Namangan muhandislik-texnologiya instituti


 Organizmlarni klassifikatsiyalashda biologik usullar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169
biologiya

6.3. Organizmlarni klassifikatsiyalashda biologik usullar 
Organizmlarni  klassifikatsiyalashda  morfologik  taqqoslash,  embriologik 
taqqoslash,  kariologik,  ekologo-genetik,  geografik,  poleontologik,  molekulyar-
genetik va shu kabi boshqa usullardan foydalaniladi. 
Klassifikatsiya 
qilishda 
yana 
organizmlarning 
quyidagi 
muhim 
xususiyatlaridan  ham  foydalanish  mumkin.  Ana  shunday  xususiyatlarga  bir 
hujayrali  yoki  ko‘p  hujayrali,  hujayraning  differensiyalanishi,  embrion 
varaqchalarining  rivojlanishi,  ma'lum  bir  sistemalarning  hosil  bo‘lishi  darajasi 
(masalan, qon aylanish, ovqat hazm qilish sistemalari), simmetrik xillari, tanadagi 
sigmantatsiyalarning  borligi  yoki  yo‘qligi,  genetik  o‘xshashligi,  xromosomalar 
miqdori  va  morfologiyasi,  o‘simliklarda  changlarning  tuzilishi,  bioximik  va 
immunologik xususiyatlari va hokazolar kiradi. 
Sistematikada DNK dagi azot asoslarining birin ketin joylashishini va oqsillar 
tarkibidagi  aminokislotalarning  ham  birin-ketin  joylashishini  bilish  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Chunki  bir  organizm  DNKsidagi  azot  asoslarining  joylashishi 
va oqsilidagi aminokislotalarning  joylashishi boshqa organizmdagidan keskin  farq 


 
 
qilishi aniq. 
Hozirgi  kunda  o‘simliklar  va  hayvonlar  dunyosini  klassifikatsiyalashda 
jamoatchilik  tomonidan  tan  olingan  yagona  sistema  mavdjud  emas.  Shu  sababli 
ularni klassifikatsiya qilishning bir biridan farq qiladigan bir necha xillari mavjud. 
Shular  orasida  keng  tarqalgan  sistemalardan  o‘simliklar  sohasida  A.L.Taxtadjyan 
(1973) sistemasi va hayvonlar sohasida esa L. Margilis sistemasidir. 
A.L.Taxtadjyan o‘simliklar dunyosini: 
1.  Hujayraviy tuzilishgacha bo‘lgan o‘simliklar (viruslar); 
2.  Shakllangan  yadroga  ega  bo‘lmagan  tallofitlar  (bakteriyalar,  ko‘k  yashil 
suvo‘tlari); 
3.  Plastidali tallofitlar (suvutlari, lishayniklar) 
3.  Plastidasiz tallofitlar (zamburug‘lar); 
4.  Sakkizta bo‘limni o‘z ichiga olgan yuksak o‘simliklar guruhlariga bo‘ladi. 
Yopiq  urug‘lilar bo‘limini 2 ta sinfga:  ikkipallalilar  va bir pallalilarga bo‘lib 
o‘rgatadi. 
L. Margelis sistemasi bo‘yicha hayvonlar: 
1.  Bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar); 
2.  Ko‘p hujayrali, birlamchi og‘izlilar; 
3.  Bulutlar, kovakichlilar; 
4.  Yassi chuvalchanglar; 
5.  Yumaloq chuvalchanglar; 
6.  Paypaslagichlar; 
7.  Bo‘g‘im oyoqlilar; 
8.  Yumshoq tanlilar yoki molyuskalar; 
9.  Igna tanlilar; 
10.  Pogonaforalar; 
11.  Xordalilar tiplariga bo‘linadi. 
Xordalilarni esa u 6 sinfga: 
1.  Yumaloq og‘izlilar; 
2.  Baliqlar; 


 
 
3.  Suvda-quruqlikda yashovchilar; 
4.  Sudralib yuruvchilar; 
5.  Qushlar; 
6.  Sut emizuvchilar sinflariga bo‘lib o‘rgatadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə