Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
biologiya

Jinsiy  ko‘payish
.  Jinsiy  ko‘payish  natijasida  genetik  informatsiyaning 
almashinuvi, hosila individda yangi genetik to‘plamning vujudga kelishi va shunga 
monand ravishda o‘zgacha (o‘zgargan) biologik xususiyatga ega bo‘lgan ya'ni ota-
ona  organizmiga  qaraganda  chidamli,  moslashuvchan  yangi  avlod  yuzaga  keladi. 
Mana  shunga  ko‘ra  ham  jinsiy  ko‘payish  biologik  jihatdan  afzal  va 


 
 
mukammallashgan  organizmlarning  ko‘payish  xili  hisoblanadn.  Jinsiy  ko‘payish 
odatda  ikki  jinsiy  hujayra  gametalarning  ko‘shilishi  bilan  ro‘y  beradi.  Jinsiy 
ko‘payishning  bunday  gametalarning  ko‘shilishi  bilan  sodir  bo‘lishi  ham 
evolyusion  tarzda,  asta-  sekin  yuzaga  kelgan.  Jinsiy  ko‘payishning  eng  qadimiy  - 
ibdidoiy  ko‘rinishi  plazmogamiya  xodisasida  namoyon  bo‘ladi.  Plazmogamiyada 
(ayrim  amyobalarda  sodir  bo‘luvchi)  ikki  hujayra  qo‘shilib  ikki  yadroli  tuzilma 
hosil  qiladi.  Qisqa  muddatdan  so‘ng  hujayra  sitoplazmasi  qayta  ikkiga  bo‘linadi 
har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bo‘ladi. Har bir amyobaning 
sitoplazma  tarkibi  aralashgan,  ya'ni  ikkita  qo‘shilgan  amyoba,  sitoplazmasidan 
iborat bo‘ladi. Mana shu sitoplazma  mahsulotining aralashishi bilan  hosil bo‘lgan 
nndivid  -  amyoba  o‘zgacha  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Jinsiy  ko‘payishning 
anchagina  murakkablashgan  xillarini  2  guruhga  ajratish  mumkin:  konyugatsiya, 
kopulyasiya. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə