Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169
biologiya

Jinssiz  ko‘payish.
  Jinssiz  ko‘payish  eng  sodda,  evolyusiya  jarayonidagi  ilk 
bor  ko‘payish  usulidir.  Bu  usul  bilan  ko‘payishda  bitta  organizm  ishtirok  etadi. 
Shu  organizm  o‘z  avlodlariga  barcha  xususiyatlarini  deyarli  o‘zgarmagan  holda 
o‘tkazadi. Jinssiz ko‘payishning bo‘linish,  endogoniya, shizogoniya, kurtaklanish, 
sporogoniya,  vegetativ  ko‘payish  xillari  farqlanadi.  Ko‘payishning  bo‘linish  usuli 
bir hujayrali jonzotlarga xosdir. Bo‘linish usulidagi ko‘payish organizmning mitoz 
yo‘li  bilan  ko‘payishidir.  Bo‘linish  natijasida  hosil  bo‘lgan  ikki  avlod  (hujayra) 
o‘rtasida  genetik  axborot  va  ichki  tuzilmalar  tengma-teng  taqsimlanadi.  Hosila 


 
 
organizm  (hujayra)  o‘sadi  va  qayta  bo‘linishga  tayyorlanib,  so‘ng  yangi 
organizmni yaratadi. 
Endogoniya -
 bu organizm  (hujayra)  ning alohida ichki kurtaklanishi bo‘lib, 
ona hujayrada ikkita qiz organizm hosil bo‘ladi, ya'ni bir ona hujayra ichida, uning 
umumiy  Hujayra  qobigi  ostida  ikki  qiz  hujayra  shakllanadi,  shunday  qilib  ona 
hujayra  faqatgina  ikki  avlod  beradi.  Shu  yo‘sinda,  masalan  bir  hujayrali  parazit  - 
toksoplazmaning ko‘payishi ro‘y beradi (2-rasm). 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə