Namangan muhandislik-texnologiya instituti


-rasm. Linneyning o’simliklar sistematikasi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   169
biologiya

1-rasm. Linneyning o’simliklar sistematikasi. 
Gulli o‘simliklarni sistemaga solishda ularning generativ organlari tuzilishini 
asos  qilib  oldi.  1—13  gacha  sinf  changchilarning  soniga  qarab  ajratildi.  14—15-
sinflarda  changchilarning  uzun  qisqaligi,  16—20-sinflarda  ularning  o‘zaro 
qo‘shilganligi,  21—23-  sinflarda  changchilarning  bir  yoki  ikki  xil  o‘simlikda 


 
 
joylashganligi  e'tiborga  olindi.  24-sinf  esa  «yashirin  nikohlilar»  deb  nomlanib, 
unga  qirqquloqlar,  moxlar,  suvo‘tlar,  zamburug‘lar  kiritildi.  Albatta,  faqat  ayrim 
belgilarga  qarab  tuzilgan  sistema  hyech  vaqt  tabiiy  sistema  bo‘la  olmaydi. 
Masalan,  sabzi  bilan  smorodinaning  changchisi  5  ta  bo‘lganligi  uchun  Linney 
sistemasida  ular  5-sinfga,  qamish,  sholi,  qoraqatning  changchisi  6  ta  bo‘lganligi 
uchun 6-sinfga kiritilgan. Vaholanki, hozirgi zamon tabiiy sistemasiga ko‘ra, sholi 
bilan  qamish  gulli  o‘simliklarning  bir  pallalilar,  qolganlari  esa  ikki  pallalilar 
sinfiga mansub. 
Sabzi 
soyabonguldoshlar, 
qoraqat 
qoraqatdoshlar, 
sholi, 
qamish 
boshoqdoshlar oilasining vakillaridir. Linney o‘zi to‘zgan sistema sun'iy ekanligini 
yaxshi tushunar edi. Shu sababli  u tabiiy sistema tuzishga urindi. Oqibatda barcha 
o‘simliklarni  67  ta  tartibga  ajratdi.  Lekin  bunda  ularning  keskin  farq  qiladigan 
belgilariga asoslanmaganligi sababli amalda sun'iy sistemani afzal ko‘rdi va u faqat 
tabiiy  sistema  tuzilguncha  xizmat  qilishini,  sun'iy  sistema  o‘simliklarni  tanib 
olishga, tabiiy sistema esa o‘simliklarning tabiatini bilishga o‘rgatishini qayd qildi. 
Linney  hayvonlarni  ham  sistemaga  soldi.  Bunda  ularning  qon  aylanish  va  nafas 
olish  sistemasini  asos  qilib  oldi.  Uning  sistemasida  barcha  hayvonlar  6  sinfga 
bo‘lindi.  Ular  sut  emizuvchilar,  qushlar,  amfibiyalar  (sudralib  yuruvchilar,  suvda 
ham  quruqda  yashovchilar),  baliqlar,  hasharotlar  hamda  chuvalchanglar  sinfi  edi. 
Hozirgi  zamon  sistemasidan  farq  qilib,  hayvonlarni  klassifikatsiyalashda  Linney 
oddiydan  murakkabga  qarab  emas,  balki  murakkabdan  oddiyga  tomon  borgan. 
Aslini olganda, bu sistema antik dunyo olimi Aristotel sistemasidan farq qilmagan. 
Linneyning  umurtqali  hayvonlar  sistemasi  to‘g‘risidagi  fikrlari  nisbatan  to‘g‘ri 
bo‘lsada,  umurtqasiz  hayvonlarda  uning  sun'iyligi  ko‘zga  yaqqol  tashlanib  qoldi. 
Umurtqasiz hayvonlarning hasharotlardan tashqari barcha vakillari chuvalchanglar 
sinfiga  kiritilishi  bunga  yaqqol  misoldir.  Hayvonlar  sistemasining  sun'iyligi 
umurtqali  hayvonlar  sinflari  ichidagi  kategoriyalarda  ham  namoyon  bo‘ldi. 
Masalan,  tish  sistemasining  tuzilishiga  qarab,  Linney  kaltakesak,  yalqov, 
chumolixo‘r, morj va filni bir turkumga, tumshug‘ining tuzilishiga qarab, tovuq va 
tuyaqushni  boshqa  turkumga  kiritgan.  Biroq  Linney  sistemasida  ko‘p  hayvonlar 


 
 
to‘g‘ri  joylashtirilgan.  Chunonchi,  uning  sut  emizuvchilar,  qushlar,  baliqlar 
to‘g‘risidagi  sistemasi  hano‘zgacha  o‘z  qimmatini  yo‘qotgani  yo‘q.  Ko‘p 
turkumlar  ham  kelib  chiqishiga  ko‘ra  qarindosh  bo‘lgan  hayvonlarni  o‘zida 
mujassamlashtirgan.  Kemiruvchilar  turkumiga  olmaxon,  jayra,  baliqsimon  sut 
emizuvchilarga  kashalot,  kit,  delfinlarning  kiritilishi  aytib  o‘tilgan  fikrga  yaqqol 
misoldir.  Linney  hayotining  so‘nggi  yillarida  to‘plagan  juda  ko‘p  dalillarga 
asoslanib,  tur  ichida  o‘zgarish  sodir  bo‘lishini,  tur  xillari  iqlim,  tuproq,  shamol, 
oziq va boshqa omillar ta'sirida paydo bo‘lishini qayd qildi. «Tabiat sistemasi»ning 
10 nashridan boshlab  Linney  juda ehtiyotkorlik bilan  «bir  avlodga kiruvchi turlar 
dastlab bir tur bo‘lgan, keyinchalik ular chatishib, pushtli duragaylar berish orqali 
ko‘paygan  bo‘lishi  mumkin» deydi.  U  qamishning 4  ta  turi o‘zaro  o‘xshashligini 
ta'kidlab, «ular bir vaqtlar yagona bir turdan vujudga kelgan bo‘lishi mumkin» deb 
taxmin qilgan. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə