Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
biologiya

Izogamiyada 
hosil  bo‘lgan  jinsiy  hujayra  katta-kichikligi  va  shakliga  ko‘ra 
bir-biridan  farqlanmaydi.  Bu  usulda  ayrim  bir  hujayralilar  (xlamidomanada  va  b.) 
ko‘payadi.  Ulardan  hosil  bo‘lgan  gaploid  xromosoma  to‘plamiga  ega  bo‘lgan 
izogameta  2  ta  xivchinga  ega  bo‘ladi.  Xuddi  shunday  hujayralarning  qo‘shilishi 
natijasida zigota hosil bo‘ladi. 
Geterogamiya 
(anizogamiya)  bir  qator  suv  o‘tlari  va  xivchinlilarga  xosdir. 
Ularda  ikki  xil:  harakatchanroq,  mayda  gametalar  -  mikrogameta  va  harakati sust, 
yirikroq  -  makrogameta  hosil  bo‘ladi.  Bu  gametalar  xivchinlarga  egadir.  Shunday 
qilib  ilk  bor  bir-biridan  farqlanuvchi  jinsiy  hujayralar  paydo  bo‘ladi.  Ayrim 
organizmlarda  katta  va  kichik  gametalar  hamda  ikkita  kichik  gameta  o‘zaro 
qo‘shilishi  ham  mumkin.  Demak,  bu  organizmda  anizogamiya  bilan  bir  qatorda 
izogamiya ham saqlanib qoladi. Boshqa xivchinlilarda makro va mikrogametagina 
qo‘shiladi va anizogamiya ro‘y beradi. 
Oogamiya  —
  kopulyasiya  bilan  bo‘ladigan  gametogamiyaning  eng  yuqori 
shakli. Bir gameta  yirik, harakat tuzilmasiga ega emas. Bu  urg‘ochi gameta, ya'ni 
tuxum  hujayradir.  Ikkinchi  gameta  esa  mayda,  harakatlantiruvchi  hivchinga  ega  - 
bu erkak jinsiy  hujayrasi  - spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy hujayralar  maxsus 
a'zolarda  (hayvonlarda  urug‘don  va  tuxumdonlarda)  hosil  bo‘ladi.  Ko‘pgina 
o‘simliklar  va  deyarli  barcha  hayvonlar  oogamiya  yo‘li  bilan  ko‘payadi. 
Kopulyasiyasiz  gametogamiya  kam  uchraydi.  G  ametogamiyaning  jinsiy 
hujayralar  hosil  qilib,  ammo  ularning  butunlay  qo‘shilib  ketishi  ro‘y  bermasdan 
ko‘payishi  ro‘y  beradigan  3  xili  tafovut  qilinadi:  partenogenez,  ginogenez  va 


 
 
androgenez. 
Partenogenezda
 yangi avlod urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. 
Ma'lumki,  partenogenez  tabiiy  va  sun'iy  bo‘lishi  mumkin.  O‘z  navbatida  tabiiy 
partenogenezining  muqarrar  (obligat),  fakultativ  va  siklik  xillari  tafovut  qylinadi. 
Muqarrar  partenogenezda  hayvonlar  (o‘simlik  biti,  sodda  qisqichbaqasimonlar, 
ayrim  baliq  va  sudralib  yuruvchilar)  qo‘ygan  tuxumi  urug‘lanmasdan  turib  yangi 
organizm  hosil  bo‘ladi.  Bu  hosil  bo‘lgan  organizmlarning  barchasi  urg‘ochi 
bo‘ladi.  Bunday  ko‘payish  bir-biri  bilan  uchrashishi  qiyin  bo‘lgan  (masalan, 
Kavkazning  qoya  kaltakesaqlari)  mavjudotlarda  namoyon  bo‘ladi.  Bu  turda  ro‘y 
beradigan  ushbu  obligat  partenogenez  tur  ravnaqi  uchun  maqsadga  muvofiq 
ko‘payish  usulidir.  Fakultativ partenogenez ayrim  hasharotlar  (ari, chumolilar) da 
namoyon  bo‘ladi.  Ularning  urug‘lanmagan  tuxumidan  erkak  ortanizmlar, 
urug‘langan tuxumlaridan urg‘ochi organizmlar rivojlanadi. 
Siklik  partogenezda  muqarrar  partogenez  ko‘payish  bilan  bir  qatorda, 
populyasiyadagi  erkak  va  urg‘ochi  organizmlardan  jinsiy  ko‘payish  ham  sodir 
bo‘ladi.  Masalan,  ayrim  sodda  qisqichbaqasimonlar  (dafniyalar)  asosan 
Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə