, 
infuzoriylarda makro va mikronukleuslar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda ikki 
hujayra  o‘ta  yaqinlashadi  -  hujayralararo  tutashtiruvchi  tortma  hosil  bo‘ladi. 
Yadrolarda 
murakkab 
jarayonlar, 
ya'ni 
makronukleusning 
yo‘qolishi, 
mikronukleusning  bo‘linishi  hamda  oxirida  undan  ikkita  yadroning  shakllanishi 
ro‘y  beradi.  Mana  shu  yadrolarning  biri  harakatchan,  ikkinchisi  turg‘undir. 
Harakatchan  yadrolar  hujayralararo  almashadi.  Turg‘un  yadro  balan  harakatchan 
yadro  qo‘shiladi  -  sinkarion  ro‘y  beradi  va  boshqacha  sifatga  eta  bo‘lgan 
yangilangan  yadro  hosil  bo‘ladi.  Ushbu  yadrodagi  o‘zgarishlar  nihoyasida  har  bir 
hujayrada  yana  makro  va  mikronukleus  shakllanadi.  Infuzoriylar  bir-biridan 
ajraladi.  Konyugatsiya  jarayoni  bakteriyalar  uchun  ham  xosdir.  Jinslashgan  ikki 
bakteriyaning sitoplazmatik tutashtnruvchi tortmasn orqali asosiy genetik materiali 
nukleoidga yopishib joylashgan DNK bir hujayradan, ikkinchisiga o‘tadi va uning 
xususiyatini  shu  DNK  asos  ravishda  o‘zgartiradi.  Jinsiy  ko‘payishda  erkak  va 
urg‘ochi  jinsga  mansub,  gaploid  xromosoma  to‘plamiga  ega  bo‘lgan  hujayralar 


 
 
o‘zaro  qo‘shiladi.  Bunday  ko‘payish  -  gametogamiya  evolyusiya  taraqqiyoti 
davomida murakkablashib borgan. Gametogamiyaning ikki shakli tafovut etiladi:  
Kopulyasiyali  va  kopulyasiyasiz  gametogamiya.  Jinsiy  ko‘payishning 
kopulyasiya  bilan  kechadigan  xili  jinsiy  hujayralarning  hosil  bo‘lishi  va  ularning 
qo‘shilib,  yangi  sifatli  hujayra  -  zigotaning  hosil  bo‘lishi  bilan  ro‘y  beradi. 
Evolyusiya taraqqiyoti jarayonida urg‘ochi va erkak jinsiga  mansub  hujayralararo 
farqlanish  kuchayib  boradi.  O‘z  navbatida  kopulyasiya  bilan  ro‘y  beruvchi 
gametogamiyaning 3 xili: izogamiya, geterogamiya va oogamiya tafovut qilinadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə